“Sohibqiron” so’zining ma’nosi

Sohibqiron so’zining arabcha saodatli, zafarli, g’olib ma’nolari bor. Ilmi nujum (astrologiya)da va afsonalarda Zuhra (Venera) – do’stlik va mehru muhabbat tug’yonlarini in’om aylaguvchi, Mushtariy (Yupiter) – omadu iqbol, muzaffariyatu shodiyonalar sayyorasi deb ta’riflanadi. Shu ikki sayyoraning bir burjda uchrashgan vaqti saodatli lahzalardur, uni qiron deydilar, shunday vaqtda tug’ilgan bola o’sha qiron sohibi hisoblanadi. Bunday bolaning baxtli, ulug’ martabalar egasi bo’lishi oldidan bashorat etiladi. Sharq mamlakatlarida falakiqtidor hukmdorlarga beriladigan sharafli unvon. Amir Temur Ko’ragon ham shu unvonga musharraf bo’lgan.


Lotin alifbosida maqola: “Sohibqiron” so’zining ma’nosi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Amir temur fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
Abdulhay Karimov - To’y bola
SOHIBQIRON
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты