GOʻSHT-SUYAK UNI

GOʻSHT-SUYAK UNI — oqsil mineralli ozuqa. Goʻshti yeyishga yaroqsiz deb topilgan hayvonlar goʻshtini goʻsht kombinatlarida maxsus kamerada yuqori qarorat va havo bosimida quritib tayyorlanadigan (un qilingan) ozuqa. 1 kg G.-s. u. da, 1,04 ozuqa birligi, 900 g quruq modda, 400 g tozalanmagan va 341 g hazmlanuvchi protein, 21,7 g lizin va 8,8 g metioninsistin aminokislotalari bor. Shuningdek, G.-s. u. kalsiy, fosfor, mikro-elementlarga, V guruhi vitaminlariga boy. G.-s. u. asosan choʻchqalar, parrandalar, moʻynali hayvonlar ratsioniga, shuningdek, turli aralash yogʻlarga toʻyimliligini oshirish uchun qoʻshiladi. Baliq ovlash flotlari ovlaydigan dengiz hayvonlari goʻshtidan ham G.-su. tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: GOʻSHT-SUYAK UNI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEAN
KALSIY
YER
OVQATLANISH
FOSFOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты