Amir Temur – bunyodkor

Amir Temur qurish, yaratish mentaliteti bo’lgan xalqning farzandi, tabiatan bunyodkor bo’lib tug’ilgan monandi yo’q zot edi.

“…Amr etdimki, — deb yozadi Amir Temur “Tuzuklar”da, — katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsunlar, faqiru miskinlarga langarxona (musofirxona) solsunlar, kasallar uchun shifoona qurdirsunlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasunlar. Har bir shaharda dorul-amorat (hukmdor saroyi) va dorul-adolat (adolat saroyi) qursunlar…”.

Bunyodkorlik Sohibqiron davrida davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan edi, deyish mumkin. Amir Temur faqat o’z mamlakatidagina emas, balki boshqa yurtlarda ham bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgani buning dalilidir. Dastavval saltanat poytaxti qilib belgilangan Samarqandni dunyoning eng obod shahariga aylantirdi, ulug’vorligini ko’rsatish uchun, atrofida Damashq, Bag’dod, Misr, Sheroz, Sultoniya kabi dunyoning mashhur shaharlari nomlari bilan atalgani, bog’-rog’larga ko’milgan qishloqlar barpo qildirdi.

Mamlakatda yo’llar kengaytirildi, ko’priklar solindi, rabotlar tiklandi, bozorlar orostalandi, binolar qad ko’tardi, xiyobonlar barpo etildi, bog’lar yashnadi. Bu bog’lar haqida ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo o’z kundaliklarida zavq-shavq bilan qalam tebratgan. Ularning ichida Gulbog’, Bog’i Dilkusho, Bog’i Chinor, Bog’i Nav va boshqa bog’lar nomi bor. Samarqandda Ko’ksaroy, Amir Temur Jome masjidi, Bibixonim madrasasi, masjidi, Qusam ibn Abbos me’moriy majmui, Amir Temur maqbarasi, Shahrisabzda Dorut-tilovat majmui, muhtasham Oqsaroy, Turkiston shahridag’i Xoja Ahmad Yassaviy xonaqoh-maqbarasi, Toshkent yaqinida Zangi ota maqbarasi, Nahri Barlos arig’i, Kobul atroflari, Farg’ona vodiysi, Murg’ob vodiysidagi yerlarga, Ozarbayjondagi Mug’on cho’llariga suv chiqarilishi, Shohruhiya, Baylaqon shaharlarining bunyod etilishi, Tabriz, Bag’dod va Gurganj shaharlarining qayta tiklanishi… Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Sharafiddin Ali Yazdiyning: “Sohibqiron ham yerdakim, imoratqa qobil yer ko’rsa erdi, ul yerda albatta bir imorat solur erdi…” degan so’zlari zinhor mubolag’a emas.


Lotin alifbosida maqola: Amir Temur – bunyodkor haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Amir temur fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
TOSHKENT
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
SAMARQAND


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты