GRANADA

GRANADA (arab. Gʻarnota) — Ispaniyaning jan. dagi shahar, Andalusiya muxtor viloyatida. Syerra-Nevada togʻi yon bagrida, Xenil daryosi vodiysida joylashgan. Granada provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi qariyb 242 ming kishi (1998). T. y. tuguni. T. y. orqali Oʻrta dengiz boʻyidagi Motril porti bilan bogʻlangan. Sanoati, asosan, q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Granada yaqinidan temir rudasi qazib chiqariladi. Oziq-ovqat, sement, kimyo z-di, toʻqimachilik sanoati korxonalari va qogʻoz f-kalari bor. Shahar tarixiy manbalarda ilk bor 8-a. da qayd qilingan. 11-a. dan arablar qoʻl ostida, 1238-y. dan Gʻarnota amirligi tarkibida boʻlgan. 1492-y. dan Ispaniya tasarrufiga oʻtgan. Arablar istilosi davrida Granada Mavritaniya davlatining siyosiy, madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Mavritaniya meʼmorligi sanʼati uslubida qurilgan qalʼa-saroy (13—14-a. lar) va Karl V saroyi hamda Uygʻonish davriga oid sobor va b. saklangan. Un-t bor (16-a. dan). Turizm rivojlangan. Har yili musiqa festivallari oʻtkazilib turiladi.


Lotin alifbosida maqola: GRANADA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ISPANIYA
FRANSIYA
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты