GORIZONTAL DRENAJ

GORIZONTAL DRENAJ — zax qochiruvchi drenaj turi; ortiqcha tuproqgrunt suvlarini yigʻish va ularni zaxi qochiriladigan hududdan tashqariga chiqarib yuborish uchun qurilgan ochiq kanal (zovur)lar yoki uzluksiz drenaj (suvoqar) koʻrinishida yerga yotqizilgan quvurlar tizimidan iborat. Asosiy drenalar (tartibga soluvchi qism), suv qabul qilgichlar Gorizontal drenajning asosiy qismlaridir. Gidrostatik bosim farqi taʼsirida suvning drenalarga sizilib chiqishi hisobiga yer osti suvlari sathi tartibga solinadi. Sizib chiqqan suv drenadan oʻzi oqib ketadi. Oʻrta Osiyoda Gorizontal drenaj eng koʻp tarqalgan boʻlib, melioratsiyalanadigan (zaxi qochiriladigan) yerlarning 85% dan koʻprogʻiga xizmat koʻrsatadi.

Gorizontal drenaj tuzilishi boʻyicha ochiq yoki yopiq; ishlash usuliga koʻra zaxi qochiriladigan maydonda bir tekis joylashtirilgan muntazam hamda muayyan joylardagina (siyrak) joylashtirilgan ochiq yoki yopiq zovur va kollektorlar; xizmat muddati boʻyicha doimiy (meliorativ tizimning butun ishlash davrida aeratsiya zonasidagi tuproq-gruntning zarur suv-tuz tartibotini taʼminlaydi) va muvaqqat (doimiy drenaj ishlab turgan boʻlsada, shoʻr bosgan va oʻta shoʻrxok yerlarda faqat joriy shoʻr yuvish davrida shoʻrsizlantirish jarayonini tezlatish uchun quriladi) turlarga boʻlinadi (q. Shoʻr yuvish). Muayyan tuproq-gidrogeologik sharoitlarda Gorizontal drenajning zax tortish quvvatini kuchaytirish maqsadida ularga kuchaytirgich — burgʻi qudugʻi ulanadi.

Ochiq drenajlar bir qancha jiddiy kamchiliklari (drenajlar va zovurlar texnik holatining yomonlashishi, zax qochirish davrining uzoq davom etishi, shoʻr yuvishda suvning koʻp sarflanishi va b.) tufayli uni kamroq qoʻllash yoʻlidan borilmoqda. Oʻzbekistonda yopiq drenaj tarmoqlari 1930—40 y. larda Mirzachoʻldagi tajriba melioratsiya st-yasida qurilgan. Koʻpgina afzalliklar (uzoq foydalanish, tez va qisqa fursatda sugʻorishga imkoniyat yaratishi, suvni tejash va b.) ga ega boʻlgani uchun bunday drenajlar 60-y. larda Mirzachoʻldagi qoʻriq yerlarni oʻzlashtirishda keng joriy etildi.

Hoz. yopiq drenajlarning yangi vakuumli, elektr osmotik, qoʻsh qavatli turlari ishlab chiqilgan (ular turli chuqurliklarga yotqiziladigan va texnika vositalari bilan jihozlangan drenajlar majmuidan iborat). Avtomatik vositalardan foydalanib, boshqariladigan drenaj tarmoqlari barpo qilinmoqda. Oʻzbekistonda umumiy uz. 30 ming km dan ortiq xoʻjaliklararo zovurlar bor; yopiq Gorizontal drenaj tarmogʻining umumiy uz. 9 ming km dan koʻproq (2000).

Ad.: Gorizontalnыy drenaj oroshayemыx zemel, M., 1979.


Lotin alifbosida maqola: GORIZONTAL DRENAJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
TOSHKENT
ROSSIYA
YER OSTI SUVLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты