Abduqodir Shakuriy (1875-1943)



Ma’rifatparvar, pedagog Abduqodir Shakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o‘qishga kiradi. Shakuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o‘qitish usullari bilan tanishadi. Shundan keyin yosh muallimda o‘z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo‘ladi.

Abduqodir Shakuriy Samarqand gimnaziyasida ko‘rgan va o‘zi orzu qilgan yangi o‘qitish usullari Rossiyaning turli joylarida yashagan boshqa turkiy xalqlarda ham mavjudligini gazetalardan bilib oladi.

Shakuriy do‘stlari yordamida Qo‘qon shahriga boradi va u yerda yangi maktabdagi o‘qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, o‘z qishlog‘i Rajabaminda 1901 yilning kuzida birinchi yangi usuldagi maktabni tashkil qiladi.

Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi, O‘rta Osiyodagi boshqa ma’rifatparvar kishilarning diqqatini jalb etdi.

Shakuriy faqat o‘qituvchilik qilish bilangina cheklanib qolmagan, u o‘z maktabi uchun darsliklar yozib, ularni o‘z mablag‘lari hisobiga nashr qildirgan. Masalan, uning «Rahnamoyi savod» («Savod chiqarish qo‘llanmasi») deb atalgan kitobi shu tariqa chop etilgan.

Shakuriy maktablar uchun «Jomi’ ul-hikoyat» (1907), «Zubdat ul-ash’or» (1907) kabi o‘quv qo‘llanmalarini yaratgan. M. Behbudiy bilan birgalikda maktablar uchun dastur tuzgan.

Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilgan. Unda o‘zi rahbarligida rafiqasi muallimalik qilgan. Keyinchalik o‘g‘il va qiz bolalar guruhini birlashtirib o‘qita boshlagan.

1921 yilda Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir qilib tayinlanadi. U bolalarni tarbiyalash, o‘qitishga katta g‘ayrat bilan kirishdi, ko‘p yillar davomida shu maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot o‘qituvchisi vazifalarida ishladi.

1925 yilda A.Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi o‘z mablag‘lari hisobiga to‘rt sinfli yangi maktab qurib ishga tushiradi.

Abduqodir Shakuriy 1943 yilda vafot etadi.


Lotin alifbosida maqola: Abduqodir Shakuriy (1875-1943) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Adabiyot fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
ROSSIYA
YAPONIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты