Sa’dulla Hakim (1951-2020)



Sa’dulla Hakim 1951 yil 25 martda Jizzax viloyati Forish tumanidagi so‘lim Garasha qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2002). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1977) .

«Saxovat» jurnalida, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», «O‘zbekiston ovozi» gazetalarida adabiyot va san’at bo‘limi mudiri, mas’ul kotib, «Ma’rifat» gazetasida bosh muharrir (1992-1996), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Axborot targ‘ibot-tahlil markazining rahbari, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining bosh muharriri bo‘lib ishlagan. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining a’zosi.

Shu kunga qadar uning “Hamal tonglari» (1981), «Sen kutgan bahor» (1986), «Yoz oqshomi» (1996), «Ona so‘z» (2000), «Saylanma» (2001), «Ko‘ngil yuzi» (2006), «Ko‘hna naql» (2011) kabi o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Publitsistik asarlari ham bor («Esimda qolgan kunlar», «Atom qa’riga sayohat»).

U Gyote, Pushkin, Lermontov, Yesenin, Yunus Emro kabi shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

2020 yil 11 oktyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.


Lotin alifbosida maqola: Sa’dulla Hakim (1951-2020) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Adabiyot fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Qatag'onlik siyosati
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты