Amir Temurning bolaligi

Bolaligidanoq tabiatan og’ir-bosiq, zehni o’tkir, shoshilmay fikrlaydigan Temurbek dastavval maktabda saboq oldi, savodini chiqardi, ustozlar nazoratida kamon dastasini ushlash, o’q uzish, nayza tutish, otlarni saralay olish, shikorlar uyushtirish, chavandozlik va qilichbozlik qilish sirlarini yaxshilab o’rgandi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Temurbek o’n ikki yoshida tengqurlari bilan “poshsho-vazir” o’ynashar ekan. Temurbek podsho bo’lar, qolganlarning har biriga bir “mansab” berilar, qamishdan yasalgan “gunohkor” odamni jazolab, “yurt” boshqarar ekanlar. O’n ikki yoshligidayoq yurt boshqarish havosini olishga intilish kuchli bo’lgan, niyatni katta qilgan. Kichikligidanoq Qur’oni karimni yod olganligini aytishadi, qur’on o’qishda uning ovozi qorilarniki kabi salobatli va yoqimli bo’lgan.


Lotin alifbosida maqola: Amir Temurning bolaligi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Amir temur fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
TEMURIYLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты