GORELKA

GORELKA (ruscha) — gaz, koʻmir kukuni, mazut va b. ni kislorod (havo) bilan aralashtirib yoqish uchun moʻljallangan moslama. Xonadonlar va umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatiladigan gaz plitasi Gorelkasi, lab. gaz Gorelkasi, qirqish, payvandlash, bugʻ qozonlari va pech G. lari boʻladi. Lab. gaz Gorelkasi lab. da tajribalar oʻtkazish; qirqish Gorelkasi metall va qotishmalarni kislorod alangasida qirqish uchun qoʻllaniladi. Payvandlash G. lari injektorli va injektorsiz boʻlib, metall trubalar va konstruksiyalarni payvandlashda ishlatiladi. Bugʻ qozonlarida 8—10 ta va undan koʻp Gorelka boʻladi. Ular oʻchoq kamerasiga oʻrnatiladi. Pech Gorelkalari, baʼzan, oʻtga chidamli gʻishtlardan yasaladi (mas, marten pechida shunday Gorelka ishlatilgan).


Lotin alifbosida maqola: GORELKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GAZ GORELKASI
TOSHKENT
KISLOROD
MARTEN PECHI
PAYVANDLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты