Qatag'on dahshatlari

Jahon tarixi odamzod o'zi yashab turgan makonida ko'p miqdorda yovuzlik, jinoiy harakatlar ijod etganiga shohiddir.

Frantsuz olimi Laynus Polinga o'zining "Hech qanday urush bo'lmasin"' nomli asarida yer yuzida keyingi 5,5 ming yil davomida 14500 ta katta va kichik urushlar bo'lib, ularda 4 milliardga yaqin odam halok bo'lgan, bu bundan bir necha o'n yil oldin yer kurrasida yashayotgan odamlar miqdoriga tengdir», deb yozgan edi.
Harbiy harakatlar yuz berishi va yuz bermasligidan qatьi nazar turli mamlakatlarning u yoki bu hududida qotilliklar, portlashlar, yong'inlar, zaharlanishlar, odamlarni o'g'irlash va boshqa harakatlar yuz bergan va hozirda ham sodir bo'lmoqda.

Oktyabr to'ntarishi oqibatida Turkistonda zo'rlik bilan o'rnatilgan mustamlakachi Sovetlar tuzumi birinchi kundan boshlab xalkdarimiz boshiga son-sanoqsiz qirg'inlar, dahshatli va alamli kulfatlar olib keldi. Bu dahshatli rejimni o'lkamiz xalqlari qabul qilmadilar. Ular istikdol uchun, erk va milliy-ozodlik uchun 16 yil mobaynida qurolli kurash olib bordilar. Bu kurash davomida, ayrim xorijdagi muarrixlar hisobicha, 1 million 900 ming vatandoshimiz Turkistondan bosh olib, xorijiy mamlakatlarga chiqib ketdi va 1 million 700 ming yurtdoshimiz Sibirga, Uzoq Shimolga, Ukrainaga, Shimoliy Kavkazga, Uralga, Qozog'istonga, Uzoq Sharqqa, Kavkazga, Volgabo'yi rayonlariga badarg'a qilindi.

Rossiya Federatsiyasi markaziy televideniyasi "Kulьtura" kanali 2007 yil 4 iyulda "Rasstrelьnыye spiski Stalina" nomli ko'rsatuv berdi. Uni tarix fanlari doktori N. Petrov, tarixchi A. Vinogradov olib bordilar. Unda «katta terror»ning 1937 yil 30 iyuldan boshlanib 1938 yil noyabriga qadar davom etganligi aytib o'tilgan. Shu vakt ichida 1,5 million kishi qamoqqa olingan, shundan 700 mingi otib yuborilgan. "Katta terror"ning qahrli tig'i jamiyat a'zolarining barcha toifalarini o'z domiga tortgan. Ayniqsa, "katta terror"dan aholining quyi tabaqasidagilar ko'p jabr-zulm ko'rganlar.

NKVDning 00486-sonli buyrug'i bo'yicha 1938-1946 yillarda Qarag'andadagi "Aljir" (Akmolinskiy lagerь jyon izmennikov rodinы) lagerida "Vatan xoinlarining oila a'zolari"dan 6500 ayol jazoni o'tagan. Xalq dushmani tamg'asi bilan qatag'on bo'lganlarning farzandlari maxsus bolalar muassasalarida saqlangan. 1937 yil 15 avgustdan 1939 yil yanvarigacha Ittifoq bo'yicha 25342 bola oilasidan ajratib olingan, ulardan 22427 nafari Xalq maorifi komissarligi hududidagi bolalar uylariga va mahalliy bog'chalarga tarqatib yuborilgan, shundan 1909 nafari Moskvada bo'lgan, 2915 nafari boshqalarga boqish uchun oilalarga qaytarib berilgan. Bu bolalarning yoshi 15 gacha bo'lgan. Yoshi 15 dan yuqorida bo'lgan bolalar "ijtimoiy xavfli" hisoblanib, qamoqqa olingan va hukm qilingan.
Qarag'anda lageridagi mahbus ayollar jazo muddatini o'tayotganlarida 1507 nafar farzand ko'rganlar, bu bolalar ko'pincha sevgi asosida emas, zo'rlik asosvda dunyoga kelganlar.

Mudhish voqealar 1937 yil iyuldan boshlanib, 1938 yil noyabrgacha davom etgan. Shu vaqt ichida sovet imperiyasi bo'yicha bir yarim million kishi qamoqqa olingan, shundan yetti yuz mingi otilgan. O'zbekistonda esa 1937 yil 10 avgustdan 1938 yil 1 yanvargacha o'n ming yetti yuz kishi qamoqqa olingan. Bulardan uch ming olti yuz o'n uch kishi otildi, yetti ming sakson yetti kishi sakkiz-o'n yil muddatga qamoqqa tashlandi.
O'sha yillari aholining barcha qatlamlari qatag'on girdobiga tushgan. Qatag'on avvalo, ziyolilar, din xizmatchilariga qarshi qaratilgan edi.
Fakat 1937 yil dekabr oyida "uchlik" qarori bilan hukm qilingan uch ming olti yuz qirq to'rt kishidan bir ming to'rt yuz oltmish to'rt nafari imom, eshon, mulla va boshqa diniy xizmatchi bo'lgan. 1938 yilning fevralida "uchlik" yig'ilishlarida 2491 mahbus ustidan hukm chiqarilgan, shundan 2086 mahbus otuvga, 398 mahbus o'n yil muddatga, ikki mahbus sakkiz yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan. To'rt mahbus tergov vaqtida vafot etgan, bir kishigina ozod etilgan. Ular asosan o'ziga to'k dehqonlar, ishchi-xizmatchilar, 153 nafari ulamolar, 72 nafari sobiq savdogarlar bo'lgan.
Qatag'on qilingan yurtdosh ulamolarning qismatiga doyr ayrim ma'lumotlarni keltirmoqdamiz:

Abdurahmon Berdialiyev (1888 yili Andijan okrugi, Baliqchi tumani, Tumor qishlog'ida tug'ilgan, imom, hibsga olingan vaqtda kolxozchi) — bosmachilik va boshqa aksil-inqilobiy harakatlarda qatnashgan, kolxoz
tuzumiga qarshi targ'ibot olib borgan degan tuhmat bilan "uchlik" tomonidan 1938 yil 9 fevralda otuvga hukm qilingan.

Ashur Soliyev (Buxoro okrugi Shofirkon tumani, Qilmakon kishlog'ida 1903 shli tug'ilgan, olim, hibsga olingan vaqtda kolxozchi) — millatchi, aksilinqilobiy tashkilot a'zosi sifatida kolxozchilar orasida sovet hokimiyatiga qarshi norozilik uyg'otgan, degan soxta ayblov bilan "uchlik"ning 1938 yil 7 fevraldagi qarori bilan otuvga hukm qilingan. Haydar Hazratqulov (1868 yili hozirgi Jizzax viloyati Jizzax tumanы Yetimtak qishlog'ida tug'ilgan, din xizmatchisi, imom)
— aksilinqilobiy millatchi tashkilot a'zosi, aholi orasida kolxozga qarshi targ'ibot olib borgan, degan uydirma bilan "uchlik" -ning 1938 yil 9 fevral qaroriga ko'ra o'n yil mehnat-tuzatish lageriga hukm qilingan.

Abdulla Boykotov (1888 yili hozirgi Namangan shahrida tug'ilgan, din xizmatchisi, eshon, hibsga olingan vaqtda ishsiz) — aksilinqilobiy guruh a'zosi, sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlarda qatnashgan, xalq dushmanlarini qo'llab-quvvatlagan, degan tuhmat bilan "uchlik" qaroriga ko'ra 1938 yil 9 fevralda otuvga hukm etilgan.

Najmiddin Inomov (1882 yili hozirgi Namangan viloyati Namangan tumanы Sho'rqo'rg'on qishlog'ida tug'ilgan, din xizmatchisi, imom, hibsga olingan vaqtda ishsiz) — aholi orasida aksilinqilobiy tashviqot olib borgan, kolxozchilarni sovet hokimiyatiga qarshi chiqishga targ'ib etgan, degan bo'htonlar bilan, "uchlik" qaroriga ko'ra 1938 yil 9 fevralda otuvga hukm qilingan.

Soat Turdiyev (1890 yili Surxondaryo okrugi Boysun tumani Pulhakim qishlog'ida tug'ilgan, imom, hibsga olingan vaqtda kolxozchi) — aksilinqilobiy guruh rahbari, noqonuniy yig'inlarda ishtirok etgan, kolxozlarni tarqatib yuborishga, qurolli harakatlarga targ'ib qilgan, degan uydirma bilan "uchlik" 1938 yil 4 fevralda otuvga hukm qilgan.

Ibrohim Muqimov (1873 yili Surxondaryo okrugi Boysun tumani Qumbuloq qishlog'ida tug'ilgan, imom, hibsga olingan vaqtda ishsiz)
— millatchi, sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlarni uyushtirish soxta ayblovi bilan ayblab, "uchlik" 1938 yil 4 fevralda otuvga hukm qilgan.

Alixo'ja Primbetov (1888 yili Toshkent viloyati Chirchiq tumani Kas qishlog'ida tug'ilgan, imom) — aholi orasida doimiy ravishda mish-mishlar tarqatgan, kommunistlarni yomonlagan degan tuhmat bilan "uchlik" 1938 yil 14 fevralda otuvga, mol-mulkini musodara etishga hukm qilgan.

Ali Maxsum Sodiqov (1900 yili Krra-qalpog'iston ASSR Kipchoq tumani 5-ovulida tug'ilgan, din xizmatchisi) — noqonuniy yig'inlarda ishtirok etgan, bunday harakatlarni qo'llab-quvvatlagan, xalq orasida kolxozchilarga qarshi tashviqotlar olib borgan, degan tuhmat bilan ayblanib, 1938 yil 7 fevralda otuvga hukm qilingan.

Mamut Yusupov (1885 yili Qoraqalpog'iston ASSR Kipchoq tumani 5-ovulda tug'ilgan, savdogar, din xizmatchisi, imom) — aksil-inqilobiy diniy guruh a'zosi, noqonuniy yig'inlar tashkil etib, aholi orasida sovetlarga qarshi targ'ibot olib borgan, degan tuhmat bilan "uchlik" 1938 yil 7 fevralda otuvga hukm qilgan.

Musa Isayev (1900 yili Xorazm okrugi Xiva shahrida tug'ilgan, imom, hibsga olingan vaqtda kolxozchi) — aksilinqilobiy diniy guruh a'zosi, noqonuniy yig'inlar tashkil etgan, aholi orasida aksilinqilobiy tashviqot olib borgan, degan uydirma bilan ayblanib, "uchlik" qaroriga ko'ra 1938 yil 10 fevralda otuvga hukm qilingan.

Xudoybergan Abdalov (1896 yili Xorazm okrugi Xiva tumani Molotov qishloq sovetida tug'ilgan, imom, hibsga olingan vaqtda kolxozchi) — aksilinqilobiy diniy guruh a'zosi, noqonuniy yig'inlarda ishtirok etgan, aksil-inqilobiy mag'lubiyatchilik tashviqotlarini olib borgan, degan uydirma bilan 1938 yil 10 fevralda otuvga hukm qilingan.

Bu o'rinda bor-yo'g'i o'n ikki nafar qatag'on qurboni haqida qisqa ma'lumotlarni keltirdik. Ularning barchasi keyinchalik aybi yo'qligi uchun oqlangan.

Lotin alifbosida maqola: Qatag'on dahshatlari haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Milliy ozodlik harakati
YER
Umar Shayx Mirzo Bahodir


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты