GIROSKOPIK QURILMALAR

GIROSKOPIK QURILMALAR, giroskopik asboblar — giroskoplar oʻrnatilgan elektr-mexanik qurilmalar; shu qurilmalar oʻrnatilgan obyektning vaziyatini ifodalaydigan parametrlarni aniqlaydi, obyektni barqarorlashtiradi. Texnikada ishlatiladigan Giroskopik qurilmalar giroskopning turi, sezgir giroskopik elementlar yasashning fizikaviy prinsiplari, kardanli osma turi, vazifasi bilan tavsiflanadi.

Giroskopik qurilmalar obyektning burchak ogʻishlarini aniqlaydigan (turli astatik va pozitsion giroskoplar); obyektning burchak tezliklari va tezlanishlarini aniqlaydigan (differensiyalovchi giroskoplar); kattaliklar boʻyicha integrallarni aniqlaydigan (integrallovchi giroskoplar); obyektni yoki alohida asbob va qurilmalarni barqarorlaydigan, shuningdek, obyektning burchak ogʻishlarini aniqlaydigan (girostabilizatorlar); navigatsiya masalalarini hal qiladigan (girokompaslar, kompaslar) va b. xillarga boʻlinadi. Giroskopik qurilmalar dengiz flotida, aviatsiyada, raketa va kosmik texnikada, harakatlanuvchi obyekt larning navigatsiya va boshqarish masalalarini hal qilish uchun xalq xoʻjaligida, baʼzi maxsus ishlarni (geodezik, topografik va b.) oʻtkazishda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: GIROSKOPIK QURILMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KOSMONAVTIKA
YER
OKEAN
ELEKTRONIKA
RAKETA YONILGʻISI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты