GOʻSHT PASHSHALARI

GOʻSHT PASHSHALARI — ikki qanotli hasharotlarning yigʻma guruhi, koʻk Goʻsht pashshalari (Calliphoridae) va kulrang Goʻsht pashshalari (Sarcophagidae) oilalarini oʻz ichiga oladi. Koʻk Goʻsht pashshalarining tanasi yaltiroq-yashil yoki koʻk, yaltiroq-qoramtir tuklar bilan qoplangan. Har xil joylarda, jumladan hayvonlar tezagi, axlatxonalarda uchraydi. Ayrim sinantrop (odamlar yashaydigan joylarda yashovchi) turlari kasallik tarkatadi yoki terida yara paydo qiladi. Qurtlari hayvonlar oʻlimtigi, kushxonalar va oziq-ovqat chiqindilarida, goʻng va axlatda koʻpayadi. Kulrang Goʻsht pashshalarining tanasi yirik tuklar bilan qoplangan. Goʻsht pashshalarining 2500 ga yaqin, jumladan Oʻzbekistonda 150—170 turi maʼlum. Tirik tugʻadi. Qurtlari hasharotlar va umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi yoki ularning oʻlimtigi bilan ozikdanadi. Bir qancha turlari nashtarli pardaqanotlilar inida yashab, ular gʻamlagan oziqni yeydi. Kulrang Goʻsht pashshalaridan volfart pashshasi koʻpchilikka maʼlum.


Lotin alifbosida maqola: GOʻSHT PASHSHALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
ENTOMOLOGIYA
OKEAN
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты