GUGURTTOGʻ OLTINGUGURT KONI

GUGURTTOGʻ OLTINGUGURT KONI (turkmancha — Gyugurtdagʻ) — Turkmanistonning jan.-sharqidagi kon, Koʻhitang togʻining gʻarbiy etagida, Amudaryodan shim. roqda, Mukri (Turkmaniston) t. y. stansiyasi yaqinida joylashadi. Konning oltingugurt zaxirasi dastlab 1928—30 y. larda aniqlangan. 1950-y. larda Gugurttogʻ oltingugurt konida yirik tuz koni (kaliy va osh tuzlari) razvedka qilindi. Ayni paytda Gugurttogʻ oltingugurt konidan sof oltingugurt va kaliy tuzi olinmoqda. Gugurttogʻ oltingugurt koni oltingugurt konining hosil boʻlishi toʻgʻrisida olimlar oʻrtasida turli fikrlar mavjud. Konda oltingugurt yuqori yura davrida dengiz ostida anaerob (kislorodsiz) muhitda oltingugurt hosil qiluvchi bakteriyalar yordamida paydo boʻlgan yoki kimyoviy yoʻl bilan ohaktoshlar tarkibidagi yer osti neft suvlarining atmosfera suvlariga qoʻshilishidan hosil boʻlgan degan fikrlar bor. G. o. k. oltingugurt hosil boʻlish sharoitlariga koʻra, Ukrainadagi Rudatskiy va AQSHning Meksika sohillaridagi konlarga juda oʻxshash.


Lotin alifbosida maqola: GUGURTTOGʻ OLTINGUGURT KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MEKSIKA
ROSSIYA
XITOY
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты