Xurshid Do‘stmuhammad (1951)



Jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad 1951 yilning 8 yanvarida Toshkentda tug‘ilgan.

Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1973). «Fan» nashriyoti hamda «Fan va turmush» jurnalida muharrir va bo‘lim muharriri (1973-83), «Qishloq haqiqati» gazetasida muxbir (1983-84), «Yosh kuch» jurnalida bo‘lim muharriri, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir (1984-95), Respublika Prezidenti devonida mas’ul xodim (1995-97), «Hurriyat» gazetasida bosh muharrir (1997-2002) va Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasida hamrais (1997-2004), «O‘zbekiston matbuoti» jurnalining bosh muharriri (2002-05), O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining rais o‘rinbosari (2004-05), O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi (2004) bo‘lib ishlagan. U filologiya fanlari doktori.

Adibning dastlabki hikoyasi 1981 yilda «Guliston» jurnalida e’lon qilingan. Yozuvchining birinchi qissasi «Nigoh» nomi bilan 1987 yilda «Yoshlik» jurnalida bosildi. «Hovli etagidagi uy» nomli birinchi kitobi esa 1989 yilda nashr etilgan. Shundan keyin yozuvchining «Panoh», «Oromkursi», «So‘roq», «Sof o‘zbekcha qotillik», «Mahzuna», «Ibn Mug‘anniy», «Yolg‘izim — Siz», «Ko‘z qorachig‘idagi uy», ayniqsa, «Jajman» (1997) asarlari, shuningdek, «Hijronim mingdir mening» (2000), “Qissalar” (2011) qissa va hikoyalar to‘plami, «Bozor» (2000) romani nashr etilgan.

Xurshid Do‘stmuhammad, shuningdek, qatag‘on qurbonlaridan birining fojiali taqdiriga bag‘ishlangan «Hamid A’lamovning aytolmagan gaplari» xotira-essesi va «Jurnalist bo‘lmoqchimisiz?» (2002) risolasi, “Ozod iztirob quvonchlari” (2000), “Jurnalistning kasb odabi muammolari” (2007) kitoblari, «Chayongul» kinostsenariysi muallifi (2000).

Xurshid Do‘stmuhammad yapon adibi Akutagava Ryukoskening «Rasyomon darvozasi» hikoyasini, T. Po‘latovning «Etti huzur-halovat va qirq qayg‘u-alam» romanini tarjima qilgan.

Xurshid Do‘stmuhammad 1 va 2 chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi (2005) bo‘lgan.


Lotin alifbosida maqola: Xurshid Do‘stmuhammad (1951) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Adabiyot fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XX asr boshida Turkiston...
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты