GOʻSHT

GOʻSHT — qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; soʻyilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi. Goʻsht inson isteʼmol qiladigan oziq-ovqatdagi oqsilning asosiy manbai hisoblanadi. Goʻshtning tuzilishi va taʼmi, sifatlari hayvonlar turi, zoti, jinsi, yoshi, boqish va saqlash sharoitlariga bogʻliq. Hayvonlarning turiga qarab, mol (qoramol), qoʻy, ot goʻshti va b. ga ajratiladi. Qoramol, qoʻy, echki G. i sifati va semizligiga qarab birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi. Goʻsht mushak toʻqimalarining kimyoviy tarkibi (%): suv 72—75, oqsil 18—22, yogʻ va yogʻsimon moddalar 0,5—3,5, azotli ekstrativ moddalar 1 — 1,7, uglevodlar 0,7— 1,4, mineral moddalar 0,8—1,8. G. ning sifat jihatdan eng muhim qismi mushak toʻqimalari hisoblanadi. Goʻshtda uning miqdori 40—70% ga boradi. Mushaklar oqsillarida hayotiy zarur aminokislotalar bor. Mushak tolalaridagi mioglobin oqsili Goʻshtga qizil tus beradi. Goʻshtning isteʼmol qilinadigan qismining mineral tarkibi (mg%): fosfor 180—230, kaliy 200 — 300, kalsiy 7—15, magniy 17— 25, temir 1,5—3,0 va b. G. tarkibida yana turli xil kislotalar, vitaminlar (RR, V,, V2, Ye va b.) boʻladi. Goʻshtning saqlanish muddatini uzaytirish uchun muzlatiladi, tuzlanadi, dudlanadi (q. Goʻsht sanoati).

Talʼat Akmalxonov.


Lotin alifbosida maqola: GOʻSHT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OVQATLANISH
OKEAN
YOGʻ
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты