GRANULOTSITLAR

GRANULOTSITLAR (lot. granulum donacha va yun. kytos — hujayra) — sitoplazmasida donachalar (granulalar) bor oq qon tanachalari (leykotsitlar). Umurtqali hayvonlar va odam koʻmigida hosil boʻladi. Granulotsitlar uchun oqsilli donachalar xamda segmentar yadro boʻlishi xos. Donachalarining shakli va boʻyalishiga qarab neytrofillar, eozinofillar va bazofillarga boʻlinadi. Baʼzi leykotsitlarning eng sodda tuzilgan amyoba kabi faol harakat qilish xususiyati ham bor. Odam qonidagi leykotsitlarning asosiy qismini Granulotsitlar tashkil etadi, ular asosan himoya vazifasini oʻtaydi. Granulotsitlarning alohida turlari oʻrtasidagi nisbat organizmning umumiy ahvolini bildiradigan koʻrsatkich hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: GRANULOTSITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HUJAYRA
LEYKOTSITLAR
NEYTROFILLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты