GIPERTROFIYA

GIPERTROFIYA (giper… va yun. trophe — oziqlanish) — aʼzoning toʻqima elementlari (hujayralar, muskul tolalari) oʻsishi oqibatida shu aʼzo yoki uning biror qismining kattalashib ketishi. Gipertrofiyaga asosan aʼzoning zoʻr berib ishlashi sabab boʻladi. Chin va soxta, fiziologik va patologik Gipertrofiya farq qilinadi. Chin Gipertrofiya aʼzo parenximasi hisobiga roʻy bersa, soxta Gipertrofiya aʼzoda oraliq va yogʻ toʻqima vujudga kelishiga bogʻliq. Soxta Gipertrofiyada aʼzo funksiyasi kuchaymay, balki susayadi. Mas, jismoniy ish bilan shugʻullanuvchi sogʻlom kishilarda, shuningdek, sportchilarda doimiy zoʻriqish taʼsirida skelet va yurak muskullari kattalashib ketadi (fiziologik Gipertrofiya). Baʼzi patologik Gipertrofiya (kasallik oqibatida kelib chiqadigan Gipertrofiya) ham yuqoridagiga oʻxshash roʻy beradi. Yurak-tomir sistemasi (yurak poroklari, gipertoniya kasalligi) va baʼzi oʻpka kasalliklarida patologik Gipertrofiya kuzatiladi. Juft aʼzolar (mas, buyrak) ning bittasi olib tashlansa ikkinchisi kattalashib, uning vazifasini bajara boshlaydi, yaʼni Gipertrofiya boshlanadi (qoplama G.). Neyroendokrin buzilishlar ham patologik G. ga sabab boʻladi (q. Akromegamiya, Girsutizm).


Lotin alifbosida maqola: GIPERTROFIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MUSKULLAR
YURAK
YOGʻ
YURAK POROKLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты