Norto‘xta Qilich (1947)



Norto‘xta Qilich 1947 yil 7 fevralda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani G‘ishti qishlog‘ida tug‘ilgan. 1971 yilda Toshkent Davlat universitetini tugatgach, «Buxoro haqiqati», «Xorazm haqiqati», «Toshkent oqshomi» gazetalarida, «Sharq yulduzi» jurnalida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishlagan.

Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Oppoq tong» (1981). Shundan so‘ng yozuvchining «Yorongul» (1981), «Mo‘jiza» (1984), «Chig‘iriq» (1988), «505» (1992), «Bayram» (1991), «Iltijo» (1992) nomli hikoya va qissalar to‘plami nashr etilgan.

Norto‘xta Qilichning «Bayram» to‘plamiga kirgan qissa va hikoyalari adib ijodining sarasi bo‘lib, unda muallif inson taqdiri va hayot ma’nosi haqida falsafiy mushohada yuritadi. Asar markazidagi voqealar ko‘p hollarda dramatik o‘tkir teranligi bilan kitobxonni o‘ziga jalb etadi. Ayniqsa, undagi qahramonlar o‘zlarining ma’naviy-axloqiy pokligi bilan o‘quvchiga ma’naviy oziq beradi, estetik zavq bag‘ishlaydi. Shuningdek, adib asarlari badiiy soddaligi va ravonligi bilan ularning o‘qimishli bo‘lishini ta’minlaydi.

Yozuvchining «Vijdon hukmi» nomli qissa va hikoyalar to‘plami 1993 yilda qoraqalpoq tilida chop qilingan.


Lotin alifbosida maqola: Norto‘xta Qilich (1947) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Adabiyot fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
TOSHKENT
YAPONIYA
XORAZM VILOYATI
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты