GUNNLAR

GUNNLAR, hunnlar (lot. Hunni) — mil. 2 — 4-a. larda turkiy hunlarning Uraloldi va Volga boʻyidagi oʻgʻur (ugor) qabilalari bilan aralashuvidan tashkil topgan xalq. Mil. 1-a. dahunlar Markaziy Moʻgʻulistondan Jungʻoriyaga siqib chiqarilgan. Mil. 155 —160-y. lardahunlarning katta qismi Uraloldi va Volga boʻyiga kelib mahalliy oʻgʻur qabilalari bilan yagona qabila ittifoqiga birlashgan va shundan eʼtiboran Gʻarb tarixiy manbalarida gunnlar deb atala boshlagan. Gunnlarning kelib chiqishi haqidagi ushbu qarash rus olimi K. A. Inostransev tomonidan olgʻa surilib, u yagona turkiyzabon xalq — hunlarning gʻarbiy tarmogʻini — G., sharqiy tarmogʻini — hunlar deb atashni taqlif etgan. Bu fikrni koʻpchilik olimlar (S. V. Kiselyov, M. I. Artamonov, L. R. Kizlasov, N. Ya. Merpert, L. N. Gumilyov (Rossiya), Mak-Govern (Angliya), Ye. Pritsak (Chexiya) va b. qoʻllab-quvvatlashgan. M. Aji (Rossiya) Gunnlarni Dashti Qipchoq aholisi — qipchoqlar deb ataydi.

4-a. ning 70-y. larida Gunnlarning gʻarbga tomon ommaviy suratda siljishi boshlangan. Gunnlar alanlarni tobe etib, Balombir boshchiligida Don daryosidan oʻtganlar va Ermanarix davlatini agdarib (375) ostgotlarning katta qismini boʻysundirishgan hamda 376-y. da vestgopыarim Frakiyaga chekinishga majbur qilishgan (q. Xalqlarning buyuk koʻchishi). UP y. G. bevosita Rim imperiyasi bilan yuzma-yuz kelishgan. Kuchli otliq qoʻshinga ega boʻlgan koʻchmanchi Gunnlarning shiddat bilan olgʻa yurishlari zamondoshlarida ulkan taassurot krldirgan. Bu yurishlar tafsiloti Ammian Marsellin (4-a) va Iordan (6-a.) asarlarida ancha batafsil yoritilgan. Ularning xabar berishlaricha, Gunnlarning hayoti ovchilik bilan oʻtgan, ular imoratlar qurishmagan, oʻqlarini paykoni uchun temir oʻrniga suyakdan foydalanishgan, qabila boshliqlari (yoʻlboshchilar) ning merosiy hokimiyatidan bexabar boʻlishgan. Aftidan koʻproq bu hol hunlar atrofiga uyushgan oʻgʻurlarga tegishli boʻlgan; G. ga tobe hududlardan topilgan 2 — 5-a. larga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Gunnlarda qadimdan oʻziga xos madaniyat mavjud ekanligidan darak beradi. Ov qiladigan yerlar va yaylovlarga boʻlgan ehtiyoj Gunnlarning Yevropaga bostirib kirishlarining asosiy sababi edi. Gʻarbiy Rim imperiyasi Gunnlardan germanlar va xalq harakatlariga qarshi kurashda ittifoqchi sifatida foydalandi (G. ni Pollensiya yaqinida 402-y. da Alarixni, 406-y. Etruriyada Radagaysni, 434-y. burgundlarni tor-mor etishda ishtirok etishlari va b.). 395 — 397-y. larda G. Suriya, Kappadokiya va Mesopotamiyani talon-toroj etishgan, 408-y. Frakiyaga, 415-y. Illiriyaga bostirib kirishgan. 420-y. ga kelib Pannoniyada oʻrnashib olganlar. Podsho Rugila (vafoti 434-y.)ning jiyani Attila davri gunn qabilalar ittifoqining hududiy jihatdan eng kengaygan va harbiy qudrati eng yuksalgan payti boʻlgan. 445-y. Attila taxtdoshi va amakivachchasi Bledani qatl etib, butun hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan; 448-y. ga kelib sharqiy viloyatlarda akatsirlar (M. I. Artamonov ularni Gunnlarning bir qismi deb hisoblaydi)ning separatik harakatlari barham topgan. Gunnlarning asosiy yer-mulklari va podshoning qarorgohi Pannoniyada joylashgan.

Gunnlar 447-y. Attila yoʻlboshchiligida Sharqiy Rim imperiyasiga yurish qilib, Konstantinopol ostonalarigacha yetib borganlar. Vizantiya elchisi Prisk Attila bilan sulh bitimi tuzish haqida kelishib olgan, unga koʻra ilgaridan Vizantiya toʻlab kelayotgan tovon miqdori oshirilgan. 451-y. Attila oʻziga tobe boʻlgan barcha qabilalarni toʻplab Galliyatya bostirib kirgan, yoʻlida duch kelgan Mes, Strasburg, Vorms, Mayns va b. shaharlarni esa vayron qilgan. G. Orleanni qamal qilishgan, 451-y. 15-iyunda Katalaun jangiyaa ular Gʻarbiy Rim imperiyasi va uning ittifoqchilaridan tashkil topgan qoʻshin bilan toʻqnashgan; 452-y. Italiyaga bostirib kirgan G. Akvileya va Milanni talon-toroj etishgan. Rimni qamal qilishganda Rim papasi Lev (Leon) I Attila oldida tiz choʻkib, katta tovon evaziga sulh tuzilishiga erishgan. Shunday qilib Yoyiq (Ural) daryosidan Reyn daryosigacha choʻzilgan ulkan hudud Gunnlar saltanati qoʻl ostiga kirgan.

Attila davrida Gunnlar dagi ijtimoiy tuzum ularning Uraloldida yashagan ajdodlarining tuzumidan koʻp jihatdan farq qilgan. Mulkiy tabaqalanish kuchaygan.

Priskning maʼlumotiga koʻra, Attilaning qarorgohi yogʻochdan yasalgan ulkan saroydan iborat boʻlgan, Gunnlarda patriarxal qulchilik keng tarqalgan.

Yoʻlboshchilar hokimiyati endilikda merosiy boʻlgan. Biroq Gunnlar Yevropa sharoitida ham koʻchmanchi hayot tarzini oʻzgartirmaganlar. Ularning ijtimoiy-jamoa tuzumi xarbiy demokratiya bosqichida boʻlgan. Tobe etilgan qabilalar Gunnlarga soliq toʻlab, ularning harbiy yurishlarida ishtirok etishardi.

Qadimdan 1. yagona osmon ruhi — i angriga sajda qilib, tangrichilik diniga eʼtiqod qilishgan. Baʼzi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga koʻra, xristian dinining juda koʻp ramzlari (mas, xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qoʻngʻiroqlari va b.) mil. 4-a. da Gunnlar bilan kelgan. Gunnlar bolani beshikka belaganlar, ot gqiladshtini yeb, sutini ichganlar. Attilaning vafotidan soʻng (453) oʻgʻillari oʻrtasida taxt uchun boshlangan oʻzaro nizo Gunnlarga tobe boʻlgan va gunn qabilalar ittifoqiga kiruvchi gepidlar va b. qad. german qabilalarining qoʻzgʻolon koʻtarishlariga sabab boʻlgan. Nedao daryosi boʻyida (Pannoniyada) Gunnlar yengilgan, qabilalar ittifoqi tarqab ketgan. Gunnlar Qora dengiz buylariga chekingan, lekin bu yerdagi ugʻur qabilalari ularni tinch qoʻymagach, yana gʻarbga tomon yoʻl olganlar. 469-y. Frakiya hududiga kirganlarida, Vizantiya tomonidan toʻxtatilganlar.

Gunnlarning Gʻarbiy Yevropaga qilgan yurishlari Gʻarbiy Rim imperiyasining tanazzulga uchrashiga, eski ijtimoiy tuzum — quldorlik tuzumining oʻrniga yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga turtki boʻlgan.

Gunnlar nomi garchi baʼzan oʻrta asr mualliflari tomonidan koʻpgina koʻchmanchi qabilalarni majoziy maʼnoda atash uchun qoʻllangan boʻlsada, Gunnlar xalq sifatida barham topgan. Gunnlarning qolgan-qutganlari Volga bulgʻorlari tazyiqi ostida shim. ga siljib chuvash xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Gunnlarning maxsus tarmogʻini aftidan Dogʻiston G. i (avarlar) tashkil etgan. 5-a. da ular dastlab, sosoniylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan armanlarni qoʻllab-quvvatlashgan, keyinchalik esa Kavkaz Albaniyasilagi qoʻzgʻolonni bostirish uchun sosoniylarga yollanganlar. Darbandning shim. da, markazi Varachan sh. boʻlgan kichik podshoxlik (7-a. da xazarlarga vassal boʻlgan) Gunnlar bilan bogʻliq boʻlgan deb taxmin etish mumkin.

Yevropa xalqlari adabiyoti, sanʼati (rassomlik, haykaltaroshlik, teatr) da Gunnlar b-n, xususan, Attila bilan bogʻliq juda koʻplab asarlar yaratilgan.

Ad.: Inostransev K. A., Xunnu i gunnы, L., 1926; Gumilyov L. N., Xunnu. Sredinnaya Aziya v dr. vremena, M., 1960; Iordan, O proisxojdenii i deyaniyax getov, M., 1960.

Faxriddin Hasanov.


Lotin alifbosida maqola: GUNNLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
XITOY
ChEXIYA
HUNLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты