Kuch – adolatda

Sharqda “odil podsho” tushunchasi qadim-qadimdan mavjud va xalq ana shunday podshoni hamisha orzu qilib kelgan. Sohibqiron Amir Temur ana shunday podsho bo’lishiga intildi. “Kuch-adolatda” so’zlari Amir Temur uzugiga o’yib yozilgan edi va davlat muhrida ham aks etdi. “Mamlakat zulmga chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi”, deb yozgandi Amir Temur o’z “Tuzuklar”ida. Bu – saltanat shiori. Sohibqiron bunga qattiq amal qilardi. Adolatning kuchi shunchalar yuksak ediki, agar mamlakatda biror odam bir tovoq oltin yo kumushni boshiga qo’yib, mag’ribdan mashriqqacha borsa, hech kim unga qo’l cho’zmas, oltin yo kumushdan bittasi ham kamaymasdi.

U har qadamda, xoh o’zining farzandlari bo’lsin, xoh boshqa fuqaro – barchaga birday adolat ko’zi bilan qarardi. Safarlardan qaytib kelganda, shaxsan o’zi bozorni tekshirar, agar qassobu baqqol, novvoylar va hokazolar foyda topaman, deb narx-navoni oshirib yuborgan bo’lsalar, adolat rusumi buzilganini ko’rsa, el oldida ayovsiz o’sha gunohkorning jazosini berardi. Yolg’on gapni yomon ko’rardi. Adolat tamoyillarini buzgani uchun, o’g’li amirzoda Mironshoh, nabiralari amirzoda Pir Muhammad, Sulton Husayn Mirzolar jazolanganlari tarix kitoblaridan ma’lum. Muarrix Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” da Amir Temurning 1366 yilda, hali davlat taxtiga chiqmasdan to’rt yil avval aytgan shunday so’zlarini keltiradi: “Qaysi bir podshoh o’z ishini g’addorlik va bevafolik asosiga qursa, kishilaarga ozor berish va halok qilishga oshiqsa, uning davlati chayqalib, qarorsizlikka yuz tutadi… Biz o’z saltanatimizni odamlarga e’tibor berish va ularni himoya qilish asosiga qurayotganligimiz sababli ularni yupantirib, xotirjam qilamiz…”.

Odamlarga, demak xalqqa e’tibor berish va himoya qilish – Sohibqiron adolatining bosh o’zagini tashkil qilar edi. Hamma joyda amalda bo’lgan “Kuch – adolatda” shiori butun Turon davlati hududida axloqiy va ma’naviy mezonga aylandi.


Lotin alifbosida maqola: Kuch – adolatda haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Amir temur fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
NARX
TEMURIYLAR
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты