GONKUR

GONKUR (Goncourt), aka-uka Edmon (1822.26.5, Nansi – 1896.16.7, Shanprose) va Jyul (1830.17.12 — Parij — 1870.20.6) — fransuz yozuvchilari. Ularning ijodiy hamkorligi jahon adabiyotining oʻziga xos hodisasi sifatida eʼtirof etilgan. Fransuz hayotining turli tabaqalaridan olingan romanlari («Jermini Laserti», 1865; «Rene Mopren», 1864 va b.)da realizm va naturalizm tamoyillari birlashtirilgan. «Kundalik» (1956—58 y. larda toʻla bosilgan) — Parij adabiy, teatr hayotining solnomasidir. Ukasi vafot etgach, Edmon «Aka-uka Zemganno» (1870), «Aktrisa Fosten» (1882) va b. romanlar yozgan. Uning vasiyati bilan 1896-y. da Gonkur akademiyasiga asos solingan.


Lotin alifbosida maqola: GONKUR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
ROSSIYA
ALISHER NAVOIY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты