GOʻNGQARGʻA

GOʻNGQARGʻA (Corvus frugilegus) — chum-chuqsimonlar turkumining qargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda togʻli yerlardan boshqa hamma joyda uchraydi. Bahorda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryosi boʻylarida koloniya boʻlib yashaydi. Baland daraxtlarning shoxiga koloniya boʻlib uya quradi. Qoʻngʻir xolli 3—7 ta koʻk tuxum qoʻyadi. Joʻjasi tuxumdan 16—20 kunda chiqadi. 30 kundan soʻng uchirma boʻladi. Goʻngqargʻa har xil hasharotlar va ularning lichinkalari, mayda kemiruvchilar, oʻsimlik urugʻlari bilan oziqlanadi. Hasharotlarni koʻplab qirib, foyda keltiradi, baʼzan gʻalla va poliz ekinlariga ziyon yetkazadi.


Lotin alifbosida maqola: GOʻNGQARGʻA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMUDARYO
YEVROPA
QORAQALPOGʻISTON
YER
SIRDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты