GLOBUS

GLOBUS (lot. globus — shar, kurra) — Yer sharining modeli, uning kichik masshtabdagi sharsimon nusxasi. Globusda Yerning geometrik konturlari va maydonlar nisbatini saqlagan holda butun yer yuzasidagi geografik obyektlar (quruqlik va suv havzalari, tog, tekislik va b.) qiyofasi muayyan nisbatda juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. Globusda geografik xaritalarda yoʻl qoʻyiladigan yoʻnalish, maydon va shakl xatoliklari boʻlmaydi. Globuslar foydalanish maqsadlariga koʻra birbiridan farq qiladi: oʻquv Globuslari, ilmiy ishlarga moʻljallangan Globuslar, transport qatnovi uchun amaliy maqsadlarda foydalaniladigan Globus lar. Masshtabi maqsadga koʻra tanlanadi. Oʻquv Globuslari, odatda, 1:83 000 000, 1:50 000 000, 1:40 000 000, 1:30 000 000 masshtabda tayyorlanadi. Shu bilan birga ulkan Globuslar ham yasalgan. Hoz. vaqtda Sankt-Peterburg sh. da saklanadigan Globus masshtabi 1:4 000 000, Toshkentda OʻzMU geogr. fakultetidagi Globus masshtabi 1:7 000 000.

Yer yuzasi tasvirlangani ge o grafik G., Oy yuzasi tasvirlangan Oy G. i, osmon sferasi tasvirlangan osmon G. i deb ataladi. Xaritagrafik mazmuniga koʻra ham Globuslar har xil boʻlishi mumkin. Eng keng tarqalgani tabiiy geografik Globus lardir.

Globus yasash tarixi uzoq oʻtmishdan boshlangan. Qadimda sanokligina olimlarning olam haqidagi ilmiy tugʻri tasavvurlari dastlabki Globus larda uz aksini topgan. Dastlabki ibtidoiy Globusni mil. av. 2-a. da yunonistonlik Krates yasagan va u Oʻrta asr G. laridan ancha farq qilgan.

Sharqda dastlabki ilmiy Globusni Xorazmda Abu Rayhon Beruniy 1016-y. da yasagan (P. G. Bulgakov uni 995-y. da yasalgan deb yozgan), u faqat Shim. yarim shardan iborat eng birinchi boʻrtma (relyefli) Globus boʻlib, aholi yashaydigan joylar aniq kursatilgan. Globusning diametri qariyb 5 m boʻlganligi maʼlum (masshtabi 1:2 500 000). Beruniy oʻzi yasagan Globus haqida «Geodeziya» asarida yozib qoldirgan. 13-a. da Misrda ham Globus ishlangan. 1492-y. Nyurnbergda nemis geografi va sayyohi Martin Bexaym (1459—1507) diametri 0,54 m li Globus («Yer olmasi»)ni yasagan. Unda Yangi Dunyoni kashf kilinishi arafasidagi Yer yuzasi haqidagi tasavvurlar aks etgan. Bexaym bu Globusni yasashda asosan Ptolemey maʼlumotlariga asoslangan dunyo xaritasidan foydalangan. Toshkentdagi katta Globus Toshkent un-ti buyurtmasi bilan 1979—84 y. larda Perm davlat un-ti laboratoriyasida yasalgan (diametri 196 sm, ogʻirligi 490 kg, yuzasi 13 m2 ga yaqin, oʻquv maqsadlarida foydalaniladi). Bu G. ni buyurtirish va olib kelish tashabbuskori geogr. fanlari doktori, prof. H. H. Hasanov boʻlgan. Masshtabi ikki xil: gorizontal masshtabi 1:7 000 000, vertikal masshtabi 1:2 000 000. Yer yuzasidagi baland-pastliklar Yerning kattaligiga nisbatan juda kichik boʻlganligi sababli 2 xil masshtab qabul qilingan. Bunday qilinmasa Globusda Yer yuzasi relyefi shakllari koʻrinmay qoladi. Yer yuzasi shakllari boʻrtma usulda, landshaftlar ranglar bilan tasvirlangan. Landshaftlarga rang tanlashda Yerning koinotdan olingan suratlari ranglaridan foydalanilgan.

15-a. da Samarqanddagi Mirzo Ulugʻbek qurdirgan rasadxonada ham kattagina Globus boʻlgan. Unda iqlimlarning chegaralari, togʻlar, choʻllar, dengizlar va daryolar koʻrsatilgan. Binobarin, dunyodagi ikkinchi Globusni Samarkand astronomlari yasashgan. Ulugʻbekning oʻlimidan keyin u mutaassiblar tomonidan yoʻqotilgan. Samarqanddagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi va madaniyati muzeyida katta noyob bir Globus saqlanadi. Mukammal ishlangan bu Globusni 1895-y. xoʻjandlik maʼrifatchi Hoji Yusuf Mirfayoz oʻgʻli musavvir va olimlar bilan hamjihatlikda yasagan. Globusning balandligi uni koʻtarib turgan tagligi bilan birga 117 sm, shar aylanasi 160 sm, masshtabi 1:2 500 000. G. gradus toʻrlariga boʻlingan. Meridian va parallellar kora rang, tropik chiziqlari va qutb doiralari kizil rang bilan chizilgan. Nolinchi meridian Grinvichdan emas, Afrikaning gʻarbidagi Yashil burun o. laridan oʻtkazilgan. Bu Abu Rayhon Beruniy Globus sidagi boshlangʻich meridianga toʻgʻri keladi. Globusga kariyb mingta nom yozilgan. Globusga belbogʻ tarzida 12 burj doirasi oʻrnatilgan. Har bir burj doirasi ichida burjni anglatuvchi rasmlar — sher, qoʻy, qisqichbaqa, chayon, baliq, qoʻchqor, hoʻkiz va b. tasvirlangan. Bu Turkiston oʻlkasi mahalliy olimlari yaratgan va ilmiy jihatdan oʻz davri uchun eng mukammal Globus dir.


Lotin alifbosida maqola: GLOBUS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GEOGRAFIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты