GULSHIRA

GULSHIRA, nektar — oʻsimlikning shira bezlaridan chiqadigan shirin suyuqlik. Shira bezlari koʻpincha gulning ichida, kamdan-kam barg bandida, barg chetlarida, yonbarglarda va gulyonbarglarda joylashadi; ular gʻudda, boʻrtmacha, chuqurcha, halqacha, tarnovcha shakllarida boʻladi. Gulshira murakkab modda boʻlib, qandning suvdagi eritmasi (glyukoza, fruktoza, saxaroza)dan iborat. Uning tarkibida koʻp miqdorda spirt (manit), dekstringa oʻxshash boʻyovchilar, azotli va aromatik moddalar, mineral tuzlar, kislota va fermentlar boʻladi. Gulshira chetdan changlanishni taʼminlaydigan asalari va b. hasharotlar (ari, tukli ari, kapalaklar) uchun ovqat hisoblanadi. Oʻsimlikning Gulshira ajratish jarayoni koʻp jihatdan uning yoshi, gullash fazasi, kecha-kunduzga, havo harorati va namlikka bogʻliq (mas, gʻoʻzaning har bir guli bir kecha-kunduzda oʻrtacha 8,08 — 12,32 mg Gulshira ishlab chiqaradi). Tarkibida koʻp miqdorda shirasi boʻlgan oʻsimlikda nektar ajralishi fotosintezga bogʻliq. Shuning uchun unga quyosh nuri zarur. Bundan tashqari turli vaqtda yoki turlicha oʻsimliklardan yigʻilgan Gulshirada qand miqsori bir xil boʻlmaydi. Bu esa ularning sifat jiqatidan bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Asalari organizmida qayta ishlangan Gulshiradan asal hosil boʻladi.

Lutfulla Abdurahmonov.


Lotin alifbosida maqola: GULSHIRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
OVQATLANISH
YER
Ulug'bek Ismailov - Guli
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты