Sohibqironning pirlari

Amir Temurning yoshlikdanoq mashhur din ulamolari va shayxlarga e’tiqodlari baland bo’lib, buni padari buzrukvori Amir Tarag’aydan o’rgangan edi.

Sohibqironning bir necha pirlari bo’lgan, ularni ikki guruhga ajratish mumkin.

Birinchi guruhga ruhoniyatli pirlar, ya’ni Sohibqiron tug’ilgunga qadar yashab o’tishgan tabarruk zotlar – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixi Xoja Ahmad Yassaviy, Sulton Burhoniddin Qilich, Shayx Nuriddin Basir (Qutbi Chahordahum), Shayx Burhoniddin Sog’arjiy va Shayx Safiddun Yoqub Ardabiliylardir. Sohibqironning mazkur zotlar ruhlariga ehtiromlar ko’rgizib, har biriga alohida maqbaralar tiklanganliklari, avlodlarini e’zozlab kelganliklari o’ziga pir tutganining isboti bo’la oladi.

1397 yil kuz oylarida Amir Temur Toshkent sari ravona bo’ldi, undan o’tib Yassiga bordi va Xoja Ahmad Yassaviy mozorini ziyorat qildi. “Bu aziz Muhammad Hanifa o’g’lonlaridin turur, alayhi va ala olihi vassalom”, — deydi Sohibqiron pir turbatini tavof aylar ekan. “Buyurdikim, — deb yozadi Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”da, — ul mozoriga ustiga imorati oliy soldilar va bir ulug’ toq (gumbaz) bog’ladilarkim, ko’k bila so’zlashur erdi…”.

Ikkinchi guruhga Sohibqironning zamondoshlari, Ulug’ Amir bevosita e’tiqod etgan va irodat yo’lini bergan pirlar – Shayx Shamsiddin Kulol, Shayx Zayniddin Abu Bakr Toybodiy, Mir Sayyid Baraka janoblari hisoblanadilar. Shayx Zayniddin Abu Bakr Toybodiy Amir Temurga “Kuch – adolatda” so’zlari o’yib yozilgan tillo uzuk, Mir Sayyid Baraka esa birinchi uchrashuvdayoq saltanat timsoli bo’lgan nog’ora va bayroq tuhfa qilgan edilar. O’zining ruhiy madadi, ko’magi bilan hamisha Sohibqironga kamarbasta bo’lgan Mir Sayyid Baraka to so’nggi nafasgacha Sohibqiron Amir Temur bilan birga umrguzaronlik qildi. Ushbu pirlar haqida tarixiy manbalarda (“Temur tuzuklari”, Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma”, Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”, Ibn Arabshoh “Amir Temur tarixi”, Fasif Havofiy “Mujmali Fasihiy”, Hafizi Abro’ “Zubdat ut-tavorix” va hokazo) ma’lumotlar keltirgan.


Lotin alifbosida maqola: Sohibqironning pirlari haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Amir temur fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
TOSHKENT
TEMURIYLAR
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты