GOʻSHT-SUT VA OZIQ-OVQAT NAZORATI STANSIYASI

GOʻSHT-SUT VA OZIQ-OVQAT NAZORATI STANSIYASI — daapat veteri nariya muassasasi; dehqon bozorlarida sotiladigan hayvon va usimliklar mahsulotlari (goʻsht, goʻsht maxsulotlari, baliq, sut, tuxum, don, sabzavot, poliz mahsulotlari va b.)ni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtka-zadi. Shuningdek, st-ya xodimlari mol bozorlarida sotiladigan chorva va parrandalar sogʻligʻini ham nazorat qiladi. Chorvachilik, dehqonchilik va oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini, bozor hududi, sotish joylari, savdo-sotiq jihozlari hamda baza, ombor, muzxonalar tozaligini tekshirib turadi. Sotishga yarokli mahsulotlarga veterinariya nazoratidan oʻtganligini bildiruvchi tamgʻa bosadi. Sifatsiz mahsulotlarni sotishga ruxsat bermaydi. St-ya aholi oʻrtasida veterinariyasanitariya masalalari boʻyicha targʻibot ishlarini olib boradi, bozorda sotishga moʻljallangan mahsulotlarda uchragan yuqumli va invazion kasalliklar (kuydirgi, sil, finnoz, trixinellyoz) toʻgʻrisida tuman bosh veterinariya vrachiga oʻz vaqtida axborot beradi.

Bunday nazorat st-yalari 1957-y. da sogʻliqni saqlash muassasalari ixtiyorida boʻlgan goʻsht nazorati hamda sut nazorati st-yalarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan. St-yalar ishiga respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Veterinariya bosh boshqarmasi rahbarlik qiladi.

Fatxulla Ibodullayev.


Lotin alifbosida maqola: GOʻSHT-SUT VA OZIQ-OVQAT NAZORATI STANSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BOZOR
VETERINARIYA XIZMATI
XITOY
CHORVACHILIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты