Paranji tarixidan

Paranji (arabcha faranji – keng ko‘ylak) – musulmon ayollari yopinchig‘i bo‘lib, chachvon bilan birga ansambl hosil qilgan.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, paranji Misrda paydo bo‘lib, keyinchalik boshqa Sharq mamlakatlariga tarqagan.

Paranjining bichimi to‘n shaklida bo‘lib, yelkadan pastga tomon torayib boruvchi uzun, bandagi (yengi) etakka yaqin joyda bir-biriga chatib birlashtirilgan. U ayollar gavdasini boshidan to oyog‘igacha yashirishga xizmat qilgan. Ayol yuzini esa ot yolidan to‘qilgan qora, qalin, to‘rtburchakli to‘r chachvon – chimmit to‘sib turgan.Chachvonning tegrasi odatda qora satin bilan hoshiyalangan. Chachvon, yoki chimmit tutish aslida Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan yuzni yopib yurish odatidan kelib chiqqan.

Paranji avra-astarli qilib tikilgan. Avrasi kimxob, banoras, olacha va boshqa matolardan bo‘lgan, tegrasi kashtalangan hamda kashtali jiyaklar tutib bezatilgan, astariga chit va satin ishlatilgan, chetlariga esa zangori, pushti yoki sidirg‘a shoyidan adip qilingan. Paranjining ikki yoni (cho‘ntak o‘rni) ga tik tushgan 25 sm uzunlikda ikkita jiyak tutashtirib chatilgan. Jiyaklar uchidan popukchalar chiqarilgan, ba’zan qo‘ng‘iroqchalar osilgan.

Paranjining o‘tmishdoshi faraji erkaklarning kiyimi hisoblangan. Samarqanddagi Afrorsiyob shaharchasidan topilgan terrakotik haykalchalar buning dalili bula oladi. Kadim asosga ega bulgan paranji davrlar o‘tishi bilan o‘zgarishga uchrab ayollar libosiga aylangan.

O‘zbekiston huhudi tumanlarida paranjilar o‘ziga xos, bir-biridan ajralib turadigan belgilarga ega bo‘lgan. Toshkent va Farg‘onada paranjilar serxusham bo‘lib, ipak kashtalari bilan ajralib turgan. Ularning bichigi Samarqandnikiga o‘xshash, lekin yoqalari kengligi balan farqqilgan. Samarqand paranjisi esa shakl jihatdan Kashqadaryoning erkaklar choponiga o‘xshash bo‘lgan. Buxoro paranjisi yokasining yarmi qisqa shaklda tikilgan. Buxoro va Samarqandda paranji qora va gulli matolardan kashtasiz tikilgan, faqat chetlari va yenglari jiyaklar bilan bezatilgan, ularda qizil va ok rang ustunlik qilgan. Qashqadaryoda ayollar yana jelak ham kiyishgan. Jelaklar ip gazlamadan astarsiz tikilgan. Qashqadaryo va Surxandaryo ayollari yoz mavsumida oq va rangdor jelaklar kiyishgan.

Xorazmda paranji tarkibi shimoliy hududlardagi chit chakmon modelini o‘zida mujassamlashtirgan. Etaklari tug‘riburchak, yeng uzunligi etaklarigacha yetgan. Xorazm paranjisining boshqalardan farkli yana bir tomoni uning uzunligida (170-180 sm) va kashtasiz tikilishida.

Uzbekiston tarixi Davlat muzeyi fondlarida turli hududlarga tegishli bir necha paranji saqlanadi. Toshkentda 1927 yili elshunos Ye.M.Pesherova tomonidan muzey uchun sotib olingan paranji ip-gazlama mato – parpashadan tayyorlangan.

1935 yilda muzeyda xalq xo‘jaligi ko‘rgazmasidan Qashqadaryoga mansub ikki paranji berilgan. Qalami bo‘zdan tayyorlangan bu paranjilarning yoqalari va etaklariga jiyaklar tikilgan. Paranjining tarkibiy qismi bo‘lgan chachvonlar ham o‘zining badiiy bezagi bilan e’tiborni tortadi.

Vaqt o‘tishi bilan paranji kundalik kiyimdan marosim kiyimiga aylandi. XX asr boshlaridagi tuylarda kuyov uyiga kelinni paranjida olib borishgan. Kelin paranjida so‘zana ostida o‘tirgan va u holda kuyov uni go‘shangaga olib kirgan. Kelinni kuyov qarindoshlari oldiga kelin salomga paranjida olib chiqishgan.

Birinchi o‘gil farzand ko‘rilganda o‘tkaziladigan sunnat tuyda sallabundon yoki sala pushon o‘rash marosimida ham ayollar an’anaviy libosda bo‘lishgan.

Davrlar o‘tishi bilan paranji milliy qadriyat sifatida faqat muzeylarimizda saqlanib qolgan.

Lotin alifbosida maqola: Paranji tarixidan haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
PARANJI
YER
Umar Shayx Mirzo Bahodir
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты