Rus askarlari general Chernyaev boshchiligida Avliyoota tomonidan harakat qilayetgan vaqtda polkovnik Verevkin 1864 yil 22 mayda Perovskiy fortidan (Oq-masjiddan) chiqib, 8 iyunda Qorachiq va 9 iyunda Turkiston shahri atrofidagi bog'larga o'rnashadi. Shahar baland devor bilan o'ralgan bo'lib, shimoli-sharqiy tomonida harbiy istehkom bor edi. Rus manbasiga ko'ra, qal'ada 1500 askar va qurollangan olomon mudofaada turgan. O'sha 9 iyun kuniyoq vatan himoyachilari dushmanga qarshi to'p va miltiqlardan o'q yog'dirganlar. Bu vaqtda ruslar 4-5 rota, 200 kazak, 20 zambarak, 6 mortira, 2 raketa stanogi bilan jang qilmoqda edilar. Ammo vatan himoyachilari mardonavor turib dushmanga qarshi jangni davom ettirdilar. 10 iyun kechasiga o'tar vaqtda dushman 8 batareyani shaylab, tong otganidan sung qal'ani tinimsiz o'qqa tutadi. Oqibatda qal'a ichida yong'in chiqib, ahvolni og'irlashtiradi. 11 iyun kechasi dushman qal'aga yanada yaqinlashib, qo'shimcha batareyani o'rnatadilar. Soat o'n birlarda vatan himoyachilari uch marotaba hujumga o'tib, dushmanni ancha gangitib qo'yadilar, bosqinchilardan uch kishi o'ldirilib, 25 kishi jarohatlanadi.
12 iyunga o'tar kechasi qal'aga hujum davom etadi. Lekin vatan himoyachilari o'ng va chap tomondan hujum qilaverganlar. Natijada shtabs-kapitan Kaxovskiy halok bo'ladi, 8 kishi jarohatlanadi. Ayni bir paytda vatan himoyachilaridan juda ko'p kishilar shahid bo'ldilar. Shunda ruslar to'plarni Ahmad Yassaviy maqbarasiga tug'rilab, taslim bo'lmasalar, uni yer bilan yakson etishlarini shahar ahliga ma'lum qiladilar. Turkiston aholisining qahramonona kurashi, oz bulsa-da, mahalliy manbalarda ham bitib qoldirilgan: «Turkiston shahrining hokimi Mirza Davlat dodxoh, — deb yozadi Muhammad Solih Toshkandiy, — Turkistondagi Toshkent va Dashti Qipchoq jangchilari bilan urushga tayergarlik ko'rib, shahar qal'asidan tashqariga chiqib, ruslar bilan urushib, ikkinchi tomondan, Toshkent va Qo'qonga axborot yuborib, yerdam berishni iltimos qilib, intizorlik chekib urushni davom ettirdilar».
O'sha muallif o'z asarining boshqa sahifasida janglar tafsilotini yanada aniqroq yozib, vatan himoyachilaridan ko'p kishilar o'ldirilganligi va tirik qolganlar shahardan qochib ketganliklarini uqdirib utadi: «Turkistonni ruslar qattiq qamal qilib, erta tongdan boshlab ruslar shahar qal'asiga hujum qilib, shahar ichiga bostirib kirib, mahallalarda ko'p fuqarolarni, navkarlarni va g'oziylarni o'ldirdilar. Tirik qolgan g'oziylar zaxmdor va majruhlarni o'zlari bilan olib Turkistondan Chimkentga va bu yerdan Toshkentga keldilar».
Ammo Avaz Muhammad Attor Huqandiy voqeani biroz boshqacharoq ta'riflaydi: «Bir necha ming o'rus va ko'pgina kazak sarbozlari Oqmasjiddan so'ng Yassi, ya'ni Turkiston shahrini muxosara (qamal) qila boshladilar. Bu yerning hokimi Mirza Davlat shijoat va mardlik namunasini ko'rsatdi, o'z lashkari bilan kofirlar o'rdusiga qarshi chiqib, og'ir jang qila boshladi va shaharga qaytmoqchi bo'ldi. Ammo Mirza Davlat kelib ko'rsa, viloyatning qallob, kasofat va buzg'unchi kishilari oldindan o'ruslarga sotilib, ularning xizmatlarida yurgan ekanlar. Ular viloyatni kofirlarga taqdim qilib, shahar darvozasini musulmonlarga ochmadilar. Ular qal'a devorlarini teshib, kofirlarni shaharga quygan ekanlar. (Mirza Davlat o'z sarbozlari bilan) bu xiyonat xabarini eshitib, afsus-nadomat qilib o'z joyiga qaytdi. Ular kechani birnav o'tkazib, erta tong bilan Toshkent viloyatiga yo'l oldilar. Yo'l-yo'lakay Chimkentga kirib, mazkur Normuhammadni ko'rmasdan, Qoraqamish mavzeiga yetib keldilar va hazrat Miyon Xalil Sohib bog'iga tush-dilar».
Rus manbalarida Turkiston atrofida Qo'qon askarlari bilan otishma bo'lganligi qayd etilgan.
1864 yil 12 iyunda rus askarlari Turkiston shahrini bosib olib 4 zambarak, 117 miltiq, 200 ggud porox, 100 pud qo'rg'oshin va boshqa narsalarni o'lja olganlar. Urushda ruslardan 5 kishi o'ldirilib, 33 kishi jarohatlangan. Ruslar Turkiston shahriga 1495 snaryad, 43208 o'q otganlar. Bu — jang dahshatli bo'lganligidan, ko'p kishilar halok etilganligidan dalolat beradi.
Ammo shahar kattalari, xususan shayxulislom Nasrullo Ishoqov, naqib eshon Aliakbarxo'ja Xonxo'jayev, azizlar — Sharifxo'ja Bekbetov, qozikalon Otaxo'ja Buxorov, Qozi Eshonxo'ja Mazlumxo'jayev, Qozi Botirxuja Xo'jabekov, a'lam Abdushukur Qo'rmonbekov, rais G'aribxo'ja Afzalxo'jayev, Asqarxuja Sudurxonxo'jayev va boshqa kishilar general Verevkin nomiga quyidagi mazmunda xat yozdilar: «Biz o'zimiz Qo'qon xonligi davrida Mirza Davlatning g'ayriqonuniy siquvlari va zulmidan xoli bulish uchun shahar darvozasini ochdik va ixtiyeriy ravishda imperator oliy hazratlariga bo'ysundik. Biz qo'qonliklarning zulmidan va zo'ravonliklaridan hamda yuz berayetgan qimmatchilikdan juda qashshoqlashdik, ehtiyojimizning qondirilishiga nihoyatda muhtojmiz. Shu bois yangi hukmdorimizga baxt-saodat tilab quyidagi so'rovlarimizning inobatga olinishini iltijo qilamiz:
1. Hozirgacha saqlanib kelayotgan barcha huquqlarimiz va ehtiyojlarimiz o'z kuchida qoldirilib, hamma ishlar islom dini doirasida amalga oshirilsin, sud ham shariat asosida olib borilsin.
2. Otameros sifatida foydalanilayotgan yerlar, bog'lar va tegirmonlar hamda shahar ichida va tashqarisidagi pulga sotib olingan yerlar shaxsiy mulk hisobida saqlansin.
3. Endilikda Rus davlati tobeligiga o'tganligimizni va kambag'alligimizni nazarda tutib, bizlarni zakot, xiroj (bug'doydan), xonadonlardan va jon boshidan olinadigan barcha soliqlardan ozod etilsin.
4. Harbiy xizmat bizga tatbiq etilmasin, boshqa barcha davlat ishlari esa bajonidil bajariladi.
5. Biz xo'jalar — Hazrat Sultonning avlodlari qadim vaqtlardan buyon va xonliklar davrida ham barcha davlat soliqlaridan ozod etilgan holda o'zimizning yerimizga, bog'larimizga, tegirmonlarimizga to'la egalik qilib kelganmiz. Bundan buyon ham mazkur imtiyozlar qoldirilsin. Shuningdek, O'rtoq va Suyar singari ikki ariq suvidan foydalanishimizga hech kim to'sqinlik qilmasin».
Ko'rinib turibdiki, bir guruh din peshvolari, birinchi navbatda, uz imtiyozlarini saqlashga ko'proq e'tibor berganlar. Ular shu darajada nodonlik qilganlarki, islom dinida bo'la turib «kofirlar» qo'l ostida yashashni afzal ko'rganlar. Ular uchun imtiyozlar saqlansa, bas. Amalda esa, ular «yomg'irdan qutulib qorga tutilgan» kishilar edi.
Bu vaqtlarda Turkiston shahrida 958 xonadon bo'lib, 10000 kishi yashardi. Ulardan 68 xonadon yuqorida qayd etilgan xo'ja avlodlaridan va 22 xonadon tatarlardan iborat edi. Shu bois xo'jalarning general Verevkinga yozgan xati xalq nomidan emas, balki bir guruh din peshvolarining qalamiga mansub edi. Turkiston muzofotiga Iqon (200 xonadon), Chilich (150 xonadon), Boboy (20 xonadon), Qarnoq (160 xonadon) singari qishloqlar kirib, shimolda Chu daryosi, g'arbda Yangiqo'rg'on, janubda Sirdaryo va sharqda Aris bilan chegaralangan edi. Turkiston atrof joylarida qozoq qabilalari istiqomat qilganlar. Xullas, Turkiston Qo'qon xonligi hayotida har jihatdan muhim o'rin egallab, tobora qad rostlab borayotgan shahar edi. Afsuslar bo'lsinki, bu aziz joy ham qo'ldan boy berildi.
Avliyoota va Turkistonning ruslar tomonidan bosib olinganligi haqidagi xabar butun xonlik xalqini oyoqqa turg'izdi. Sulton Sa'idxon Quqondan «hamma qasaba, viloyatlarga farmon va inoyatnomalar jo'natib, islom dini orqali ta'kid va tahdid ko'rsatib, qo'shin yig'ishga kirishdi. Xon farmonini eshitib har tomondan jasur askarlar va botir sarbozlar to'planishib keldilar... Necha-necha manzillardan o'tib, janobi xon (lashkari ila) Toshkentga kelib istiqomat rejasini tuzdi. Bir necha muddatdan keyin qolgan qo'shin ham yetib keldi. Safar anjomlarini kamchiligini to'ldirib asta-sekin raxshsifat saman jilovini maqsad tomon tortdilar». Dushmanga qarshi zo'r tayergarlik ko'rilganligini Muhammad Solih Toshkandiy ham ta'kidlab o'tgan. Uning so'zicha, Sulton Sa'id Toshkentning Mingo'rik degan joyiga qo'shin bilan o'rnashgan. Bu yerda to'p va miltiqlardan otish bo'yicha har kuni mashq o'tkazilgan. «Shundan keyin, — deb yezadi muallif, — urush jihozlarini otlarga, aravalarga va tuyalarga yuklab, tongotar chog'da saf tortgan jangchilar hukumat saroyi oldidan o'tib, Chimkent tomon yurdilar. Ularning orqasidan to'plar bilan birga Sulton Sa'idxon va amiri lashkar Mulla Olimqul boshliq sarkardalar va sardorlar har bir mahalla va masjid oldida to'xtab, xalqdan va din peshvolaridan duo va fotiha olib, butun xalq qo'llarini duoga ko'tarib yig'lab, mullalar va'zu nasihat qilib, hammani yig'latib g'azoga, urushga da'vat etib tashviqot yurg'izdilar».
Mazkur satrlar shu haqda guvohlik beradiki, Rus davlatining tajovuziga qarshi kurash umumxalq ishiga aylanib, o'z safiga aholining barcha toifalarini tortdi. Sulton Sa'idxon va Olimqul boshchiligidagi qo'shin va xalq olomoni Chimkent yaqinidagi Sharafxona degan joyga o'rnashadilar. Bu vaqtga kelib ruslar Chimkentga yaqinlashgan edilar. Chernyaev 6 pibda rota, 100 nafar kazak, 10 zambarak, 2 raketa stanogi va umuman 1300 askar bilan yulga chiqib, 1864 yil 10 iyulda Aris daresi yeqasidagi Yoqchisuv degan joyga o'rnashadi. Bu vaqtda shtabs-kapitan Meyer 1,5 piSda rota, 100 nafar kazak, 2 to'p va 2 raketa stanogi va hammasi bo'lib 400 askar bilan o'sha Aris daresining bo'yidagi Qoraspaz nomli yerga keladi. 15 iyulda esa, bu harbiy qism Chimkentdan 12 chaqirim naridagi Oqbuloqqa kelib joylashadi. Chernyaev starshina Katanayev boshchiligida 75 otliq o'qchi, 50 nafar kazak va 2 zambarakni xavf ostida qolgan Meyerga yerdam uchun jo'natadi. Ammo Katanayev askarlari yo'lda vatan himoyachilari tomonidan qurshab olinib, jang 5 soat davom etadi. Uning ikki askari halok bo'lib, uchtasi jarohatlanadi.
Bu vaqtda Olimqul boshchiligidagi askarlar va xalq ko'ngillilari Chimkent atrofiga joylashib olgan edi. Ularning bir qismi Katanayev qo'shiniga hujum qiladi. Chernyaev darhol yo'lga chiqib og'ir ahvolga tushib qoltan starshina Katanayev bilan qo'shilishga urinadi. Bunga erishgach, u Chimkentdan 8 chaqirim masofada joylashgan Oltintepa qo'rg'oniga borib joylashadi. Shunda qarshi tomonda 6-9 ming atrofida vatan hi-moyachilari turganligi haqida ma'lumot oladi. Boshqa ma'lumotlarga ko'ra, ular soni 10-12 ming kishini tashkil etgan. Ma'lum vaqtdan keyin Lerx va Meyer uz qo'shinlari bilan Oltintepada Chernyaevga qo'shiladilar. 1864 yilning 13 iyulida kapitan Meyer askarlari Aris daresidan kechib Oqbuloqqa o'rnashgandan bir kun o'tib, 14 iyulning erta tongida vatan himoyachilari rus askarlarini qurshab olib, jangni boshlab yubora-dilar. Ikki tomondan to'p va miltiqlardan o'qlar yog'dirilib, jang 16 iyulning ertalabigacha davom etadi. Unga Olimqul boshchilik qildi. Solih Toshkandiyning yozishicha, oddindan belgilab qo'yilgan tartibga ko'ra, Mingboy Qipchoq bahodir boshchiligidagi askarlar jangni boshlab bergan. Undan keyin Mirza Davlat qo'mondonligida toshkentliklar, so'ngra Xo'jand hokimi Mirza Ahmad qushbegi yigitlari maydonga otilib chiqqanlar. So'ngra birin-ketin Marg'ilon, Qo'qon, Andijon, O'sh, Namangan navkarlari jangga kirishganlar. Harbiy sardorlar orasida eshoni Kalonxo'ja sudur, Muminxo'ja sudur, Mirbobo ponsodboshi, Avaz Muhammadbiy va boshqa jasur kishilar bor edi. Jang maydonida din peshvolari, olimu fozillar va boshqa nufuzli kishilar Vatan oddidagi o'z burchlarini ado etib, kishilarni ruhlantirib turganlar. Bu xususda va, umuman, jang haqida Muhammad Solih Toshkandiy shunday bzadi: «O'ruslarni pastqam yerda chashma yonida mujohidlar to'rt tarafdan qamal qildilar. Bir kecha-kunduz to'plardan va miltiqlardan otishma bo'ddi. Shundan keyin ulamolar va fozillar navkarlar, jangchilar va yigitlar orasida yurib, payg'ambar hadislaridan gapirishib jihod va g'azotga chaqirdilar, zafar va muvaffaqiyatlar tiladilar.
Lashkarboshi Mulla Olimqul mujohidlarning har birining ko'nglini ko'tarib, hammani otdan tushib hujumga o'tishga farmon berdi. Shu ravishda karnaylar sadosi ostida to'rt tomondan o'ruslarga qarshi hujum qilindi. O'sha onda hozir bo'lgan kishilarning so'zlariga qo'ra, mujohidlar 2-3 ming qadamgacha olg'a chopdilar, ammo ikki tomon o'rtasida bir yarim ming qadam joy qolganda o'ruslar zambarak va miltiqlardan shunday qattiq o'q yetdirdilarki, birdaniga 12 ming kishi jang maydonida o'ldirildi va jarohatlantiriddi». Shundan keyin rus qushini boshlig'i Meyer urushni to'xtatishni va o'liklarni hamda yaradrrlarni maydondan olishni taklif etdi. Bundan maqsad Meyerning o'zi boshliqlariga bergan raportiga ko'ra, kamaygan o'q-dorilarni tejashdan va vaqtni yutishdan iborat bo'lgan. Uning taklifi mag'zini chaqmagan Olimqul darhol rozi bo'lib, maydondan o'liklar hamda yaradorlar olingan. Shu fursatdan foydalanib kapitan Meyer askarlari bilan juftakni rostlab qolgan. Vaholanki, Olimqul jangni to'xtovsiz davom ettiraverganda dushmanni tamomila tor-mor etib, ancha qurol-aslahani qo'lga kiritgan bulur edi.
Kapitan Meyer orqaga chekinayetganda yo'lda podpolkovnik Lerx qo'shinini uchratib unga qo'shiladi.
Janglarda 10-12 ming kishilik vatan himoyachilaridan, bir ma'lumotga ko'ra, 2000, ikkinchisi bo'yicha 3000 kishi o'ldirilgan. Ammo Solih Toshkandiy aytganidek, o'lganlar sonini bir necha ming oshiq qilib ko'rsatgan. Har holda o'lganlarning soni ko'p bo'lgan. Ruslardan esa 13 kishi o'ldirilgan va 67 kishi jarohatlangan. Rus qo'shini jangda 210 yadro, 19 jangovar raketa va 25.319 dona miltiq o'qi ishlatdi. Xullas, Vatan himoyachilari dushman ustidan g'alabaga erishadilar. Ammo rus harbiy boshliqlari bu mag'lubiyatni ochiq-oydin yozmay, soddatlar Avliyoota va Turkistonga qaytdilar, deb silliqqina ravishda ta'kidlaganlar, xolos. Avaz Muhammad Attor Xo'qandiy Chimkent ostonasidagi jangni va g'alabani shunday tasvirlaydi: Vatan himoyachilari «bor kuch-qudratlari bilan dinimiz dushmanlariga qarshi urushaylik va zarba beraylik, shoyadki, kofirlarga kimligimizni ko'rsatsak, degan qarorga kelishdi... Mulla Olimqul eshikog'asi qo'liga zafar jilovini olib, iqbol ostonasiga qadam quydi, sharafi esa osmon avjiga yetib, fathu zafar uchun askarlarga ishorat qildi... Ikki tomondan ham harb nog'orasi va urush nayi chalindi. Musulmonlar tantanasi fazoda aks-sado berardi. Dovul sadosi, yeshu qari faryodi arshdagi malak qulog'ini ham kar qildi. G'azabnok suvoriylar va shiddatkor yigitlar dushman tomon hamla qildilar. Omonlik tovusi oromini yo'qotib zog'ga o'xshab bir chekkada turardi. Ajal lochini urush maydonida parvoz qilib, ruh qushini sayd etardi. Qatl olovi shunday yonib ketdiki, osmon toqiga yetardi, urush shu'lasining ta'siri shunday ediki, uning nuri falakni yoritardi. Dilovar askarlar uz jonlaridan kechib, shirin hayotni unutib bahordagi chaqmoq qamishzorga urgandek, kurashga tashlandilar. Xususan, ahli islom kofirlarni qattiq jazoladilar, ularni jilo tig'i bilan urib, shijoat o'qini otib, boshlarini tanidan judo qilib tashladilar. Ko'p kushoyishlardan so'ng zafar nasimi Olloh inoyati ila musulmonlar tomoniga esdi, kofirlar boshiga badbaxtlik tuprog'ini hovuchlab sepdi va ularni sharmanda qildi. O'ruslar tez orada omonlik surab musulmonlar oldida tiz cho'kib bosh qo'ydilar».
Manbalarda ko'rsatilishicha, vatan himoyachilari ajoyib g'alabani qo'lga kiritgandan so'ng dushman tomonidan Olimqul huzuriga Severtsev degan kishi elchi sifatida kelgan. Afsuski, bu elchining faoliyati rus manbalarida o'z aksini topmagan. General Chernyaevning so'zicha, avval guyo Olimqul elchi yuborgan, bunga javoban esa Severtsev junatilgan. Meningcha, g'olib tomon har qanday sharoitda dushman huzuriga elchi yuborib sulh tuzishni so'rab boshini egmaydi. Buni Olimqulning Severtsevdan Avliyoota va Turkistonning Qo'qon xonligiga qaytarilishi haqidagi talabi ham tasdiqlaydi. Rus elchisi haqida birmuncha to'laroq ma'lumot Avaz Muhammad Attor Xo'qandiy asarida mavjud. «Ko'p o'rus kofirlar, — deyiladi unda, — boshyalang, kulohlarini qo'lga olib, qo'rqib uzr so'rash uchun Mulla Olimqul sardor huzuriga keldilar. Sovg'a-salomlarini tortiq etib, dushmanlik va adovat ruhidagi kalimalarni unutib, ular o'z maqsadlarini bayen qilishdi. Musulmonlar sulh vasiqasiga imzo qo'yub, o'ruslardan ikki lak miqdorida Rossiya tillosida pul talab qilishdi, bu esa Xo'qandi latifning 225 ming bir misqolli ashrafiysiga teng edi. Ular Turkiston viloyatini ham qaytarib berishga rozi bo'lishdi. (Uruslar) ruxsat olib o'z qo'shinlariga qaytib ketishdi».
Rus elchisining kelganlgini Muhammad Solih Toshkandiy ham o'z asarida ko'rsatib utgan. Chunonchi, «o'ruslar tomonidan, — deydi u, — bir elchi hay'ati kelib ahdu paymonlar qilib, Sulton Sa'idxon oddida o'z shartlarini izhor qilish maqsadida amiri lashkar Mulla Olimqulga sovg'a sifatida to'n keltirdilar va javobga muntazir bo'lib turdilar».
Olimqul toshkentlik Yunusxon shig'ovulga sardorlar, qabila boshliqlari va boshqa nufuzli kishilarni to'plashni buyurgan. Shundan keyin rus elchisi bilan tinchlik sulhini tuzish masalasi bo'yicha muhokama o'tkazilib, bir guruh "kishilar sulh tuzishni yoqlab, boshqalar, xususan, toshkentliklar uni ko'zbo'yamachilik va aldash uchun qilinayottanligini aytib, ro's askarlarining orqaga darhol qaytishini talab etishni so'radilar. Bu fikr quvvatlandi va elchilar Turkistonga qaytdilar.
Umuman aytganda, rus elchisi Severtsevning faoliyatiga doir qo'limizdagi ma'lumotlar yetarli bo'lmay, bir-biriga zid fikrlar mavjud. Bu masala kelajakda qo'shimcha ma'lumotlar asosida o'rganilishi lozim. Shunga qaramay, aytish mumkinki, rus harbiy sarkardalari mag'lubiyatga uchrab tang ahvolga tushganliklari uchun elchi yuborib, g'oliblar nima talab qo'ysalar shuni qabul qilganlar va fursatdan foydalanib tamomila tor-mor etilishdan saqlanib qolganlar. Ayniqsa, rus askarlarida o'q-dori juda oz qolishi katta xavf tug'dirgan edi.
Chimkent ostonasidagi g'alaba tezda xonlikning ko'p joylariga ma'lum bo'lib, u tom ma'nodagi bayramga aylandi. Bu xususda Avaz Muhammad Attor Xo'qandiy shunday yezadi: «Mulla Olimqul sardor bu faraxbaxsh xabarlarni (g'alabalarni) viloyat va muzofotlarga tarqatib chiqdi. Sag'iru kabir va g'aniyu sharif hamma joyda bir hafta xursandchilik qilib, bir-birlariga suyunchi berardilar».
Ammo g'alaba bayrami uzoqqa cho'zilmadi. Chernyaev, Meyer va Lerx boshchiligidagi qo'shinlar birlashib, 1864 yilni 22 iyulida Oqbuloqqa o'rnashdilar. So'ngra ular Chimkent shahri tomon yurish boshlaydilar. Ularni 15-18 ming atrofidagi vatan himoyachilari qurshab oladi. Bu voqea Chimkent qal'asining tashqari tomonidagi Jinon qabristonida sodir bo'lgan. Ammo bu yerdagi janglar rus harbiylari axborotida go'e hech narsa bo'lmagandek tarzda yozilgan. Shubhasiz, mag'lubiyatni yashirish maqsadida shunday qilingan, albatta. Aslida vatan himoyachilari bu galgi urushda ham jasorat va mardlik namunalarini ko'rsatib, ajoyib g'alabaga erishdilar. Bu jangning tafsiloti Muhammad Solih Toshkandiy asarida ham o'z o'rnini topgan: «Mingboy Bahodir birinchi fotihani olib qipchoq qabilasi yigitlari bilan o'ruslar yo'lini to'sib, urushga hozirlandi. Ikkinchi tarafdan toshkentlik jangchilar urush maydonida paydo bo'ddilar. Shu holda Mirza Ahmadbek qushbegi boshchiligidagi Xo'jand navkarlari urushga kirishdilar. Xo'qandlik, marg'ilonlik, andijonlik va namanganlik sarbozlar amiri lashkar Mulla Olimqul qo'mondonligida Jinon qabristonining bir tomonida jang qildilar. Bu yerda qilich va nayzabozlik bilan yoqama-yoqa ushlashib shunday qirg'in bo'ldiki, o'liklardan tepalar hosil bo'ldi. Jangda Mingboy Qipchoq ot ustida qilich bilan u yoqdan bu yoqqa chopib dushmanlar kallasini tanasidan judo qildi. Ammo uning o'zi ham dushman uqidan halok bo'ldi. Xullas, kun botguncha to'xtovsiz urush bo'lib, o'ruslar oxiri chiday olmay orqaga qaytib Avliyootaga chekindilar».
Vatan himoyachilari bu ikkinchi dahshatli urushda ham qahramonona ravishda kurashib tahsinlarga sazovor bo'lganlar. Hatto ular chekinayetgan dushman orqasidan quvlab borganlar. Bu haqda Avaz Muhammad Attor Xuqandiyning ma'lumoti diqqatga sazovordir: «Safar oyining chorshanba, yigirma ikkinchi kunida (28 iyulda) bir necha ming kofir o'z «go'rxona»laridan to'satdan chiqib, islom lashkarini pisand qilmasdan, ularga to'pu to'fangdan o'q otib, Chimkent qal'asi tomon yo'lga tushdilar. Kamozi taligacha yetib kelib, shu yerdan shahar qal'asini to'pga tutib, shunday urush qiddilarki, (ko'rgan) odamning jur'ati vahimaga tushib, hayratdan gung va lol bo'ldi. Mulla Olimqul sardor janoblari har bir pahlavon guruhini har joyga tayinlab, Mingboy qushbegini o'zini orqasiga joylashtirdi. Mulla Olimqul eshikog'asining o'zi bir necha dushman bilan urushardi...
Alqissa, ikki tomon ham shu xatarli hamda xavfli joyda matonat va sabot ila bir-birlari bilan qattiq olishdi. Farg'ona qo'shini ertadan kechgacha muhoraba qildi...
Oxirda zafar shamoli Farg'ona tomon esdi va kofirlar tor-mor bo'lib, qochishga ixtiyer qildilar». Mazkur satrlar muallifi urush maydonida Mingboy qushbegining o'qdan o'lganligini va vatan himoyachilarining «sheru yo'lbarsdek hamla qilib» rus soldatlarining orqasidan ta'qib etganliklarini va ular bilan jangga kirganliklarini ham bayen etgan.
Rus harbiy boshliqlarining tan olishicha, to'p va miltiqlardan mo'ljalga urishda vatan himoyachilari ancha yuqori darajaga ko'tarilgan hamda Qo'qon qo'shinida bir xil chiroyli harbiy kiyimdagi 500 kishilik gvardiya qismi tashkil topgan. Bu gvardiyachilar o'zlarining jangovar mahorati va kiyimi bilan rus soldatlarida yaxshi taassurot qoldirgan. Hatto general Chernyaev Qo'qon artilleriyasining tobora takomillashib borayotganidan bezovtalanib, agar tez orada xonlik tor-mor etilmasa, keyin unga bas kelishning iloji bo'lmasligini hukumat vakillariga ma'lum qilgan. Garchand Qo'qon xonligida harbiy sohada siljish ko'zga tashlanib, g'alabaga erishilgan bo'lsa-da, lekin yo'l qo'yilgan katta xatolar yomon oqibatlarga olib keldi. Avvalo Olimqul haddan tashqari qo'pollik va zo'ravonlik bilan ish yuritib bir bahona bilan tajribali sarkardalarni o'ldirgan. Masalan, u Niyozali ponsod-boshini Avliyootani ruslardan saqlab qololmaganligi uchun to'pning og'ziga boylab ottirgan. Vaholanki,. Avliyoota urushi vaqtida unga hech qanday yerdam ko'rsatilmagan edi. Shuningdek, turli ayblar qo'yilib, Sulton Mahmudto'ra, Ulug'jonto'ra, Normuhammad qushbegi, Muhammad Nazarbek parvonachi va boshqalar o'limga mahkum qilingan.
Olimqulning, ayniqsa, qozoqlarga nisbatan yurgizgan siyosati vaziyatni yanada keskinlashtirgandi. U eng obro'li qozoq biylaridan hisoblangan Boyzoqbiyga ko'pchilik huzurida «Boyzoq, sen avvaldan islom askariga zakot berar eding, nega endi bizga bermay, Rusiyaga berding?» deganda, Boyzoqbiy amiri lashkarga: «Taqsir, men bir yuz yigirma biyning otasiman, bularga yaylov kerak, deb, «Rusiyadan 25 chaqirim yerni ijaraga olganman, uning ijarasini beraman, sizga esa zakot beraman», deganda, amiri lashkar: «Sen ikki marta ahd qilding, yana buzding» deb, «Shuni zambarakka solib otqil», deya to'pchiga farmon beribdi. Shunda Boyzoq chol qari kishi bo'lib yoshi yuzdan o'tgan ekan, deb-di: «Hoy, amiri lashkar, meni bunday qilma, ko'zimni ko'r qilib, Ho'qandga jubor, men Rusiyaga daf bo'laman, meni xabarim bolalarim va biylarimga yetsa, senga yov bo'lurlar, Rusiyani senga boshlab kelurlar, har qalay, meni o'ldirma» desa, amiri lashkar quloq solmay, «Kafil xat berayin» desa ham qabul qilmay, oxiri ko'p poroxni zambarakka solib, kichkina odam ekan, yoniga ikki bog' quruq beda tiqib ottiribdi. Uni tanasi osmonda parchalanib «na ulugi va na suyagi ham ko'rin-mabdi».
Bu dahshatli fojea butun qozoq elining Qo'qon xonligiga nisbatan qahr-g'azabini uyg'otib, Boyzoq-biyning ikki o'g'li otasi qasdini olishga ahd qilib hamda to'da-to'da bo'lib ruslarning harbiy yurishlariga qo'llaridan kelgancha madad va yordam berganlar. Shuning uchun ham Mulla Olim Mahdumhoji bu qilmishni qoralab: «Mulla Olimqul bir necha kun Chimkentda turib, qozoqiyaning eng ulug' va e'tiborli odamlaridin Boyzoq dodxohni to'pga boylab, otib o'ldurib, bir necha sartiya va elatiya sarkardalarini otib o'ldirib, o'ziga yemon nom olib, dushman ustiga dushmanni ko'paytirdi», deb yezgandi.
Vaziyat nozik va xatarli bo'lib turgan bir paytda ichki va tashqi tarafda dushmanning ko'paytirilishi, me'eridan ortiq zo'ravonlik Rus davlatiga juda qo'l kelgandi. Shuningdek, Sulton Sa'idxon va Olimqulning eng katta xatosi shundan iborat bo'ldiki, ular barcha harbiy kuchlarni Chimkentga jalb qilish va shu yerda bosh-qosh bo'lib turish o'rniga Toshkentga va bu yerdan Qo'qonga ketib qolishdi. Garchand ular qo'shinning muayyan qismi hamda 40 to'pni qoldirib, Chimkent qal'asini mustahkamlashni hokim Mirza Ahmad qushbegiga topshirgan bo'lsalar-da, lekin ish nihoyasiga yetmasdanoq rus askarlari kelayetganligi haqida xabar olinadi. Bu vaqtga kelib rus hukumati Turkiston, Avliyeota, Marki va To'qmoqni o'z ichiga olgan Qo'qon chizig'ini tashkil qilib, unga general Chernyaev qo'mondon etib tayinlangan edi. Bu liniya G'arbiy Sibir general-gubernatorligiga bo'ysundirildi.
O'ta shuhratparastlik va manmanlikka berilgan general Chernyaev o'zbek xonliklarini shiddat bilan egallash tarafdori bo'lgan. U ko'p hollarda, boshliqlari bilan kelishmasdan ham o'zboshimchalik bilan harbiy yurishlar uyushtirgan. Masalan, u Chimkentni darhol bosib olish lozim, deb boshliqlari ruxsatisiz harbiy yurishni boshlab yuboradi. U 10 piyoda rota, 200 nafar kazak, 12 to'p, 5 mortira, 1000 kishilik qozoq militsionerlari qismlari bilan Turkistondan chiqib, 1864 yil 18 sentyabrda Chimkentga yaqinlashadi. Bu harbiy qismda podpolkovnik Lerx boshchiligidagi askarlar va harbiy texnika ham bor edi. 1864 yil 19 sentyabrda rus askarlari Chimkent atrofida joylashib, tayyorgarlik ishlarini olib bordi. 20 sentyabr ertalabdan boshlab dushman shahar qal'asini o'qqa tutishi bilan jang boshlanib ketadi. Butun 21 sentyabr kuni davomida ikki tomon o'rtasida urush davom etgan. 22 sentyabr ertalab dushman kuchlari shaharga bostirib kiradilar va qal'ani egallaydilar.
Muhammad Solih Toshkandiyning yozishicha, Chimkentdagi vatan himoyachilari va rus askarlari o'rtasidagi olishuv ayovsiz kechgan. Ammo Mirza Ahmad qushbegining bir guruh kishilar bilan Toshkentga qochib ketishi mudofaaning susayishiga olib kelgan. Ruslar shahar ichiga bostirib kirgandan keyin qo'lga tushgan odamlarni o'ldiraverganlari orqasida «murdalar to'p-to'p bo'lib» yetgan. Bunga shahar aholining dushmanga qarshi qattiq jang qilganligi ham sabab bo'lgan. «Ikki tomon ham sa'y-harakat ila kamoli qahramonlik ko'rsatib, sabtu qaror qadamini bosib, bir-birlari bilan jang qildilar... Piyoda islom lashkarlari imkon qadar kofirlarga qarshi kurashib, murodsizlikdan tushkunlikka tushtan holda nobakorlar o'qidan halok bo'laverdilar...»
Rus askarlari qari-yoshga qaramay xonadonlarga bostirib kirib, shafqatsizlarcha kishilar kallasini tanasidan judo qilganlar. Shu ravishda shahar qonga belangan va boyliklar talangan. Bu to'g'rida rus muallifi shunday yozgandi: «Chimkent general Chernyaevning hujumi orqasida Rus davlati qo'liga o'tdi. Qirg'in-barot nihoyatda shafqatsizlarcha olib borilib, soldatlar bozorni taladilar hamda xonadonlarga kirib kishilarni bo'g'dilar. Shuningdek, ko'p ayollar va bolalar qattiq azob cheqdilar. Jamoa ahli o'sha vaqtdagi qirg'in-barotlar yilligini katta motam va dod-fared bilan nishonlaydilar. Buning uchun ular kofirlaryam ja-zolashga, ya'ni o'ch olishga tayerdirlar. Lekiya bunga imkonlari yo'q. Chunki ulardan qurol-aslahalar tortib olingan».
Bosqinchilardan hujum vaqtida 2 kishi halok bo'lib, 36 kishi jarohatlangan. Ular ko'plab qurol-aslaha va turli-tuman boyliklarni o'ljaga oddilar. Chimkent ham qonli janglar va qurbonlar evaziga Rus davlati tomonidan bosib olindi. Rus harbiy ma'muriyati Sidiq Nazar dodxohni Chimkent shahri mingboshisi qilib tayinlaydi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, Rus davlati tajovuziga qarshi kurashlarda ayrim qozoq botirlari o'zbeklarga brdam qo'lini cho'zganliklari ma'lum. Masalan, mashhur qozoq vatanparvari Kenesari Qosimovning o'g'li Sodiq 120 kishilik yigitlari bilan yordamga kelib, Turkistonda rus askarlariga qarshi jang qilgan. U dastavval Rus davlati tobeligida bo'lib, qarindosh-urug'lari bilan Oqmasjidda yashagan. So'ngra Rus davlatining hukmronligidan va tajovuzlaridan norozi bo'lib, Qo'qon xonligi tarafiga o'tdi.
Sodiq Kenesari o'g'li Chimkent atroflarida general Chernyaev boshchiligidagi tajovuzga qarshi o'zbeklar bilan qo'lni-qo'lga berib jang qilib, bu yerda qo'lga kiritilgan g'alabaga salmoqli hissa qo'shgan. U jangda halok bo'lgan mohir lashkarboshi va Olimqulning o'ng qo'li Mingboy o'rniga tayinlangan edi. Dushman Chimkent qal'asini qurshab, hujum qilgan vaqtda Sodiq Qo'qon otliqlariga boshchilik qilgan. U keyingi ozodlik kurashlarida ham o'zbeklar bilan birgalikda faol qatnashdi. Bu to'g'rida so'z o'z o'rnida aytiladi.
Turkiston va Chimkentning bosib olinishi rus harbiy sarkardalari va soldatlarining bosqinchilik ishtahasini yanada ochib yuborgandi. Endilikda mintaqaning eng katta va boy shaharlaridan bulmish Toshkentni bosib olishga keng yo'l ochilgandi.
Lotin alifbosida maqola: Turkiston va Chimkentning bo'ysundirilishi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)