Otajon Abdalov

Abdalov Otajon (1856-1939) - Xorazmda yashagan ilk oʻzbek matbaachisi va noshiri.

Matbaachilik faoliyatini 1874-yildan Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ishlashdan boshlagan. A.0.1876-yilda Abdunosir Farohiyning "Nisabussibyon" asarini toshbosmada bosib xonga taqdim etdi. Bu kitob Xivadagina emas, balki butun Oʻrta Osiyo miqyosida birinchi bosma kitob hisoblanadi.

A.O. bosib chiqarish uchun loyiq asarlarni oʻzi tanlab, ularni Muhammad Rahimxonga chop etishga ruxsat berish uchun tavsiya qilgan. Qoʻlyozmalarni nashrga tayyor-lashda oʻziga zamondosh boʻlgan taniqii hattot va shoirlarning koʻmagidan foydalangan. 1876—1910-yillarda A. O. Xiva matbaasida 10 dan ortiq kitobni nashrdan chiqardi. Bular orasida Navoiyning "Hamsa" (asarning "Hayrat-ul Abror" qismi; 1880), "Xazoyin-ul Maoniy", 1881, "Chor devon" (1882), Ogahiyning "Tavizul oshiqin" (1882) nomli asarlari, Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning gʻazallari (1897) va "Majmuat ush-shuaro" (1900) toʻplamlari bor. A. O. Xorazm xalq hukumatining bir qancha xitob-nomalari, tarixiy hujjatlarini, Xiva shahrida oʻzbek, rus, turkman, qoraqalpoq tillarida gazetalar chiqarishga boshchilik qilgan.


Lotin alifbosida maqola: Otajon Abdalov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
ABDALOV OTAJON
Otajon Abdalov (1856-1939)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты