Amir Temurning birinchi xotini Amir Joku barlos qizi Turmish oqa, ikkinchi xotini Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon oqa edi.
1370 yilda Amir Temur davlat boshiga kelgach, Amir Husayn haramidan bo’lgan chingiziy Qozon Sultonxon qizi Saroymulkxonimga uylandi va Ko’ragon – kuyov bo’ldi. Tarixchilar bergan ma’lumotga qaraganda, Sohibqironning yana Dilshod oqa, Tuman oqa, Cho’lpon Mulk oqa, To’kal xonim degan go’zal xotinlaari bo’lgan. Tarixchilar Xondamirning “Nasabnoma”si, no’malum muallifning “Muizz al-ansob” (XV asr) asari va Turg’un Fayziyevning “Temuriylar shajarasi”da Amir Temurning harami va avlodlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.