GINEKOLOGIYA

GINEKOLOGIYA (yun. gynaikos — ayol va…logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; turli yoshdagi xotin-qizlar organizmining oʻziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini hamda ularning jinsiy aʼzolari kasalliklarini oʻrganadi. Ayollarning normal jinsiy faoliyati — hayz koʻrishi, bola tugʻishi, shuningdek, bola tugʻish va hayz koʻrishdan qolishi (klimakteriya davri) hamda shu davrga xos kasalliklar, tugʻmaslik sabablari, ularning oldini olish va davolash yoʻl-yoʻriqlarini ham oʻrganadi. Umumiy va xususiy Ginekologiya farq qilinadi. Umumiy Ginekologiya ginekologik kasalliklarning simptomlari, tashhisi, ularning oldini olish va davolash; xususiy Ginekologiya esa ayollar jinsiy sistemasining ayrim kasalliklari, ularning oʻziga xos jihatlari va belgilari, tashhisi, oldini olish hamda davolashni oʻz ichiga oladi. Ginekologiya akusherlik bilan chambarchas bogʻlangan.

Ginekologiya 19-a. ning oʻrtalarida mustaqil fan sifatida tashkil topdi. Anatomiya, fiziologiya, umumiy patologiya, mikrobiologiya, endokrinologiya, jarrohlik va b. fanlar Ginekologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ginekologiyaning tarixi juda qadimga borib taqaladi. Misr, Hindiston, Yunonistonning qad. qoʻlyozmalarida Ginekologiyaga oid maʼlumotlar keltirilgan. Ginekologiya tushunchasi Gippokrat, Gerofil kabi yunon vrachlarining asarlarida ham oʻz ifodasini topgan. Ibn Siioning «Tib qonunlari»da bir qancha ginekologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularni aniqlash, davolash va oldini olish yoʻllari bayon etilgan.

Toshkentda Hadra dahasida Oʻzbekistonda birinchi ayollar va bolalar shifoxonasi ochilishi (1880), Oʻzbekistonda akusher-ginekolog vrachlar tayyorlana boshlashi, 1927-y. da Onalik va bolalikni muhofaza qilish i. t. instituti, Oʻrta Osiyo un-ti (1921), ToshTI (1931; 1940), SamTI (1934) hamda Vrachlar malakasini oshirish in-tida (1950; I960) akusherlik va ginekologiya kafedralari faoliyat koʻrsata boshlashi Ginekologiya va akusherlik sohasining fan sifatida rivojlanishiga olib keldi. Bunda Oʻzbekistan FA akad. I. 3. Zokirov, prof. A. A. Kogan, A. A. Krdirova, O. Mirsoatov, Yu. K. Jabborova va b. ning salmoqdi hissalari bor. Qizaloqlar va boʻyi yetib qolgan qizlar kasalliklarini oʻrganish jadal olib borildi; ularning jinsiy yetilish jarayonini oʻrganish, jinsiy aʼzolaridagi nuqsonlar, qayz koʻrish jarayonidagi oʻzgarishlar hamda kasalliklarini erta aniqlash va davolash keyingi hayotida roʻy berishi mumkin boʻlgan noxush xrlatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish imkonini beradi. OʻzR da bepushtlik muammosi oʻrganildi va uni davolash maqsadida jarroxdik usuli qoʻllanildi (A. A. Sholoxova). Homiladorlikning ilk davridayoq tashhis qoʻyish, tugʻruqqa tayyorlash, shuningdek, tugʻruq bilan bogʻliq boʻlgan xrrdiq muddatini oʻzgartirish; Oʻzbekistan iqlimi sharoitida homiladorlikning yurak-qon tomir tizimiga taʼsiri oʻrganildi. Abort paytida infeksiya tushishining oldini olish va davolash, patogenez muammolari va bola tushish sabablarini oʻrganishga oid qator tadqiqotlar oʻtkazildi. Gemostazning oʻziga xos xususiyatlari va kamqon homilador ayollarda quvvat almashinuvi hamda bola koʻrish orasidagi muddat koʻrsatkichlari oʻrganildi va ilmiy jihatdan asoslab berildi. Akusherlik qon ketishlarining oldini olish va uni davolash masalalari ishlab chiqildi. Xotin-qizlar i. ch. ning turli sohalarida faoliyat koʻrsatayotganlarini nazarda tutib, koʻchma ginekologik tekshiruv, ayollarni rejali profilaktik koʻrikdan oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. OʻzRda Akusherlik va ginekologiya, Pediatriya i. t. instituti, tibbiyot in-tlari, vrachlar malakasini oshirish in-ti hamda yirik kasalxonalarning ginekologiya boʻlimlarida Ginekologiya masalalarini hal etishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib boriladi. Toshkent sh. da Respublika hamda 2 ta shahar perinatal markazi, shuningdek, yirik i. t. institutlari va oliy oʻquv yurtlari qoshida skrinning markazlari tashkil etilgan. Bular onalar oʻlimini bir necha marta kamaytirishga imkoniyat beradi.

Ad.: Qodirova A. A. va b., Ginekologiya, T., 1997.

Berdimurod Saidqoriyev.


Lotin alifbosida maqola: GINEKOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TIBBIYOT
XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI
HAYZ
FRANSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты