Shtat (AQSh)

Amerika Qoʻshma Shtatlarida shtat federatsiya subyektlarining nomidir. AQShdagi shtatlarning umumiy soni 50 ta boʻlib, ular bir-birlari bilan siyosiy ittifoq tuzishgandir. Har bir shtat geografik hududiga koʻra maʼmuriy yuridiksiyaga ega hamda markaziy hukumat bilan oʻzaro munosabatlari federal konstitutsiya bilan belgilanadi. Suverenitet har bir shtat va federal hukumat oʻrtasida taqsimlanganligi bois, amerikaliklar bir paytda ham federal respublika, ham istiqomat qilayotgan shtat fuqarolari sanaladi. Bir shtatdan boshqasiga oʻtish uchun davlat ruxsatnomasi talab etilmaydi (sud qarori bilan huquqlari cheklangan shaxslar, masalan, shartli ravishda ozod qilingan kishilar yoki ajrashgan ota-onalarning farzandlari, bundan mustasnodir).


Lotin alifbosida maqola: Shtat (AQSh) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
TOSHKENT
XITOY
GEOGRAFIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты