GRIGORIY KALENDARI

GRIGORIY KALENDARI (yoki yangi uslub) — Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan Yuliy kalendari (eski stil) oʻrniga 1582-y. da joriy etilgan kalendar. Perudjiy un-ti oʻqituvchisi Luidji Lilio 1576-y. da taqlif etgan loyihaga binoan tuzilgan. Yuliy kalendarida yoʻl qoʻyilgan xatolik tuzatilib hisob 10 kun oldinga surilgan. Bahorgi teng kunlik, yaʼni 21-martga toʻgʻri kelgan. Xatolik yana takrorlanmasligi uchun har 400-yilda kabisa pil 3 kunga qisqartirilgan, yaʼni 100 kabisa yili oʻrniga 97 kabisa yili joriy etilgan. Grigoriy kalendariga koʻra oxirgi 2 rakami 4 ga boʻlinadigan yillar kabisa yillardir, lekin 2 nol bilan tugab, 400 ga boʻlinmaydigan yillar bundan mustasno, mas,. 1700, 1800, 1900 va 2100-yillar oddiy yil, 1600, 2000, 2400 va 2800-yillar esa kabisa yil hisoblanadi. Shu hisobda yilning davomiyligi 365,242500 soʻtkani tashkil etib, tropik yilga qaraganda har yili 26 sek. ortib boradi va sal kam 3300-yilda 1 kun xato qilinadi. Grigoriy kalendarining birdan-bir noqulayligi oylardagi kunlar sonining har xilligidir. Sobiq Ittifoqsa (shu jumladan Oʻzbekistonda) Grigoriy kalendari 1918-y. 14 fev. dan (eski uslubda 1 fev. dan) boshlab qabul qilingan.


Lotin alifbosida maqola: GRIGORIY KALENDARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KALENDAR
YER
YAPONIYA
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты