GRANULYATSION TOʻQIMA

GRANULYATSION TOʻQIMA (lot granulum — donacha) , granul yatsiya — biriktiruvchi toʻqimaning shikastlangan joyida paydo boʻladigan, yosh, yetilmagan toʻqima; qon tomirlar va yosh hujayralarga boy boʻlib, aʼzo yoki toʻqimaning nobud boʻlgan qismini egallab boradi (et bitishi). Keyinchalik Granulyatsion toʻqima yetila boshlaydi: ancha qattiqlashib, oqaradi va nihoyat, toʻqimaga aylanadi. Organizm zaif, quvvatsiz bemorlar, shuningdek, yoshi oʻtgan kishilarda Granulyatsion toʻqima sekin oʻsadi, natijada bemorning sogʻayishi qiyin buladi. Baʼzan (mas. oqma atrofida) Granulyatsion toʻqima ortiqcha hosil boʻlib, qizil toʻqima holida terini turtib turadi; bu holat yaraning toʻgʻri bitishiga xalal beradi. Granulyatsion toʻqimaning toʻgʻri oʻsishida organizmning umumiy holati katta ahamiyatga ega, shuning uchun vaqtida ovqatlanish, ovqat vitaminlarga boy boʻlishi muhim ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: GRANULYATSION TOʻQIMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OVQATLANISH
TOSHKENT
QON KETISHI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты