GOMOLOGIK QATORLAR

GOMOLOGIK QATORLAR — kimyoviy xossalari va tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin boʻlib, molekulasining uglevodorodli radikallarida bitta yoki bir nechta metilen guruxi (SN2) borligi b-n bir-biridan farq qiladigan turdosh organik birikmalar. Mas, metan SN4, etan S2N6, propan C3Hg, pentan S5N12 kabi toʻyingan uglevodorodlar (umumiy formulasi SpN2p+2), etilen S2N4, propilen S3N6 kabi toʻyinmagan uglevodorodlar (umumiy formulasi SpN2l), metil spirt SN3ON, etil spirt S2N5ON kabi bir atomli toʻyingan spirtlar (umumiy formulasi SpN2p+|ON) ning gomologik qatorlari maʼlum. Gomologik qatorlarning ayrim qismlari fizik xossalari jihatdan bir-biridan farq qilishi mumkin. Mas, toʻyingan yogʻ kislotasi va spirtlar qatorida zanjirning bitta SN2 guruhga uzayishi gomologlar qatorining sirt faolligini 3 — 3,5-marta oshiradi yoki Gomologik qatorlarning oʻrtasida joylashgan va radikali tarmoqlanmagan zanjirdan tuzilgan birikmalarning qaynash t-rasi qoʻshni gomologlardan 20—30° farq qiladi. Gomologik qatorlarning yuqori molekulali vakillarida bunday farq, sekin-asta kamayib boradi. Baʼzi uglevodorod molekulalari radikaliga gomologik farq, kiritilishi bilan turlicha struktura oʻzgarishlari sodir boʻladi. Bunda gomologik farq, yaʼni SN2 guruxi molekulaning qaysi joyiga kiritilgani ham katta ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: GOMOLOGIK QATORLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SPIRTLAR
YER
ORGANIK KIMYO
KIMYO
YOGʻ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты