AK-47

AK-47 Rossiyada ishlab chiqarilgan shturm miltigʻi boʻlib, Mixail Kalashnikov tomonidan ixtiro etilgan. Rasmiy nomi Avtomat Kalashnikova (Ruscha: Avtomat Kalashnikova). Shuningdek, Kalashnikov, AK yoki ruscha sheva "Kalash" nomi bilan ommalashgan.

Bu qurol Sovet Ittifoqi armiyasining taniqli timsolidir. Birinchi marta Sovet armiyasi tomonidan AK-47 nomi bilan ishlatila boshlaydi, lekin uning dunyoga mashxur Kalashnikov nomi qurol yaratuvchisining familyasidan kelib chiqqan. Qurol uning nomiga atab „Avtomat Kalashnikova 1947“, yaʼni qisqartilib AK-47 deya nomlanadi. Shu kundan boshlab Sovet Armiyasi bu qurolni oʻzining ajralmas timsoli qilib oldi. Lekin AK-47ning rivojlantirish va qoʻshinga moslash 1959-yilgacha davom etdi, 1959-yilda zamonaviylashgan mashhur AK-47 yaratildi. Butun Sovet armiyasi ushbu qurol bilan qurollantirilib, kommunistik qoʻshni Xitoyga bu qurolni ishlab chiqarishga ruxsat berildi. Keyinchalik bu ruxsat boshqa 18 ta Varshava shartnomasi mamlakatlariga ham yoyildi. Garchi Kalashnikov Shtrumgeverdan ilxomlanib yaratilgan boʻlsada, uning vazni, qulayligi va tezkorligi shu davrgacha ishlab chiqarilgan har qanday avtomatik quroldan ancha ustun edi. Jumladan Shtrumgever bilan AK-47 ni solishtirilsa, asosiy korpus oʻxshash boʻlishiga qaramasdan AK-47 ning texnologiyasi bir muncha murakkab va ishlatilishida hech qanday kamchilik koʻzga tashlanmaydi. Oʻqining boshqa qurollarga nisbatan nishonga chuqurroq botishi esa hozirga qadar AK-47ni boshqa avtomatik qurollardan ustunligini ushlab turishdagi muhim omildir.

AK-47ning chidamliligi, yengilligi va ishlab chiqarishning arzonligi uni tezda dunyoga yoydi. Oʻsha davrdagi „Sovuq Urush“ tufayli yuz berayotgan qurolli toʻqnashuvlarda Kalashnikovning roli juda ahamiyatli boʻldi. Barcha Sovet Ittifoqiga sherik boʻlgan davlatlar uning litsenziyalarini sotib olib, millionlab Kalashnikovlarni ishlab chiqardilar. Tezda dunyoda bu qurol Revolyutsiya va Ozodlik qoʻzgʻolonlari ramziga aylandi. Yillar oʻtib dunyodagi talablarga koʻra uning bir nechta zamonaviylashgan va turli hil geografik sharoitlarga moslashgan turlari ishlab chiqarildi, shuningdek oʻzining takrorlanmas 7.62 kalibrli oʻqidan tortib mashxur NATOning 5.56 kalibrli oʻqlariga moslashgan yangi rusumlari dunyo yuzini koʻrdi.

Bugungi kunda bu qurolning soni afsonaviy holga keldi, umumiy roʻyxatdan oʻtib, ishlab chiqarilgan Kalashnikov avtomatlari 70-110 million atrofida. Bu dunyodagi eng bozori chaqqon quroldir. Shunga qaramasdan uning asoschisi bu qilgan ixtirosi uchun hech qanday pul mukofoti olmagan. Lekin u yaratgan „gavhar“ tufayli dunyoda minglab zavotlar hozirgacha moʻmay pul qilishda davom etishmoqda. 2007-yilda Mixail Kalashnikov dunyodagi 10 ta Kalashnikov avtomatidan 9 tasi koʻchirma yoki qoʻlbola ekanini taʼkidlagan. Haqiqatdan ham hozirda ishlab chiqarilayotgan Kalashnikov avtomatlarining atigi 10-12 % gina Rossiyaga toʻgʻri kelib, qolgan, 90 % boshqa davlatlar tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Bunga asosan ikki sabab boʻlib, birinchisi — „Sovuq Urush“ davrida Sovet Ittifoqi oʻzining strategik sheriklarini kuchaytirish maqsadida koʻpchilik davlatlarga bu qurol ishlab chiqarishini ruxsatini bergan. Lekin hozir Sovet Ittifoqining oʻzi mavjud emas, ular bilan tuzilgan shartnomalarda esa Sovet Ittifoqining qulashi umuman hisobga olinmagan edi. Shu sababdan bu davlatlarning koʻpchilik qismi AK-47 qurolini ishlab chiqarishni davom ettirishmoqda. 2-sababi Sovet Ittifoqining qulashi oqibatida, butun Sovet qurol arsenali sobiq harbiylar tomonidan talon-taroj qilinib, mafkuraviy qarashlarini hisobga olmagan holda bir nechta davlatlarga arzon narxda sotib yuborildi. Shuningdek dunyoda Kommunistik blokning qulaganligi ortidan qurollarga nisbatan talabning pasayishi va sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning yomonlashuvi oqibatida bu qurolning narxi 90-yillarda 20$ gacha tushgan. Shu davrda bu qurol ishlab chiqarishiga tegishli boʻlgan texnologiyalar ham sotilganligi haqida maʼlumotlar yoʻq emas. 2006-yilda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotiningVenada boʻlib oʻtgan yengil qurollar forumida Rossiya dunyodagi Kalashnikov ishlab chiqarilishini nazoratini qoʻldan boy berganini va atigi 10 % gina Rossiyada ishlab chiqarayotganini eʼlon qildi.

Hozirgi kunda dunyoda 63 dan ortiq Kalashnikov avtomatidan koʻchirma qilingan yengil qurollar turlarini ajratishimiz mumkin. Shularning orasida ayrimlari Kalashnikov avtomatidan deyarli nusxa boʻlib, ularning faqat nomi oʻzgartirilgan desak xato boʻlmaydi, shulardan Ruminiyaning WASR, Serblarning Zastava M70, Xitoyning Type 81 avtomatlari Kalashnikovning koʻrinishi jihatdan ham, texnik jihatdan ham toʻgʻridan toʻgʻri koʻchirmasidir. Bolgariya boshqa mamlakatlarga qaraganda yanada bu koʻchirmachilikni oldinga surdi. Aslida Bolgariyaga AK-47 ishlab chiqarish Sovet Ittifoqi tomonidan berilgan boʻlib, uning ishlab chiqarilishi 90-yillarning oʻrtalarigacha boʻlishi lozim edi. Lekin shunga qaramasdan hozirda bu ishlab chiqarish „Arsenal“ nomlanmish firma tomonidan davom ettirilib, hatto uning filiallari AQSh kabi mamlakatlarda ochilgan. Hozirda bu tashkilot AK-47 avtomatini Afrika va Janubiy Amerika davlatlariga eksport qilmoqda. Sovet Ittifoqi bilan tuzilgan shartnomada esa qurol faqat Bolgariya armiyasini taʼminlash uchungina ishlab chiqarilishi lozimligi qayd etilgan.

2009-yilda Ijmash jamiyatining aʼzolaridan biri Buyuk Britaniyaning The Independant gazetasiga bergan intervyusida, bunday oʻzboshimcha ishlab chiqarishlar Rossiyaning qurol-yarogʻ savdosiga 400 million AQSh dollari darajasida zarar keltirayotganini qayd qiladi. Рособоронэкспорт — Rossiyaning qurol boʻyicha eksportlarini tartibga soluvchi jamiyatining qarshiliklariga qaramasdan AK-47ning butun dunyoda noqonuniy ravishda ishlab chiqarilishi davom etmoqda. Chunki Sharqiy Yevropa davlatlari kelishuvlar jamiyatlararomas, balki davlatlararo olib borishlarini soʻrashmoqda. Tomonlarning aniq qarorga kelmaganligi tufayli bu kelishuvlar uchun muzokaralarga kirishishga hech qanday harakat hozircha yoʻq.

Rus avtomat qurollari ishlab chiqarish sanoati bir nechta muammolarga duch kelgan. Bulardan asosan noqonuniy qurollarning tarqalishi muhim boʻlsada boshqa muammolar yoʻq emas, masalan qurol ishlab chiqarishdagi innovatsiyaning yetishmasligi. Chunki, sobiq strategik sheriklar, Kalashnikovning dastlabki modellaridan yangi-yangi qurollarni yaratishmoqda. Bu esa Rossiya qurol ishlab chiqarish sanoatiga juda kuchli zarba boʻlmoqda. Shunga qaramasdan yaqinda Ijmash korxonasi boshqa qurol ishlab chiqaruvchi mamlakatlarga qaraganda oqsoqlanayotganini sezgan holda yangi AK-12 va AK-2000 kabi qurollarni yaratib ularni xalqaro bozorga olib chiqdi. Lekin ularning farqi eski AK-47dan kamligicha qolmoqda. Ayrim mutahasisslarning fikriga koʻra yangi AK larning eskilaridan texnik hech qaday farqi boʻlmay faqatgina ularga qoʻshimcha modullar kiritlgan holos.

Rossiya avvalo Qurol Yarogʻ sanoatidagi oqsoqligida unda yaratuvchanlikning yetishmasligi eng asosiy sababdir, uning strategik sheriklaridan boʻlmish Xitoy yangi qurol yarogʻlarni yaratgan xolda bu sanoat tarmogʻini jadal suratlarda rivojlantirib bormoqda.


Shuning oqibatida Rossiya bu sanoat tarmogʻining asta sekin yemirilib borayotganini kuzatmoqda, agar ahvol shu zaylda davom etsa rossiya bir necha yillardan keyin qurol-aslaha eksporti boʻyicha dunyodagi 2-oʻringa tushib qolishi mumkin. Buning oqibatida Rossiya oʻzidan nusxa koʻchiruvchi mamlakatlarga yangi texnologik qurollarni sotishni kamaytirmoqda. Masalan 2007-yilda Rossiyadan Xitoyga boʻlgan qurol eksporti oʻta kuchli darajada pasaygan. Bunga asosan ikkita sabab mavjud. Birinchidan Xitoy mana necha yildirki oʻzining yengil qurollar ishlab chiqarish sanoatiga ega. Ikkinchidan aytib oʻtganimizdek Xitoy iloji boricha zamonaviy texnologiyalarni import qilishga bel bogʻlagan, shuning oqibatida ularni rivojlantirib yoki oʻzgartirib oʻzining milliy mahsulotlariga aylantirish maqsadida. Hozirda Xitoy ayni qurol-yarogʻ sanoatida import qiluvchi mamlakatdan eksport qiluvchi mamlakatga aylanib bormoqda.

Avtomat (qurol)


Lotin alifbosida maqola: AK-47 haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YAPONIYA
FRANSIYA
ROSSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты