Vosil Qobulov (1921-2010)



Qobulov Vosil Qobulovich (1921.5.9, Toshkent — 2010) — matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), fizika-matematika fanlari doktori (1961), professor (1964). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1977).

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tugatgan (1949). Chorjo‘y — Qo‘ng‘irot temir yo‘li qurilishida ishlagan (1949-50), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Inshootlar institutida aspirant, ilmiy xodim (1950-57). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutining hisoblash texnikasi bo‘limi mudiri (1957—63). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika instituti va hisoblash markazi direktori (1963—66). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti direktori (1966—77), institut O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ning «Kibernetika» ilmiy i.ch. birlashmasiga aylantirilgach, uning bosh direktori (1978—92) bo‘lib ishlagan.

Ilmiy ishlari hisoblash texnikasini fan, texnika va xalq xo‘jali-gining turli sohalariga joriy etish bilan bog‘liq.

Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (1971). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).


Lotin alifbosida maqola: Vosil Qobulov (1921-2010) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Adabiyot fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
MATEMATIKA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
QOBULOV Vosil Qobulovich


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты