Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi

Oktyabr to'ntarishi chorizmning mustamlaka Turkiston iqtisodiyoti va xalq ommasini imperiyacha ekspluatatsiya qilishdan iborat talonchilik amaliyotiga va'da qilingan o'zgarishlarni kiritmadi. Aksincha, mustabid hokimiyat idora usuli bilan qo'shilib ketgan «bozordan tashqari sotsializm» degan o'ta yaroqsiz markscha andoza «Sovet O'zbekistoni» sharoitida o'zining eng so'nggi nuqtasiga yetib, milliy iqtisodiyotni izdan chiqardi. Hozirgi kun nuqtai nazaridan qaraganda, sobiq sovet davlatida amal qilgan «ittifoq mehnat taqsimoti» avval boshdan ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish sohasida chorizmning mustamlakachilik andozasi asos solgan buyuk davlatchilik mantig'iga tayanganligini yaqqol ko'rsatadi. Bu andoza O'zbekiston xalq xo'jaligi majmuining haddan tashqari ixtisoslashuvini, uning iqtisodiy rivojlanishining bir tomonlama xususiyagini belgilab berdiki, u o'lkaning tabiiy boyliklarini talash va mehnat resurslaridan vahshiyona foydalanish, respublikani tayyor mahsulotni sotish bo'yicha keng ko'lamli bozor sifatida saqlab turish sohasida markazning imkoniyatlarini oshirishga butunlay bo'ysundirilgan edi. Shu munosabat bilan respublikamiz Prezidenti Islom Karimov ilmiy jihatdan aniq ta'kidlab o'tganidek, «respublikada ko'p o'n yilliklar mobaynida amalga oshirib kelingan qarorlar. «kampaniya»larning rejalari uzoq markazda tuzilardi. O'zbekistonninghaqiqiy manfaatlari... inkor qilinardi. Natijada xalq xo'jaligining yaroqsiz, bir tomonlama xom ashyo tuzilmasi tarkib topgan bo'lib, u respublikamizga ayrim xom ashyo turlarini, yoqilg'i, asbob-uskunalar va texnologiyalarni emas, shu bilan birga, hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste'mol mollarini ham tashib keltirishni taqozo qilardi»

Turkistonning yer-suv, mehnat resurslari, moddiy boyliklaridan foydalanishning mustamlakachilik shakllari, usullari va asosiy yo'nalishlaridan iborat podsho tizimini o'zgartirishning sovet varianti oktyabrdan keyingi dastlabki kunlardan amalga oshirila boshlandi. U «qizil markaz» tanlagan «yorqin kelajakka» hujumkorlik bilan o'tish yo'lida o'z ifodasini topdi va «harbiy kommunizm» rejimi mafkura-si hamda amaliyotida yaqqol namoyon bo'ldi.

O'lka xalqlari bilan kommunistik metropoliya o'rtasida iqtisodiy sohadagi mustamlakaviy — imperiyacha munosabatlarning yangi shakli tayanch asoslarini yaratishning belgilovchi omili xususiy mulkni mustabidchasiga davlat mulkiga aylantirish siyosati, ishlab chiqarish vositalarini keng miqyosda jadallik bilan umumiylashtirish bo'ldi. «Ijtimoiy adolat»ni ta'minlash niqobi ostida amalga oshirilgan mazkur harakatlar haqiqatda hukmron markaz tomonidan qattiq nazorat o'rnatishning moddiy muhitini va xalq xo'jaligini boshqarishning mustamlakachilik tizimini shakllantirishga yordam berdi.

Oktyabrdan keyingi dastlabki yillarda ko'zga tashlangan boshqa sabablarni ham aytib o'tish muhimdir. Uning yorqin ifodasi lenincha kommunistik rahbariyatning sovet hokimiyatini zo'rlik bilan singdirishda mamlakat iqtisodiy salohiyatidan zo'r berib foydalanishga intilishidan iborat bo'ldi. Xalqning yot sotsialistik davlatchilikni kuch bilan joriy etishga qarshilik ko'rsatishi ortib borishi tufayli bu sabab ayniqsa kuchaydi.

Ma'lumki, oktyabr to'ntarishidan keyin darhol saylashgan Rossiya imperiyasining butun hududida fuqarolarning qarshilik ko'rsatishi va milliy-ozodlik kurashining qudratli to'lqini avj oldi. Turkistonda ham isyonchilik harakati keng yoyildi. Kommunist mafkurachilar xalqning ijtimoiy noroziligini «xalqaro imperializm» bilan ichki kontrrevolyutsiyaning birga qo'shilishi, deb niqoblangan holda tushuntirdilar, ular go'yo sovet davlatiga «eng keskin sinfiy kurash shakli — fuqarolar urushi»ni tiqishtirgan emish. Haqiqatda esa markscha ta'limot strategiyasining o'zi «proletariat diktaturasi»ni qaror toptirish va «sotsialistiq inqilob»ni amalga oshirishning muhim vositasi sifatida «Fuqarolar urushi»ni keng miqyosda avj oldirish zarurligiga tayanardi.

Fuqarolarning keskin qarshi kurashini keltirib chiqargan Moskvadagi rahbariyat mamlakatning butun xo'jalik va siyosiy hayotini harbiy yo'sinda qayta qurishni talab qildi. Markaziy sovet hukumati boshlig'i V. I. Lenin o'sha vaqtda ko'p marta «hamonki ahvol urushgacha borib yetgan ekan... mamlakatning butun ichki hayoti urushga bo'ysundirilishi lozim... bu sohada zarracha ham ikki zavodi, o'nlab paxta firmalari, 40 ga yaqin mayda korxona kommunistik davlat ixtiyoriga o'tdi.

Paxtachilik sanoatini umumlashtirish sohasidagi «muvaffaqiyatlar» F. I. Kolesovning 1919 yil 5 mayda V. I. Leninga: «Paxtachilik sanoati butun Rossiya uchun muhim ahamiyatga egadir — uni yanada rivojlantirish yo'llari ta'minlandi... hozirgi vaqtda biz Sizning ixtiyoringizga 1 mlrd. 700 million so'mlik paxta yuborish imkoniyatiga egamiz»2, deb xursandchilik bilan ma'lum qilishiga imkon berdi.

Turkiston Xalq komissarlari kengashi 1918 yilning bahori mobaynida paxta majmuidan keyin Turkiston o'lkasida mavjud bo'lgan neft, ko'mir, poligrafiya sanoati korxonalarini davlat mulki deb e'lon qildi. Banklar, temir yo'llar, savdo majmui ham zo'rlik bilan umumiylashtirildi.

«Sarmoyaga qarshi qizil gvardiyacha hujum» usullarining tatbiq etilishi natijasida 1918 yilning yoz faslidayoq yalpi mahsulotning 80%dan ko'prog'i davlat mulkiga aylantirilgan korxonalar ulushiga to'g'ri keldi3. Birinchi navbatda xom ashyo yetkazib berish va harbiy mahsulot ishlab chiqarishda strategik ahamiyatga ega bo'lgan tayanch iqtisodiy tuzilmalar va sanoat korxonalari sovet hokimiyati nazorati ostiga olindi.

Mustabid tuzumning ma'muriyatga bo'ysunuvchi iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan xususiy mulkni keng ko'lamda davlat mulkiga aylantirish to'g'ridan-to'g'ri Markazning oliy siyosiy arboblariga borib. taqaladigan xalq xo'jaligini boshqarishning markazlashgan tizimiga asos solish bilan qo'shib olib borildi. Masalan, 1917 yil 2 dekabrda RSFSR Xalq komissarlari kengashi huzurida Oliy Xalq xo'jaligi Kengashi (OXXK) tashkil topdi, u joylardagi, shu jumladan, Turkistondagi xo'jalik faoliyatini nazorat qilishi lozim edi. Keyinchalik markaziy hukumatning mustamlakachilik siyosatini shafqatsizlik bilan amalga oshiradigan Davlat reja qo'mitasi, boshqa tyogishli xalq komissarliklari va mahkamalari tashkil etildi.

Boshlang'ich bosqichda o'lkaning xo'jalik jihatidan markazlashuvini amalga oshiradigan hokimiyat organlari bilan bir qatorda, OXXKga bo'ysunadigan Turkiston respublikasi Markaziy xalq xo'jaligi kengashi faoliyat ko'rsatdi. Bu kengash 1918 yil 18 dekabrda ta'sis etildi. Shundan keyin mintaqaviy darajada Xalq xo'jalik kengashlari tashkil etildi. 1919 yil oxirlariga borib xalq xo'jalik kengashlari TASSR-ning 37 ta shahri va barcha viloyatlarida faoliyat ko'rsata boshladi.

Xalq xo'jalik kengashlari markazning so'zsiz amal qilinadigan ko'rsatmalariga muvofiq sanoat korxonalarini harbiy yo'nalishga o'tkazish bilan shug'ullandilar. Ular harbiy mahsulot, xom ashyo, yoqilg'i, materiallar tayyorlashga buyurtmalar qabul qilib, ularni korxonalarga taqsimlar, bajarilishini nazorat qilar, tayyor mahsulotni isyonchilarga qarshi kurash jabhasiga jo'natar edilar.

Ulqaning butun xalq xo'jaligiga rahbarlik qilish Markaziy xalq xo'jalik kengashida uning o'ziga yuklangan vakolatlar doirasida amalga oshirilardi. Kengash oziq-ovqat, mehnat, yer ishlari, temir yo'l, pochta va telegraf, moliya komissarliklari, shuningdek, deputatlar kengashlari va joylardagi xalq xo'jalik kengashlari faoliyatini birlashtirar va yo'naltirib turardi.

Sanoatning sovet davlati qo'lida markazlashuvini uning faoliyatini aniq maqsad bilan birinchi navbatda kommunistik davlat tuzumining asosiy kuchi bo'lgan «qizil armiya» ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirish imkonini berardi. Masalan, faqat Toshkent shahrining o'zida 228 ta korxona «mudofaa» maqsadlariga ishlar edi. Respublikaning sanoat majmuini yoppasiga harbiylashtirish natijasida 1919 yilga kelib hukumat qo'shinlarini uzluksiz resurslar bilan ta'minlashga muvaffaq bo'lindi. Bu davrda Turkiston sanoati qizil armiya bo'limlarini kiyim-bosh va qurol-aslaha bilan deyarli to'liq ta'minlay boshladi. Ilgari markaziy Rossiyadan keltiriladigan harbiy mahsulotlarning ayrim turlarini shu yerda keng ko'lam da ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

Biroq kommunistik davlatning bu «yutug'i» xalqni ikki hissa talashga sabab bo'ldi. Chunki o'lkaning iqtisodiy resurslaridan milliy jamiyatning ilg'or kuch-lariga qarshi g'ayrihuquqiy kurash olib borishda keng miqyosda foydalanish bilan bir qatorda, xalq xo'jaligining harbiy sohaga yo'naltirilishi keng iste'mol mollarining shiddat bilan kamayib ketishiga sabab bo'ldi. Respublika aholisini eng zarur sanoat mollari bilan ta'minlash imkoniyatlari haddan tashqari kamaydi.

Turkiston MIQ markazning qo'llab-quvvatlashiga umid qilib, 1918 yil dekabrning boshlarida Moskvaga tashvishli telegramma yubordi: «Turkiston keyingi 6 oy mobaynida qamal qilingan qal'a holatiga tushib qoldi. Tashib keltiriladigan barcha tovarlar to'liq ravishda tugab-bitdi». Biroq Kremldagi yo'lboshchilarni xalqning zarur ehtiyojlarini qondirish deyarli qiziqtirmasdi. Rossiyadan iste'mol buyumlarini tashib keltirish hajmi tobora qisqarib bordi va 1920 yilning kuzida 1914 yilga nisbatan bor-yo'g'i 1,8%ni tashkil etdi.

Davlat ixtiyoriga o'tkazilgan sanoat ishlab chiqarishi butunlay «front»ni ta'minlashga yo'naltirilgan bir sharoitda birdan-bir «najot» umumiylashtirilmagan kosibchilik-hunarmandchilik ustaxonalari bo'ldi. Haqiqatan ham joylarda tovar qashshoqpigidan bir qadar qutulish yo'llarini qidirib, ayrim yarim hunar-mandchilik va kosibchilik ustaxonalari ochila boshladi, ular poyafzal, kiyim-kechak, uy-ro'zg'or buyumlari ishlab chiqarardi. Biroq tez orada bu buyumlar ham birinchi galda qizil armiya qismlarini ta'minlashga topshiriladigan bo'ldi. Masalan, 1918 yil 1 noyabrda «Golos Samarkanda» gazetasi kosiblar va hunarmandlarga rasman murojaat etib, hukumat barcha payta va etikdo'zlik ustaxonalariga «armiya uchun kiyim-kechak tayyorlashni topshiradi», deb ma'lum qildi.

Turkistonlik 150 ming kishidan iborat kosiblar va hunarmandlar guruhini yangi hokimiyat mavqeini mustahkamlashdan iborat strategik vazifani hal qilishga jalb etish maqsadida Markaz ularni jadal ravishda kooperatsiya atrofida uyushtirishni tavsiya etdi. Markazning imperiyacha irodasini ifodalab, Turkiston kompartiyasining III s'ezdi qisqa muddat ichida erkin kosiblar va hunarmandlarni kooperativlar ga birlashtirishni talab qildi, ularni «mamlakatni ta'minlashning umumiy rejasi»ga qo'shdi. Mazkur ko'rsatmaning amaliy ijrosi sifatvda 1918 yil iyul oyida Turkistonning sanoat Xalq komissarligi huzurida kosibchilik sanoati maxsus sho''basi tashkil etildi, u kosiblarni «qizil Rossiya»ning moddiy resurslarini qo'llab-quvvatlash umumiy rejasiga jalb qilish bilan shug'ullandi. Natijada barcha tarmoqlarning davlatga qaramligiga asoslangan siqiq bir maydonga haydab kiritilgan, xom ashyo va tayyor mahsulotni xususiy ravishda sotishdan mahrum etilgan kosiblar butunlay davlatga tobe bo'lib qoldilar. Ular xom ashyo va materiallarni ham davlatdan oladigan, o'z mahsulotlarini ham unga topshiradigan bo'ldilar. Bunday sharoitda hunarmandchilik ishlab chiqarishi aholining ehtiyojlarini qondirishga emas, balki milliy qarshilik ko'rsatish kuchlariga qarshi kurash olib borayotgan «front»ni resurslar bilan qo'llab-quvvatlashga butunlay bo'ysundirildi.

Hujjatli manbalarning guvohlik berishicha, Turkistondagi sovet qurolli kuchlarini ta'mynlash turli-tuman vositalar orqali amalga oshirila boshlandi. Masalan, «armiyani» uzluksiz ta'minlash maqsadida Markazdan kelgan buyruq asosida eng zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat va hunarmandchilik korxonalarining muayyan qismi 1919 yilning noyabrida bevosita Markaziy harbiy tayyorlov bo'limiga bo'ysundirildi, Turkistondagi qo'shinlar uchun buyumlar ishlab chiqarish yoppasiga uning ixtiyoriga o'tkazildi. Xususan Turkiston o'lkasi Markaziy harbiy tayyorlov bo'limiga taxminan 3,5 ming ishchiga ega bo'lgan 30 dan ortiq korxona bo'ysundirildi. Ularning mahsuloti faqat harbiy ehtiyojlarni qondirishga ishlatilar edi.

Ayni vaqtda, boshqa korxonalar ham «front» uchun xizmat qilardi. Misol uchun, o'sha vaqtda Samarqandda faoliyat ko'rsatgan 6 ta poyafzal ustaxonasining ikkitasi sovet qo'shinlarini ta'minlash viloyat hay'atiga, to'rttasi viloyat oziq-ovqat bo'limiga bo'ysundirilgan edi. Lekin ular ishlab chiqargan mahsulotning 80%i bosqinchi armiyaga mo'ljallangan bo'lib, bor-yo'g'i 20% «fuqarolar va turli tashkilotlar ehtiyojlari» uchun ajratilardi. Keng iste'mol mahsulotlarining boshqa turlarini ishlab chiqarish sohasida ham shunday ahvolni kuzatish mumkin edi.

Hokimiyat organlari markazlashgan me'yoriy taqsimot usulidan foydalanib, busiz ham taqchil bo'lgan sanoat mollari zaxiralaridan aholiga arzimas ulush ajratardilar. Masalan, 1919 yil iyulda respublika aholisiga o'sha vaqtda taqsimlangan butun mahsulotning 20%dan kamrog'i tegdi. Yuz minglab kishilar-ning yostig'ini quritgan ommaviy ochlik keskin tovar tanqisligiga qo'shilib ketdi.

Shunday qilib, markazlashgan boshqaruv tizimi bilan birga qo'shib olib borilgan xususiy mulkni yoppasiga davlat ixtiyoriga o'tkazish Turkiston xalqini o'z modtsiy farovonligini ta'minlash maqsadida milliy iqgisodiyot salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari-dan mahrum etibgina qolmay, u sovet hokimiyati tomonidan xalqni mustamlakachilik asosida ezish quro-liga aylandi. Turkiston Sovetlarining VII qurultoyi-da (1919 yil mart) nutq so'zlagan «xalq ichidan chiq-qan» delegat Nizomboyev o'rinli ta'kidlab o'tganidek, aholi dastlab oktyabr o'zgarishidan demokratik yangi-lanishlarni kutgan edi, keyin esa sovet va podsho idora usulini «ularga xos boshqarishning bir xil usullari» bo'yicha tobora tez-tez taqqoslay boshladi.

«Harbiy kommunizm» siyosatining muhim tarkibiy qismi mehnatning harbiylashtirilishi bo'ldi, u  o'sha yillardagi bolьsheviklarning boshqa harakatlari singari ishlab chiqarish va mehnat resurslarini sotsialistik davlatchilikni zo'rlik bilan singdirish va sovet hokimiyatining tutgan yo'lini mustahkamlash manfaatlari yo'lida safarbar qilishi lozim edi. Uning amaliy ifodasi mehnat jarayonini tashkil etishni yoppasiga davlat nazoratiga olish, jazolashga asoslangan ishlab chiqarish zo'ravonligini va umumiy mehnat majburiyatini qaror toptirishdan iborat bo'ldi. Boshqaruv va xo'jalik yuritish usullarini harbiylashtirishga qaratilgan yo'l 1918 yilning kuzidan e'tiboran, xususan TASSR sovetlarining VI qurultoyi (1918 yil oktyabrь) Turkiston respublikasini harbiy lager deb e'lon qilgandan keyin faollik bilan olib borildi. Bu yo'l aholining barcha qatlamlariga mislsiz zo'ravonlik to'lqini yog'ilishiga sabab bo'ldi.

O'lka harbiy izga o'tkazilgandan keyin ko'pgina ob'ektlar va butun-butun tarmoqlar harbiy holatda deb e'lon qilindi, «temir intizom» joriy etildi. Ozgina aybdor bo'lgan kishilar sudga berilishi, «harbiy tribunallar» tomonidan javobgarlikka tortili-shi, «sabotajchilar», «mehnat jabhasi qochoqlari», deb e'lon qilinishi va harbiy davr qonunlari bo'yicha qattiq jazolanishi mumkin edi.

Aholini haq to'lanmaydigan majburiy ishlarga zo'ravonlik bilan jalb qilish tajribasi keng quloch yozdi. Masalan, Turkiston respublikasi Xalq kodoissarlari kengashi qaroriga muvofiq 1918 yil sentyabrning birinchi yarmidanoq S. N. Shumilov boshchiligida yokdlg'i bo'yicha Direktoriya ta'sis etilgan edi. Unga keng vakolatlar yuklangan bo'lib, u aholining turli guruhlarini yoqilg'i tayyorlashga safarbar qilishi mumkin edi, bunda neft va ko'mir qazib chiqarishdan tortib saksovul va boshqa o'tinlar tayyorlashgacha bo'lgan ishlar bajarilardi. Natijada yilning oxiriga borib 70 mln. pud saksovul tayyorlashga muvaffaq bo'lindi.

Rasmiy darajada tasdiqlanishicha, «ekspluatatsiya diluvchi» va «mehnat bilan shug'ullanmaydigan» unsur lar majburiy tartibda jamoat ishlariga jalb qilin gan. Haqiqatda surishtirib o'tirmay, hammaga nisba tan bir xilda chord ko'rilgan. Lekin majburiy ishlar faqat aytib o'tilgan Direktoriya yo'li bilan emas, shu bilan birga, boshqa yo'llar bilan ham amalga oshiril-gan. Masalan, 1918 yil dekabrda Turkiston MIQ «bo'sh ish kuchi»ni temir yo'llardagi qor uyumlarini toza-lashga safarbar etish to'g'risida buyruq chiqardi». Qishloq aholisi ommaviy ravishda suv xo'jaligi ishlariga, ot-ulov majburiyatiga jalb qilindi.

Majburiy ravishda mehnat qilish mafkurasi markaziy hukumat tomonidan 1918 yil dekabrda amalga joriy etilgan «Mehnat to'g'risiDagi kodeks»da o'z ifodasini topdi. Mazkur kodeksga muvofiq 16 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan mehnat qilishga layoqali barcha fuqarolar mehnat majburiyatini bajarishlari shart edi. «Burjuaziya», shuningdek, kommunistik mezonlarga ko'ra «ijtimoiy foydali mehnat» bilan band bo'lmagan shaxslar ma'muriy tartibda ishga jalb qilinardi.

«Inqilob qilichi», ayniqsa, aholining sovet tuzumiga ijtimoiy jihatdan yot bo'lgan guruhiga, ya'ni avvalgi amaldorlar, xizmatchilar, «burjua ziyolilari», savdogarlarga shafqatsizlik bilan hujum qildi. «Mehnat bilan shug'ullanmaydigan unsurlar» istalgan vaqtda partiyasovet, harbiy va xo'jalik organlarining qarori bilan kutilmaganda shoshilinch ravishda chiqarilgan buyruq bilan qishloq ekinlarini yig'ib terib olishga, ta'mirlash ishlariga, temir yo'l vagonlariga yuk ortishtushirish ishlariga, yoqilg'i tayyorlash va shu kabi ishlarga jo'natilishi mumkin edi. Mehnat resurslarini safarbar qilishning bu vositasidan faollik bilan foydalanildi. Faqat 1919 yilning o'zida mehnat majburiyati to'g'risidagi qonun asosida Farg'ona viloyatida 12602 kishi, Samarqand viloyatida 7481 kishi safarbar qilingan. «Safarbar qilinganlar» jamoat ishlaridan bo'yin tortganlik yoki o'zboshimchalik bilan ketib qolganlik uchun hibsga olinar, hukm qilinar, jarima to'lashga, molmulkini musodara qilishga duchor etilar edi. Sanoat ishlab chiqarishidagi ishchilar va xizmatchilarning mehnatidan, ayniqsa, shafqatsizlik bilan foydalanilardi.

Shuni ham aytib o'tish kerakki, bolshevizmning bosh tashabbuskori V. I. Lenin oktyabr to'ntarishi arafasida va undan keyingi dastlabki vaqtlarda ijtimoiy mulkning joriy etilishi va «burjua ekspluatatsiyasi»ning tugatilishi bilan mehnat unumdorligi o'z-o'zidan misli ko'rilmagan ravishda yuksalishga erishadi, deb katta umid qilgan edi. Uning fikricha, ishlab chiqarishni kommunistchasiga tashkil etish «ongli mehnat faolligi»ni vujudga keltirardi, uning asosida iqtisodiy manfaat emas, balki «inqilobiy g'ayrat-shijoat» yotardi. Boshqacha aytganda, bolsheviklar strategi «yakka holdagi ekspluatator»ni davlat timsolidagi niqoblangan mulk egasi bilan almashtirib, tovar ishlab chiqaruvchilarni hatto o'zlariga to'lanadi-gan haqdan ham mahrum etishni niyat qilgan edi.

Haqiqatda bu g'oya sovet tarixida ma'lum darajada o'z ifodasini topdi. Sovet hokimiyati hukm surgan butun davr mobaynida oddiy mehnatkashlar qilgan meh-natlariga yaasha ish haqini to'liq olmaganlar. Sovet davlati bu jihatdan eng qattiq ekspluatator bo'lib chiqdi. Biroq, ayniqsa, inqilobdan keyingi dastlabki yillarda ommaning «inqilobiy g'ayratshijoat»iga tayanishga urinish keng avj olgan edi, bu davrda ishchilarga to'laqonli ish haqi o'rniga me'yorlangan arzimas payok berilardi. Buning natijasida juda tez vaqt ichida sotsialistik qurilishning jonli amaliyoti lenincha siyqalashtirilgan yondashuvning yaroqsizligini ko'rsatdi. «Ozod mehnat» bayrami sodir bo'lmadi. Odamlar bepul ishlab berishni istamadilar. Bunday sharoitda oliy siyosiy rahbariyatning hokimiyat pog'onalarida L. D. Trotskiy inson o'z tabiatiga ko'ra «ancha dangasa maxluq bo'lib, uni qayta tarbiyalashning birdanbir samarali vositasi qamchi bo'lishi mumkin», deb to'lato'kis ifodalab bergan nuqtai nazar o'z tasdig'ini topa boshladi.

«Qamchi bilan qayta tarbiyalash» mantig'idan kelib chiqib, mehnat jamoalari va har bir ijtimoiy ishlab chiqarish xodimining mehnat unumdorligini oshirish maqsadida markaziy hokimiyat organlari va shaxsan V. I. Lenin ishlab chiqarishda «temir» intizom o'rnatishga va intizomni buzuvchilarni shafqatsizlik bilan jazolashga ko'p marta da'vat qilib chiqdilar. Biroq do'qpo'pisalar va qizg'in «inqilobiy chaqiriqlar»ga qaramay, butun mamlakatda bo'lgani kabi Turkistonda ham mehnat unumdorligi kun sayin iasayib bordi. Chunki ishchilarga to'lanadigan ish haqi nihoyatda oz edi. U mutlaqo mahsulot ishlab chiqaruvchilarni mehnat faolligini oshirishga rag'batlantirmasdi. Buning ustiga, yopirilib kelgan pulning qadrsizlanishi busiz ham nihoyada past bo'lgan maosh va stavkalarni hech narsaga arzimaydigan qilib qo'ygan edi, ularga amalda hech narsa xarid qilib bo'lmasdi. Misol uchun, rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, 1919 yil yanvardan 1920 yil iyulgacha narxlar o'rta hisobda 48 baravar oshgan. 1918 yildan 1920 yilga qadar respublikada muomalaga chiqarilgan pul massasi 120 baravar ko'paygan. Bundan mazkur «pul massasi»ning qiymati nimadan iborat ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi.

Rublning shiddat bilan qadrsizlanib borishi bilan bir qatorda, ko'p oylar mobaynida ish haqini to'lamaslik hollari odatdagi voqeaga aylanib qolgan edi. Masalan, Samarqanddagi metall zavodidan (sobiq Gorenberg zavodi) 1918 yil may oyida xabar qilishlaricha, ko'pincha kassada «bir tiyin ham pul qolmagan», «zavodning pul bilan ta'minlanishi achinarli ahvolda edi». Boshqa ko'pgina korxonalar ham xuddi shunday ahvolda bo'lgan.

Ishchilar, xizmatchilar, hunarmandlar tirik qolish uchun narxlarning to'xtovsiz ortib borishi o'rnini garchi qisman bo'lsa ham qoplash maqsadida chetdan ko'shimcha daromad manbalarini topishga intilishardi. Buning uchun ularga «yulg'ichlar», «o'z manfaatini kuzlovchilar» degan tahqirlovchi yorliqpar yopishtirilar, ta'qib qiluvchi jazo choralari qo'llanilardi. Buning tashabbuskorlari partiya mafkurachilari hisoblanardi. Masalan, Turkiston kompartiyasining I s'ezdiyoq (1918 yil iyun) «ishchilarning bir qismi unumli mehnat manfaatlariga zarar yetkazgan holda, ish haqini ko'paytirish ortidan quvishni avj oldirgan», deya ta'na qilib, bu holatni «o'ta ketgan axloqiy buzilish» deb baholagan. S'ezd ishlab chiqarish normasini bajarmaydigan kishilarga «ishchilar orasidagi ig'vogar va ashadtsiy aksilinqilobchi» deb qaralishini e'lon qilgan.

Partiya anjumanidan keyin 1918 yil yoz faslida bo'lib o'tgan Turkistonning sovetlashgan kasaba uyushmalari I qurultoyi ishlab chiqarish topshirig'ini bajarmaganlarni «sabotajchilar» sifatida o'rtoqlik sudiga berishga chaqirgan. Bu ko'rsatmalar og'ishmay amalga oshirilardi. Mehnat normalarini bajarmagan ishchilar uchun eng yengil jazo bu soliq jarimalari edi. Lekin ko'pincha o'ylab chiqarilgan «mehnat dezertirligi»da ayblab, sudga berishadi. Bundan tashqari, ishchilar yuqori darajadagi mehnat normalarini xom ashyo, materiallar, yoqilg'i yetishmayotgan sharoitda, eskirib ketgan asbobuskunalarda bajarishlariga to'g'ri kelardi.

Asosan «front» ehtiyojlari uchun yuboriladigan zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko'paytirish maqsadida «yuqoridan» bo'lgan tashabbus asosida ish kuni mudtsati cho'zilardi. Masalan, Harbiy ishlar komissarligi «Turkiston mehnatkashlariga» qilgan murojaatlaridan birida «yanada g'ayrat bilay ishlashni va mehnat kodeksida belgilab qo'yilganidek, faqat 8 soatlik ish kuni bilan cheklanib qolmaslik»ni, «balki sharoit qancha talab qilsa shuncha ishlashni» talab qildi. Boshqacha aytganda, ish kunini cheklamasdan mehnat qilish kerak edi, holbuki, ish kuni amalda 10 soat va undan ko'proqni tashkil etardi. Ana shunday yondashuv mantig'idan kelib chiqib, Turkiston sho'rola rining VII qurultoyi ishchilar va xizmatchilarning ta'tillarini bekor qildi. Biroq ma'muriy zo'ravonlik va ta'qiblar ishlab chiqarishdagi jo'shqinlikni pasaytirib yubordi. Og'ir mehnatdan sillasi qurigan kishilar oyoqtsa zo'rg'a turishardi.

Bunday sharoitda Lenin inqilobiy g'ayratshijoatning juda katta imkoniyatini butun choralar bilan ishga solishga, so'nib borayotgan «mehnat jo'shqinligini» rag'batlantirish shakllarini izlab topishga intildi. Bu voqea 1919 yil bahorida ro'y berdi, o'sha vaqtda Moskva Qozon temir yo'lida shanbalik o'tkazildi. Lenin bu unchalik ko'zga tashlanmaydigan voqeada hozirga qadar insoniyat tarixida mehnatkashlar ommasining misli ko'rilmagan harakatini, kommunistik mehnatni tashkil etishdagi «buyuk tashabbus»ni ko'rdi.

Odamlar guruhining ko'ngilli ravishda tekinga mehnat qilish faktini xolisona olib qaraydigan bo'lsak, ularning qandaydir xo'jalik vazifasini birgalikda hal etishida hech qanday g'ayritabiiy narsa yo'q edi. Odamlar orasida azaldan muhtoj bo'lib qolganlarga beg'araz yordam ko'rsatish an'anasi davom etib kelardi. Sharqtsa insonparvarlik yordamining bunday shakli an'anaviy «hashar»da o'z ifodasini topgan. Biroq Lenin azaliy urf-odatlarni «inqilobiy gayrat-shijoat»ning qudratli vositasiga aylantirishga, bu xalqning olijanob saxovati ko'rinishini mafkuralashgirishga urindi. Kommunistik shanbaliklar «ishchilar sinfi mehnat qahramonligi»ning yuksak cho'qqisi, «mehnatga kommunistik munosabatni tarbiyalash maktabi», «kommunizm kurtaklari» deb e'lon qilindi.

Lenincha ta'rifdan e'tiboran «shanbaliklar», «yakshanbaliklar» sovet hokimiyatining butun tarixi davomida «sovet xalqi mehnat solnomasi»ning ajralmas qismi bo'lib keldi. Lekin keksa avlod kishilari o'z tajribalaridan bilishadiki, «jamoa tarzidagi shanbalik»ning bunday yagona faktini barqaror tizimga aylantirib qo'yish kishining g'ashiga tegadi, xolos. «Xalq ijodi»ning sirtdan ko'zga tashlangan olijanob usuli ortida kommunist hukmdorlarning kishilarning insonparvarlyk xususiyatlari va mehnat g'ayratidan oddiy tarzda foydalanishi yashiringan edi. «Shanbaliklar», aslini olganda, ma'murlarning manfaatlari yo'lida ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni safarbar qilishning qo'shimcha shaklidan boshqa narsa emas edi.

Dohiyning tashabbusi bilan 1919 yilning bahoridan e'tiboran partiyasovet organlari moskvalik temiryo'lchilarning «buyuk tashabbusi»ni butun xalqning qo'llabqlashidan iborat qudruvvatatli targ'ibotchilik kampaniyasiga aylantirib yubordilar. «Kommunizm kurtaklari» Turkistonda imperiyacha Turkkomissiya yetib kelgandan keyin faollik bilan singdirila boshladi.

O'lkadagi dastlabki shanbalik 1919 yil 11 oktyabrda Toshkentdagi tovar stantsiyasi hovlisida o'tkazildi. Oradan bir hafta o'tgandan keyin ikkinchi shanbalik bo'lib o'tdi. Unda 500 ga qin kishi ishtirok etdi. Toshkentdagi shanbalikni o'tkazishga shahar partiya qo'mitasi rahbarlik qildi, uning huzurida maxsus «shanbaliklar byurosi» ta'sis etilgan edi. TKP shahar ko'mitasi o'zining poytaxt mehnatkashlariga murojaatida: «Toshkent ishchilari kommunistik shanbaliklarga qo'shilishlari lozim, ish soatlarining shiddatini oshirishi bilan mehnat unumdorligini ko'paytirish zarur», deb ko'rsatib o'tdi. «Ilg'or ishchilar»ning shanbaliklarda ishtirok etishi majburiy deb e'lon qilindi. Ularni o'tkazishdan tushgan mablag'lar shahar partiya qo'mitasi ixtiyoriga o'tar va «front» ehtiyojlariga ishlatilardi. Toshkentda muntazam ravishda shanbaliklar o'tkaziladigan bo'lib qoldi. Faqat 1919 yil oktyabrdan dekabrgacha bo'lgan davrda 22 marta shanbalik o'tkazildi, bu ana shu uch oy ichidagi shanba kunlaridan deyarli ikki baravar ko'p edi.

Toshkent ishchilarining «tashabbusi»ni o'lka partiya qo'mitasi butun respublikaga yoyishga «qaror qildi». Natijada 1919 yil oxirlaridan e'tiboran shanbaliklar Farg'onada ham o'tkazila boshladi. 1920 yil yanvaridan boshlab Samarqand, Andijon, Buxoro, Namangan va o'lkaning qolgan shaharlarida shanbaliklar bo'lib o'tdi.

1920 yilning oxirlaridan boshlab Turkistonda sho'ro hokimiyati nazoratidagi hududlarda shanbaliklar va yakshanbaliklar o'tkazilmaydigan birorta ham shahar va posyolka qolmagan edi. Ularning qatnashchilari ishlab chiqarishda ishtirok etish bilan bir qatorda, qishloq xo'jalik ishlarida qatnashish, qizil armiya uchun kiyimkechak va oziqovqat to'plash, temiryo'l stantsiyalarida yuk ortish va tushirish ishlarini ba-jarish, yo'llarni ta'mirlash, vagonlar, texnika va hokazolarni sozlashda davlatga «yordam» ko'rsatish bilan shug'ullandilar.

«Kommunistik shanbaliklar»ni o'tkazish, ayniqsa, inqilobiy bayram kunlarida ommaviy tus olardi. Masalan, RKP(b) IX s'ezdining birinchi may shanbaligini o'tkazish to'g'risidagi qarori bilan faqat Toshkentning o'zida 32 mingdan ortiq kishi yig'ilish punktlariga keliitsi. Yangi Buxoroda birinchi may shanbaligida 6 soat mobaynida marshrut poyezdi uchun markazga jo'natiladigan 736 t jun ortildi, 272 t urug'lik chigit, 6 vagon saksovul tushirildi.

Shanbaliklar bilan bir qatorda mehnatkashlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning boshqa usullaridan ham faollik bilan foydalanildi. Masalan, RKP(b) IX s'ezdi qarorlaridan keyin «haftalik»lar nomi bilan mashhur bo'lgan xo'jalik kampaniyalarini o'tkazish vaqtida muayyan davr mobaynida ishchilar sinfi va mehnatkashlar boshqa toifalarining mehnat g'ayrati juda zarur, kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni bajarishga safarbar etilar, yoki, o'sha davr iborasi bilan aytganda, «vayrongarchilikka qarshi kurash va frontga yordam berishdan iborat eng zarbdor sohalar»ga yo'naltirilardi.

Turkistonda «haftaliklar» 1920 yil yanvardan o'tkazila boshladi. Masalan, Toshkent shahar partiya qo'mitasining 1920 yil 2 yanvarda bo'lib o'tgan plenumi qarorida quyidagilar ko'rsatib o'gilgan edi: «Barcha ishchilar 1920 yil 21  28 yanvar kunlari ish kunini 10 soatga yetkazishlari kerak. «Front haftaligi» mobaynida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar qizil armiya foydasiga jo'natilishi zarur. Butun kuchni ana shu tadbirlarni o'tkazishga safarbar etish lozim».

«Front haftaliklari»ga bag'ishlab varaqalar, gazetalarda maqolalar chop etilardi. Ularni mahalliy tillarda nashr qilishga alohida e'tibor berilardi. Xususan, ulardan birida bunday deyilgan edi: «Har bir siqim bug'doy, maxorka, har bitta ko'ylak, qo'lqop, pidjak, shinel, palto frontga juda katta yordam bo'ladi. Dushmanni uzilkesil yo'q qilish uchun yalpi qudratli kuchbaquvvat zarba darkor. «Front haftaligi» ana shunday kuchli zarba bo'ladi. Kimda kim hech narsa bera olmasa, o'z mehnatini sarflasin va sovg'asalomlar to'plashda ishtirok etsin».

1920 yil bahoridan e'tiboran «front haftaliklari» bilan bir qatorda, zarbdor xo'jalik «haftaliklari» ham tobora ko'proq tarqala boshladi. Xususan, transportni tezroq tiklash maqsadida 19 aprelda «transport haftaligi», oktyabrda «ta'mirlash haftaligi» e'lon qilindi. Shuningdek, «yoqilg'i», «vayrongarchilikka qarshi kurash» va hokazo haftaliklar ham tashkil etildi.

Bu haftaliklarning mohiyati an'anaviy ravishda ish kunini 3—4 soatga uzaytirishdan iborat bo'lib, bunda mehnatkashlar ishdan tashqari vaqtda hech qanday haq olmasdan, lekin zarbdorlarcha ishlab berishlari shart edi. Bu xildagi ma'muriyxo'jalik harakatlaridan muayyan iqtisodiy samara olinardi, deb aytish mumkin. Masalan, arxiv ma'lumotlariga qaraganda, birgina Qizilqiya shaxtalarida o'tkazilgan yakshanbaliklarning o'zida davlatga 100 ming pud ko'mir berildi. Lekin umumiy xo'jalik natijalari ayanchli edi. Bo'yruqbozlik bilan baqiribchaqirish, ma'muriy siquvga olish, «inqilobiy g'ayratshijoat» tizimi boy ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanishga imkon bermadi.

Sovet imperiyasining butun hududidagi mafkuralashgan iqtisodiyot avval boshdan o'zining yaroqsizligini ko'rsatdi. Kremlь dohiylari «oktyabrь g'alabasi»dan boshlab mamlakatni iqtisodiy bema'nilikning boshi berk ko'chasiga yo'naltirdi. Turkiston xalqxo'jaligi ham halokat yoqasiga kelib qoldi. Shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishi o'ta tushkun ahvolda edi. Statistikaning guvohlik berishicha, o'lka sanoati yalpi mahsulotining umumiy hajmi 1920 yilda 1914 yildagiga nisbatan 80%ga kamayib ketdi. 249 ta paxta tozalash zavodidan faqat 16 tasi ishlab turardi. 1913 yilga nisbatan paxta tolasi ishlab chiqarish 23 baravar, paxta yog'i 50 baravarga kamayib ketdi. Yoqilg'ixom ashyo resurslarini qazib chiqarish ham tobora kamayib bordi. Xususan, Qizilqiya, Sulukta, Sho'rob va boshqa ko'mir konlari shaxtalaridan toshko'mir qazib olish 1916 yildagi 122 mln. puddan 1921 yilda 7 mln. pudga tushib qoldi. Chelekenda tog' mumi va neft qazib chiqarish deyarli to'xtab Qoldi, Santo va Chimyon konlarida ularni qazib olish hajmi keskin kamayib ketdi.

Transport g'oyat og'ir ahvolda edi. Parovozlar yetishmas, yo'l xo'jaligi o'ga eskirib ketgan, ko'pgina temiryo'l ko'priklari va izlari buzilgan, yoqilg'i kamchil edi. Natijada Turkiston respublikasi temir yo'llarining yuk oboroti 1920 yilda «urushdan» oldingi davrga nisbatan 40% dan kamroqni tashkil etadi. OXXK Rayosati a'zosi V. P. Noginning Davlat reja qo'mitasiga yo'llagan ma'lumotnomasi o'sha yillardagi temiryo'l transportining ahvoli to'g'risida yaqqol tasavvur beradi. Unda ko'rsatib o'tilishicha, «Toshkent temir yo'li bugungi kunda faqat o'zi uchun neft tashib keltirish bilan shug'ullanadi. Boshqa hech qanday tovar poyezdlari yo'q, Turkiston bilan Federatsiya ning boshqa qismlari o'rtasida hech qanday yuk oboroti yo'q. Har qanday Tovar harakati to'xtatib qo'yilgan, shu bilan birga, barcha poyezdlar bo'shatib qo'yilgan, tobarlar stantsiyalarga tashlab qo'yilgan, vagonlar och qolgan qochoqparga va eshelonlar demobilizatsiya qilinganlarga berilgan Temir yo'l xizmatchilarining 90%i terlama bilan og'rigan. Birorta ham ishchisi yo'q stan-tsiyalar bor».

O'lka iqtisodiyotining inqirozga uchraganligi, sanoat ishlab chiqarishining haddan tashqari pasayib ketganligi markazning Turkiston foydali qazilmalarini tortib olish imkoniyatlarini ob'ektiv ravishda toraytirib qo'ydi. Bunday sharoitda Moskva rahbariyati 20-yillarda qishloq xo'jalik, ayniqsa paxtachilik mahsulotlarini imperiya ixtiyoriga o'tkazishga ko'proq e'tibor qaratdi. Shu bilan birga, O'rta Osiyoning kommunistik metropoliya bilan faqat agrar sohada emas, shu bilan birga, sanoat sohasida ham xo'jalik aloqalarini kuchaytirishning moddiy shartaroitlarini yaratishga muhim ahamiyat berildi.

1919 yilda «Orenburg to'sig'i» tugatilgach, respublikaning Rossiya bilan «qayta qo'shilishi» tiklangandan keyin darhol Turkiston iqtysodiyotini ekspluatatsiya qilish, uning markazni boyitishdagi rolini kuchaytirish yo'li yaqqol ko'zga tashlandi. Ayni o'sha vaqgda V. I. Lenyn bevosita o'lkada ish olib borayotgan xalqqa qarshi hukumat qo'shinlarini resurslar bilan ta'minlash bilan bir qatorda, Turkistonning markaziy mintaqalar sanoatini qimmatbaho xom ashyo bilan ta'minlashda «hissasi»ni ko'paytirish yuzasidan faol choralar ko'rishni qattiq turib talab qildi.

Mazkur vazifani hal etish ma'lum darajada transport yo'llarini tiklash bilan bog'liq edi. Chunki temir yo'l transportining o'ta inqirozga uchraganligi o'lkaning xo'jalik hayotida ham og'ir iz qoldirishi bilan birga markazning respublika tabiiy boyliklarini so'rib olish sohasidagi imkoniyatini qisqartirar, Markazning notinch «milliy chekka o'lka»ni har tomonlama nazorat qilishini cheklab qo'yardi. Lenincha rahbariyatni ayniqsa Turkiston zavodlarining omborlarida va temiryo'l stantsiyalarida markaziy Rossiya sanoatiga nihoyatda zarur bo'lgan ko'p miqdordagi xomashe harakatsiz yetganligi hadtsan tashqari tashvishga solardi. Misol uchun, 1920 yil boshlarida bu yerda 6,5 mln. pud paxta tolasi, 0,5 mln. pud jun, 1,5 mln. donaga yaqin teri yig'ilib qolgan edi. Bularning hammasini «qizil imperiya»ning sanoatlashgan tumanlariga tashib ketish kerak edi. Yangi qizil askar qismlarini, Kremlning nazoratchilarini keltirish ham qiyinchilik tug'dirayotgan edi va hokazo.

Shuning uchun ham temiryo'l transportini tiklash lenincha ma'muriyat uchun strategik ahamiyatga ega edi. Qaror topgan amaliyotga muvofiq transport yo'llarini qayta tiklashning muhim omili «inqilobiy g'ayratshijoat» harakatlari bo'ldi. Ular ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish bilan bir qatorda, yuqorida aytib o'tilganidek, shanbaliklar va «transport haftaliklari» tashkil etishda o'z ifodasini topdi. Masalan, 1920 yil 20 aprelda o'tkazilgan shanbalikda Bosh temiryo'l ustaxonalarining ishchilari qo'shimcha ravishda 3 ta parovozni ta'mirlab berdilar. Samarqand temiryo'lchilari 1920 yil aprelning oxirida e'lon qilingan «transport haftaligi» vaqtida 27 ta parovoz va 61 ta vagonni ta'mirdan chiqardilar, ishdan tashqari vaqtda ishlab 3 ta temiryo'l ko'prigini tuzatdylar. Yangi Buxoroda shunday usul bilan 100 ta vagon va bir nechta parovoz mudtsatidan oldin ta'amirlandi.

Turqiston respublikasida aprelda o'tkazilgan «transport haftaligi»da hammasi bo'lib 12,6 mingdan ortiq temiryo'lchi ishtirok etdi.

Haftalik jarayonida 100 ta parovoz va 128 ta vagon ta'mirdan chiqarildi, 144 ta vagonga yukortildi. 1920 yil noyabrda o'lka temiryo'llarida «kommunistik mehnat bayrami»da 16 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Ana shunday harakatlarning ko'payishi natijasida temiryo'l transporti harbiy va tovar yuklarni tashishni muntazam ta'minlab turdi. Agar 1920 yil yanvarda 1660 vagon har xil yuklar tashilgan bo'lsa, o'sha yilning may oyida 21 17, avgustda 5412 vagon yuk tashildi. Shu tarzda 1920 yil mobaynida Turkistondan markazga 6730 vagondan ko'proq paxta, 1100 vagondan ko'proq jun, 662 ming donadan ortiq xom teri va boshqa narsalar jo'natildi.

Qishloq xo'jalik xom ashyosini tashib ketish yo'lga qo'yilishi bilan birga, bolsheviklar hokimiyati rahbariyati tabiiy qazilma boyliklardan foydalanishga ham e'tiborni kuchaytirdi. O'sha vaqgda markaziy Rossiyaga neft jo'natishga alohida e'tibor berildi, chunky bu vaqtda u Boku neftidan vaqtincha mahrum bo'lib qolgan va bu mahsulotga bo'lgan ehtiyoji nihoyatda katta edi. «Rossiya yo'qsillari» dohiysi respublika hukumatidan, Turkkomissiyadan, RKP (b) MQ Turkbyurosidan tobora ko'proq neft qazib olish va «sovetlar mamlakati»ning markaziy mintaqalariga yuborishni astoydil talab qildi. Masalan, 1920 yil may oyida Lenin Turkkomissiya a'zosi va Turkiston fronti ko'mondoni M. V. Frunzega maxsus shoshilinchnoma yuboradi, unda quyidagilar ko'rsatilgan edi: «Juda shoshilinch ravishda darhol Moskvaga ikkita marshrut poyezdi tashkil etib, ularning yarmiga neft, yarmiga benzin ortilsin. Poyezdlarni soqchilar nazoratida navbatdan tashqari harakat bilan shoshilinch ravishda Moskvaga jo'natish uchun qat'iy choralar ko'ring. Topshiriqning ijro etilganligini, neft masalasi umni, ishlab chiqarish miqtsori qandayligini, uni ko'paytirish uchun qanday choralar ko'rilganligini telegraf orqali ma'lum qiling».

Dohiyning ko'rsatmasi shoshilinch ravishda bajarildi: tezda Moskvaga Turkistondan neft va benzin ortilgan sisternalardan iborat ikki temiryo'l poyezdi jo'natildi. Bu o'rinda shu narsaga e'tibor bering: sovet davlati boshlig'i imperiyacha tafakkur an'analariga amal qilib, hatto respublika hukumatiga murojaat qilishni, hech bo'lmaganda qo'ngil uchun o'lkada yonilg'i sohasidagi ahvol qandayligi bilan qiziqib ko'rishni ham o'ziga ep ko'rmagan. Holbuki, o'lkada yonilg'i sohasidagi ahvol o'ta og'ir edi. Respublika rahbariyati bir necha yil mobaynida o'zi tanqis bo'lgan energiya resurslarini qattiq tejash sohasida favqulodda choralar ko'rib kelayotgan edi. Neft va ko'mir masosan elektr stantsiyalarga, temiryo'lga va armiya uchun ishlayotgan korxonalarga yuborilardi. Aholini kerosin bilan ta'minlash amalda to'xtatib qo'yilgan edi. Faqat saksovul ajratilardy, u ham yetishmasdi.

Holbuki, sovet solnomachilari o'n yillar mobaynida «qizil imperiya» asoschisining qalbaki portretini va sovet hokimiyatining siyosatini tasvirlash uchun yorqin bo'yoqlarni ayamay ishlatib keldilar, ko'rinib turganidek, bu siyosat o'lka xalqlarini talashdan iborat buyuk davlatchilik amaliyotini «o'zaro iqtiyeodiy yordam» va «tenghuquqli hamkorlik» tarzida ko'rsatishga qaratilgan edi. Buni isbotlash uchun, xususan, shunday fakt keltirilgan: 1920—1921 yillarda Turkiston va Buxoro respublikasiga dohiyning farmoyishi bilan Rossiyaning sanoat tumanlaridan pillakashlik, to'qimachilik, yozuv qog'ozlari fabrikalari uchun asbobuskunalar majmui, selluloid, kastor, teri va sovun pishirish zavodlari uchun jihozlar keltirilgan. Ayni vaqtda, ularning ishini yo'lga qo'yish uchun o'lkaga 3 mingdan ortiq ishchi va mutaxassis yuborilgan, ular, sovet tarix adabiyotlarida ta'kidlanishicha, «mahalliy sanoatni tiklashda, milliy kadrlar tayyorlashda juda katta yordam ko'rsatganlar».

Albatta, markaziy hukumat Turkistonning sanoat bilan bog'liq imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan choratadbirlar ko'rmadi, deyish noto'g'ri bo'lur edi. Tiklash davrida ham, keyinchaliq milliyhududiy chegaralanish o'tkazilib (1924 y.), O'zbekiston respublikasi taShkil topgandan keyin ham o'lkada sanoat ishlab chiqarishiga mo'ljallangan muayyan korxonalar tashkil etib borildi, byudjetdan mablag'lar ajratildi, shu jumladan, markaz sanoat tumanlarining yordami bilan ishchilar sinfini tarkib toptirish harakatlari amalga oshirildi. Lekin bularning hammasi hukmron markaz, keyin esa Ittifoq doiralarining imperiyacha manfaatlariga yo'naltirilgan edi. O'zbek xalqining milliy tabiiy boyliklari, uning mehnati muttasil ravishda mustabid-imperiyacha rejimga xizmat qilish-ga bo'ysundirildi. Xuddi shuningdek, pillachilik va ip gazlama sanoati uskunalari va 1920 yilda yuboril-gan teri zavodi xom ashyoga birinchi ishlov berishni ta'minlashi lozim edi, so'ngra bu xom ashyo «Sovet mamlakati»ning markaziy sanoat tumanlarida chuqur qayta ishlovdan o'tkazilib, tayyor mahsulotga aylantirilardi.

O'zbekistonning ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning sovetcha yangi mustamlakachilik andozasini mustahkamlash yo'lidagi muhim bosqich «sotsialistik sanoatlashtirish»dan iborat bo'lib, u SSSRda sanoat ishlab chiqarishini keng miqyosda rivojlantirishga yo'naltirilgan edi.

Sotsialistik sanoatlashtirish yo'li 1925 yilda ittifoq siyosiy rahbariyati tomonidan e'lon qilingan edi. Uni amalga oshirish yangi iqgisodiy siyosat (NEP) islohotlarini o'tkazishni to'xtatish va boshqaruvning ma'muriybuyruqbozlik tizimini mustahkamlash bilan bog'liq ravishda olib borildi.

Sanoat imkoniyatlarini kengaytirish vazifasi, ob'ektiv ravishda olganda, hali pishib yetilmagan edi. Chunki «sovetlar mamlakati» haqiqatda agrar mamlakatligicha qolayotgan edi. Ko'p tarmoqli sanoatga xos rivojlanish bizning o'lkamiz uchun yanada dolzarbroq vazifa bo'lib maydonga chiqtsi. Ma'lumotlarning guvohlik berishicha, o'sha vaqtga kelib tashkil topgan O'zbekiston respublikasi xalq xo'jaligida qishloq xo'jaligining salmog'i 70%dan ko'proqni tashkil etardi. Respublikaning agrar ishlab chiqarishida aholining 85 foizidan ko'prog'i band edi. Nihoyagda cheklangan sanoat sohasi texnika bilan yetarli ta'minlangan bo'lib, uning 90%i qishloq xo'jalik xom ashyosini birlamchi qayta ishlashga mo'ljallangan edi.

Mamlakat iqtisodiyotining ko'proq agrar xususiyatga ega ekanligi xo'jalikning rivojlanish imkoniyatlariga jidtsiy to'siq bo'lib, yetarli darajada ijtimoiy iqtisodiy yuksalishga imkon bermasdi. Keng tarmoq yoygan industrial infratuzilmani yaratmay turib olg'a tomon harakat qilishni ta'minlab bo'lmasligi aniq edi. Afsuski, sovet tuzumining tabiati, xom xayoldan iborat kommunistik ta'limotning mohiyati, yangi iqgisodiy siyosatdan voz kechish va mustabid qatag'on rejimini mustahkamlash sanoatlashtirish vazifala-rini avval boshdan nuqsonlar bilan amalga oshirish mexanizmiga asos solgan, uning pirovard natijalari ham ziddiyatli bo'lishini belgilab bergan edi.

Zamon masofasidan turib nazar tashlaganda, shu narsa yaqqol ko'rinadiki, sotsialistik sanoatlashtirishning moqiyati siyosiy jihatdan olganda, birinchi galda sotsializmning moddiytexnikaviy negizini yaratishga, unitar sovet davlatining yaxlit xalq xo'jalik majmuini tarkib toptirishga qaratilgan edi, u milliy respublikalar iqtisodiyotini mustahkam «baynalmilal asos» butunlay chirmab olishni maqsad qilib qo'ygan edi.

Sanoatlashtirishni O'zbekistonga tatbiq etishning qo'shimcha sabablari ham bor edi. Birinchidan, respublikada sanoat qurilishini keng avj oldirish sovet milliy siyosatining tantanasini namoyish etishi lozim edi. Ittifoq rahbariyatiga sotsialistik o'zgarishlar natijasida «bir vaqtlar Rossiya imperiyasining qoloq mustamlaka chekka o'lkasi» «ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot cho'qqilariga» «jahonshumul sakrash» qilganligini namoyish qilish muhim edi. Shu bilan birga, «sovet O'zbekistoni» O'rta Osiyo respublikalaridan eng yirigi bo'lib, «xalqaro imperializm tomonidan ezib kelingan» xalqlar uchun «jozibali namuna», «sotsializmning Sharqdagi mash'ali» bo'lishi lozim edi. Iqkinchidan, stalincha ma'muriyat ayniqsa ikkinchi jahon urushining xavfatari ortib borayotgan bir sharoitda sovet davlatining sharqiy mintaqasida sanoat ishlab chiqarishining zaxira bazasini vujudga keltirishga intilar, u qisqa muddat ichida urush ehtiyojlariga moslasha olishga qodir bo'lishi kerak edi. Biroq yashirin mustamlakachilik mantigidagi eng asosiy narsa markazga g'oyat boy tabiiy boyliklar va qimmatbaho xom ashyo resurslarini tashib ketish uchun eng maqbul shartsharoitlarni ta'minlashdan iborat edi.

Bolshevistik rahbariyat bu davrda imperiyacha niyatlarini mafkuraviy jihatdan niqoblash maqsadida «o'zbek xalqining haqiqiy notengligiga barham berish» degan yaqqol ko'zga tashlanuvchi shiorni ilgari surdi. Bu shiorni amalga oshirish tashqi tomondan o'lkaning «iqtisodiy qoloqpigini industrial rivojlanishning jadal sur'atlari», «zamonaviy sanoat o'choqlarini keng suratda avj oldirish» yo'li bnlan amalga oshirish mo'ljallangan edi.

O'zbekiston rahbariyati Markazning targ'ibotchilik va'dalariga ishonib, o'z xalqining tub manfaatlaridan kelib chiqib, darhol respublikaning ishlab chiqaruvchi kuchlarini har tomonlama rivojlantirish maqsadga muvofiqligi, avvalgi mustamlakachilik tuzilmasini hamda shahar va qishloqtsagi butun ijtimoiy ishlab chiqarishning texnikaviy asosini tubdan qayta o'zgartirishga qodir bo'lgan balansli industrial bazani yaratish masalasini qo'ydi. Xususan, mahalliy xom ashyoni, avvalo iaxtani qayta ishlashga mo'ljallangan tarmoqlarni vujudga kelgirishning muhimligi ta'kidlandi. Bu jihatdan o'lka iqtisodiyotining xom ashyo yo'nalishiga barham berish chorasi sifatida birinchi galda rivojlangan to'qimachilik sanoatini vujudga keltirish taklif etildi.

Respublikada hukm surgan nekbin kayfiyatlar O'zbekiston SSR tashkil topgandan keyin bo'lib o'tgan O'zbekiston kompartiyasi II s'ezdi (1925 yil noyabr) qarorlarida o'z ifodasini topdi. Respublika rahbariyati s'ezd minbaridan foydalanib, o'z sanoatini, birinchi navbatda, to'qimachilik sanoatini tiklash zarurligini oshkora ma'lum qildi, bu «mahalliy aholining to'qimachilik mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek, ularni keyinchalik qo'shni mamlakatlarga ham yetkazib berish»ga mo'ljallangan edi.

Yosh respublikaning F. Xo'jayev boshchiligidagi hukumati asosli ravishda o'ylaganidek, tegishli iqgisodiy yordam ko'rsatilgan taqtsirda O'zbekiston o'zida yetishtirilgan xom ashyoni mustaqil ravishda qayga ishlab, undan to'laqonli tayyor mahsulot tayyorlashga, bevosita tashqi iqgisodiy aloqalar o'rnatishga qodir bo'lardi. Biroq o'zining iqtisodiy va ijtimoiy taqdirini o'zi belgilashga, ishlab chiqarish tarmoqlari, turlarining muvozanati va nisbatlarini tartibga solish muammolarini mustaqil hal etishga bunday in-tilish ittifoq rahbariyatining imperiyacha manfaatlariga butunlay zid kelardi. Ittifoq rahbariyati shior darajasida emas, balki real hayotda o'lkadagi ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning mustamlakailik tizimini mustahkamlashga asoslanardi.

SSSR xalq xo'jaligini rivojlantirishning birinchi besh yillik (1928—1932 yillar) dasturini muhokama qilgan VKP(b) XV s'ezdi (1927 yil) O'zbekiston va boshqa milliy respublikalarning iqtisodiy sohadagi «ayirmachilik»ka intilishlarini barham toptirish maqsadida xo'jalikni qayta qurishga doir amalga oshiriladigan barcha harakatlar «Ittifoq ehtiyojlari bilan mustahkam bog'lab olib borilishi» lozim, deb maxsus ta'kidlab o'tdi. Natijada markazning tazyiqi ostida O'zbekiston kompartiyasi III s'ezdida (1927 yil noyabr) O'zbekiston industrial rivojlanishining istiqbollarini belgilashga doir asosiy qarashlar keskin o'zgartirilgan holda bayon qilindi. S'ezd qarorida avvalgi qarorlarga qaramaqarshi o'laroq, respublikaning iqtisodiy yuksalishi faqat «xalq xo'jalik hayotini baynalmilallashtirish» umumittifoq jarayonida milliy iqtisodiyotni Sovetlar Ittifoqining xalq xo'jaligi va uning butun ijtimoiyi qtisodiy tuzilishi bilan «uzviy bog'liq» ravishda amalga oshishi mumkin, degan fikr olg'a surildi2. Bunday bog'liqlikning asosiy mohiyati «VKP(b) tomonidan rahbarlik qilinishi» va iqgisodiy o'zgarishlar «qat'iy ittifoq rejasiga muvofiq» amalga oshirilishidan, ya'ni imperiyacha stsenariy asosida o'tkazilishidan iborat edi.

Bolshevik Markaz esa «chorizmning mustamlakachilik merosini tugatish» sifatida e'lon qilinayotgan tamoyshsharni quruq bayonot sifatida uloqtirib tashlab, birinchi navbatda «SSSRning jahon bozoriga bog'liqligi ancha kuchliroq seziladigan», shuningdek, markazni zarur xom ashyo bilan barqaror ta'minlashi lozim bo'lgan tarmoqlarni rivojlantirishni qattiq turib talab qildi. Bu xildagi imperiyacha yondashuvda ittifoq hukumati asosiy diqqate'tiborni paxtachilik va ipakchilik sanoatini yuksaltirishga qaratish, eksportga mo'ljallangan qorako'l teri, jun va shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish vazifasini qatiy qilib qo'ydi.

Og'ir sanoatni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari agrar sohaga, ayniqsa, paxtachilikka xizmat ko'rsatish sohasidagi qishloq xo'jalik mashinasozligini rivojlantirish, qurilish materiallari, yoqilg'i, qazilma sanoati va kimyo sanoatini rivojlantirishni, keng miqyosdagi geologiyaqidiruv ishlarini avj oldirishni nazarda tutardi.

Qishloq xo'jalik xom ashyosiga ishlov berish sohasidagi korxonalar kabi og'ir sanoat tarmoqlari ham to'g'ridanto'g'ri markazning siyosiy va iqtisodiy man faatlari bilan bog'liq edi. Misol uchun, O'zbekiston kimyo sanoatini tashkil etish zarurligi sovet davlati azotli va boshqa o'g'it turlarini xorijiy mamlakatlardan xarid qilishga «qimmatbaho valyuta» sarflashga majbur bo'lmoqtsa, degan fikr bilan dalillandi. Respublikada mineral o'g'itlar ishlab chiqarish bo'yicha yirik sanoat korxonalarining tashkil etilishi valyuta resurslarining salmoqli qismini. tejab qolishga, paxtachilikni jadallik bilan rivojlantirishga yordam berardi. Qishloq xo'jalik mashinasozligi ham ana shu maqsadga xizmat qilishi lozim edi.

Kon sanoatni rivojlantirish va keng geologiyaqidiruv ishlarini yo'lga qo'yish siyosati ham yaqqol ifodalangan mustamlakachilikiste'molchilik yo'nalishiga ega edi. O'lkaning tabiiy boyliklarini metropoliyaga xizmat qildirish sohasidagi chor mustabid hokimiyati an'analarini davom ettirgan bu siyosat butunlay markaz ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan edi. Masalan, VKP(b) XVII konferentsiyasi qarorida ochiqoydin O'zbekistonda faol qidiruv ishlarini tashkil etishning asosiy vazifasi «umumittifoqni sanoatlashtirish uchun zarur bo'lgan qimmatbaho rangli metallarni chetdan keltirishdan voz kechish imkoniyati»ni yaratishdan iboratdir, deb ko'rsatib o'tilgan edi.

Shuni aytish kerakki, RSFSR Xalq komissarlari kengashi 1922 yil noyabrdayoq Rossiya sanoatiga geologiyaqidiruv xizmati ko'rsatish samaradorligini oshirish maqsadida mineral xom ashyoni o'rganish, qazib olish va ishlov berishga katta ahamiyat berib qabul qilgan o'z qarori bilan «qizil imperiya»dagi barcha geologiyaqidiruv ishlarini Rossiya Geologiya qo'mita sida markazlashtirdi. Uning bo'linmasi Toshkent shaarida ham ochildi.

SSSR tashkil topganidan keyin ittifoq miqyosida ham ana shunday qo'mita ta'sis etildi. Sanoatlashtirish boshlangandan keyin geologiya qo'mitasi o'zining Uzbekistondagi faoliyatini eski konlarni tiklash va yangilarini o'rganishga qaratdi. Ana shu maqsadda respublikaga muntazam ravishda geologiya qidiruv ekspeditsiyalari yuborib turildi. Natijada 1926 yilda V. N. Paiov va V. E. Polyarkov tomonidan Haydarkon simob koni topildi. So'ngra V. N. Nasledov tomonidan Qoramozor tog'lik tumanida Qalmoqqir mis koni, qo'rg'oshin-rux koni va boshqa bir qator konlar ochildi.

Respublikada yirik rux, qo'rg'oshin, oltingugurt, mis va boshqa foydali qazilmalar konlarining aniqlanishi Markaziy rahbariyatga «umumittifoq mehnat taqsimoti»da O'zbekistonning «sotsialistik ixtisoslashuvi»ni jiddiy ravishda kengaytirish imkonini berdi. Xususan, resiublika rangli metallar ishlab chiqarish bo'yicha ittifoq ahamiyatiga ega bo'lgan baza, deb belgilandi. Natijada 1935 yildan volfram-molibden, 1941 yildan flyuorit ma'danlari qazib olish yo'lga qo'yildi. O'zbekistonning «umumittifoq ixtisoslashuvi»dagi ahamiyati ortib borayotganligini hisobga olib va imperiyacha tafakkur an'analaridan kelib chiqib, markaziy hukumat respublikaning butun majmui-ni nazorat qilishni amalda o'z qo'liga oldi. 30-yillarning boshlaridayoq sanoat korxonalarining mansublik nisbati quyidagicha bo'ldi: Ittifoqqa bo'ysunuvchi korxonalar — 14,5%, mahalliy korxonalar — 3,8%2. O'zbekistonning iqtisodiy va ishlab chiqarish makonini markazning o'z otameros mulkiga aylantirishida byudjet siyosati ta'sirchan vosita bo'ldi. Ittifoq rahbariyati moliyaviy mablag'larning yakkayuyagona tasarrufchisi bo'lib, faqat kommunistik metropoliyaning ehtiyojlariga xizmat qiladigan tarmoqlargagina mablag' ajratardi. Masalan, 30illarda asosan paxtachilik, neft, kimyo, qazilma sanoatiga, rangli metallurgiyaga sarmoya ajratildi. Ayni vaqtda mahalliy aholining ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq sanoat ishlab chiqarishi byudjetdan arzimas mablag' ajratiladigan sohaga aylanib qoldi. Masalan, o'sha davr hujjatlarida ta'kidlanishicha, ko'pdanko'p va'dalarga qaramasdan, «engil sanoat yetarli darajada rivojlantirilmadi». Buning ustiga davlat monopoliyasi va markazlashtirish ta'sirida milliyn'anaviy tarmoqlarga mehnat sarflashni to'xtatib qo'yishdan iborat jadal jarayon ko'zga tashlandn. Bular orasida kosibchilikhunarmandchilik, charmtikuvchilik, trikotaj, to'qimachilik sanoati, mayda metall va yog'ochga ishlov berish korxonalari bor bo'lib, ular mahalliy bozorni eng zarur mollar bilan ta'minlardi. Shuni aytish kerakki, o'lkaning kosibchilikhunarmandchilik korxonalari 1928 yilda sanoat mahsulotining 45,7%ini bergan edi. Bu korxonalarning asossiz raishda tugatilishi milliy iqtisodiyotning an'anaviy negizlariga putur yetkazish bilan bir qatorda tovarqtisodiy jihatdan markazga bog'liqlikni ham kuchaytirdi.

20—30-yillar chegarasida stalincha rahbariyat tomonidan sanoatlashtirish sur'atlarining o'zboshimchalik bilan avj oldirilishi tarkibiy jarayonlarning buzilishiga sezilarli turtki berdi. Ittifoq hokimiyatida mustahkamlanib olgan I. V. Stalin birinchi besh yillikning belgilangan dastlabki topshiriqlaridan voz kechib, 1929 yildayoq sanoat taraqqiyotining «zarbdor sur'atlari»ni ta'minlashni qatgiq turib talab qildi.

Natijada 1930 yildan boshlab sovet imperiyasida, pgu jumladan, O'zbekistonda sanoat qurilishi «ashaddiy hujumkorlik» usuli bilan amalga oshirila boshladi. Bunday usulga murojaat qilish qishloq aholisini sanoat ob'ektlari qurilishiga majburiy ravishda jalb qilish tizimini qayta tiklash va siyosiy mahbuslar armiyasining turmalager mehnatini ommaviy ravishda qo'llanish bilan olib borildi.

Haybarakallachilik va ma'muriy siquvga asoslangan jadal sanoatlashtirishga o'tilishi qishloqning mehnat resurslaridan zo'r berib foydalanish bilan bir qatorda, siyosiy zo'ravonlikdan iborag g'ayriinsoniy harakatlarni avj oldirdi, sanoat qurilishi sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Xususan, korxonalarning ko'pchiligi texnologik jihatdan eskirib ketgan asbobuskunalardan foydalanardi. Zavod va fabrikalarning mudtsatidan oldin ishga tushirilganligi to'g'risidagi ma'lumotnomalar ko'pincha haqiqiy ahvolga to'g'ri kelmasdi. Ular faqat qog'ozdagina ishlayotgan hisoblanar, agar ishlasa ham tegishli xavfsizlik texnikasisiz, ekologik tozalikni saqlamagan, zarur ishlab chiqarishmaishiy shartsharoitlar bilai ta'min etilmagan holda faoliyat ko'rsatardi. Bularning hammasi ishlab chiqarish samaradorligining past bo'lishiga, ishchilar salomatligining yomonlashuviga olib kelardi. Buning ustiga, jadal sanoatlashtirish nuq-sonlarini yashirish maqsadida stalincha ma'muriyat o'ziga «yoqmaydiganlarning iziga tushish payida» bo'lardi. Sanoat mahsuloti sifatining pastligi, yaroqsiz mahsulotning ortib borishi, sonanoqsiz avariyalar va bekor turib qolishlar «sinfiy dushmanning igvogarligi», «sotsializm dushmanlarining qo'poruvchilik ishi» deb tushuntirilardi. Natijada ko'pgina sanoat xodimlari uzoq muddatga hukm qilinardi.

Markazning imperiyacha siyosati bilan birga qo'shib olib borilgan yaramas ma'muriy o'zboshimchalik amaliyoti sanoatning to'la qonli rivojlanish imkoniyatlarini jidtsiy ravishda cheklab qo'ydi. Sanoatlashtirishning ijtimoiyiqtisodiy oqibatlari hadtsan tashqari ayanchli bo'dtsi. Bularni o'ylaganda sovet tarixchilari va ma'murlarining 30-yillarda O'zbekistonning sanoatlashtirish sohasidagi «muhim» yutuqlari haqida bergan avvalgi baholari soxta bo'lib tuyuladi.

To'g'ri, respublika butunlay agrar o'lkadan agrarsanoatlashgan o'lkaga aylanish borasida muhim qadam qo'yganligini ta'kidlamaslik mumkin emas. Masalan, agar 1927 yilda O'zbekiston hududida 191 ta nisbatan yirikroq sanoat korxonalari mavjud bo'lsa, sovetgerman urushi boshlanish vaqtiga kelib ular 1445 taga yetdi. Respublika xalq xo'jaligi umumiy mahsulotlari hajmida sanoatning salmog'i 1940 yilga kelib qariyb 50%ni tashkil etdi. Ana shu davrda Toshkent qishloq xo'jaligi mashinasozligi zavodi, Toshkent to'qimachilik kombinati, Farg'onadagi yigiruvto'quv fabrikasi, Chirchiqelektr texnika kombinati, Qo'qon superfosfat zavodi va boshqa korxonalar qurildi. Janubiy O'zbekiston (Xaurdog' va Uchqizil) yangi konlaridan neft, Angrendagi ko'mir konlaridan toshko'mir qazib chiqarila boshladi. Oltingugurt va tog' mumiga boy konlar ochildi, mis, volfram, molibden, ko'p metalli ma'danlarning 38 ta istiqbolli qatlamlari topildi.

Jadallik bilan olib borilayotgan sanoat qurilishi chorizmdan meros bo'lib qolgan milliy iqtisodilab chiqarish maishiy shart sharoitlar bilai ta'min etilmagan holda faoliyat ko'rsatardi. Bularning hammasi ishlab chiqarish samaradorligining past bo'lishiga, ishchilar salomatligining yomonlashuviga olib kelardi. Buning ustiga, jadal sanoatlashtirish nuqsonlarini yashirish maqsadida stalincha ma'muriyat o'ziga «yoqmaydiganlarning iziga tushish payida» bo'lardi. Sanoat mahsuloti sifatining pastligi, yaroqsiz mahsulotning ortib borishi, sonanoqsiz avariyalar va bekor turib qolishlar «sinfiy dushmanning igvogarligi», «sotsializm dushmanlarining qo'poruvchilik ishi» deb tushuntirilardi. Natijada ko'pgina sanoat xodimlari uzoq muddatga hukm qilinardi.

Markazning imperiyacha siyosati bilan birga qo'shib olib borilgan yaramas ma'muriy o'zboshimchalik amaliyoti sanoatning to'la qonli rivojlanish imkoniyatlarini jidtsiy ravishda cheklab qo'ydi. Sanoatlashtirishning ijtimoiyiqtisodiy oqibatlari hadtsan tashqari ayanchli bo'dtsi. Bularni o'ylaganda sovet tarixchilari va ma'murlarining 30illarda O'zbekistonning sanoatlashtirish sohasidagi «muhim» yutuqlari haqida bergan avvalgi baholari soxta bo'lib tuyuladi.

To'g'ri, respublika butunlay agrar o'lkadan agrar-sanoatlashgan o'lkaga aylanish borasida muhim qadam qo'yganligini ta'kidlamaslik mumkin emas. Masalan, agar 1927 yilda O'zbekiston hududida 191 ta nisbatan yirikroq sanoat korxonalari mavjud bo'lsa, sovetgerman urushi boshlanish vaqtiga kelib ular 1445 taga yetdi. Respublika xalq xo'jaligi umumiy mahsulotlari hajmida sanoatning salmog'i 1940 yilga kelib qariyb 50%ni tashkil etdi. Ana shu davrda Toshkent qishloq xo'jaligi mashinasozligi zavodi, Toshkent to'qimachilik kombinati, Farg'onadagi yigiruv-to'quv fabrikasi, Chirchiq-elektr texnika kombinati, Qo'qon superfosfat zavodi va boshqa korxonalar qurildi. Janubiy O'zbekiston (Xaurdog' va Uchqizil) yangi konlaridan neft, Angrendagi ko'mir konlaridan toshko'mir qazib chiqarila boshladi. Oltingugurt va tog' mumiga boy konlar ochildi, mis, volfram, molibden, ko'p metalli ma'danlarning 38 ta istiqbolli qatlamlari topildi.

Jadallik bilan olib borilayotgan sanoat qurilishi chorizmdan meros bo'lib qolgan milliy iqtisodiyotning oshkora mustamlakachilik qiyofasini shak-shubhasiz o'zgartirdi. Sanoatlashtirish bir qator yangi sanoat tarmoqlarini, shu jumladan, faqat qishloq xo'jalik xom ashyosini birlamchi qayta ishlashga emas, shu bilan birga, qisman tayyor mahsulot ham ishlab chiqarishga qaratilgan tarmoqlarni vujudga keltirishga yordam berdi. Masalan, agar 1913 yilda og'ir sanoat ulushi 2%ni tashkil etgan bo'lsa (mashinasozlik yo'q bo'lgan sharoitda), 1940 yilda 13,3%ni tashkil etdi. Paxtachilik va yog'moy tarmoqlarining salmog'i 80,7% dan 38% gacha tushib qoldi. Shu bilan birga qishloq xo'jalik xom ashyosini ikkilamchi ishlash bo'yicha tarmoqlarning salmog'i birmuncha ko'paydi. Masalan, oziqovqat sanoatida yangi tarmoqlar unyorma, meva-konserva, sut, sovutish tarmoqlari, yengil sanoatda ip gazlama, pillaga ishlov berish va hokazo tarmoqlar vujudga keldi. Shuningdek, ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlari ishlab chiqaradigan tarmoqlar o'rtasidagi nisbat o'zgardi. Yirik sanoatning umumiy mahsulotida (paxta tozalashdan tashqari) «A» guruhining salmog'i 1940 yilda 32,8% ga yetdi, holbuki, 1928 yilda u 16,3% ni tashkil etgan edi.

Shunga qaramasdan, markaz bilan respublika o'rtasidagi imperiyacha munosabatlar tizimi, yuqoridan tazyiq o'tkazish amaliyoti, buyruqbozlik rasmiyatchilikka asoslangan rahbarlik usullari O'zbekistonning shakllanib kelayotgan yangi sanoatlashgan qiyofasida iz qoldirdi.

Bugungi kunda shu narsa aniqky, sanoatlashtirish siyosatining jadallik bilan amalga oshirilishi milliy iqtisodiyotning mustamlakachilik xususiyatini faqat tashqi tomonidangina yangiladi. U niqoblangan shaklga ega bo'ldi, bunda sanoat umumiy tarzda o'sgan va mamlakat sanoatining tarmoqlari kengaygan bo'lsa ham o'zbek xalqini vahshiyona talash ichki tomondan kuchaydi. O'zbekiston jadal sanoatlashtirish jarayonida yirik sanoat xom ashyo mintaqasiga aylandi, bu yerda metropoliyani rangli va nodir metallar, oltingugurt, tog' mumi, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak bilan samarali ta'minlashga asos yaratildi, bular sovet davlatini xorijiy mamlakatlarga xom ashyo jihatidan qaram bo'lishdan qutqarar edi.

Biroq O'zbekiston sobiq SSSRni sanoatlashtirishga va uning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga muhim hissa qo'shish bilan birga aslida xom ashyo respublikasi bo'lib qolayotgan edi. Ittifoqning umumiy xalq xo'jalik majmuida o'lkamizning ixtisoslashuvi o'zgarmadi. U «inqilobdan oldingi» davrda qanday bo'lsa, ya'ni «qizil imperiya» markaziy mintaqalarining sanoat jihatidan rivojlanish imkoniyatlarini qondirishga qaratilgan bo'lsa, xuddi shunday ahvolda qolaverdi, respublikaning iqtisodiy manfaatlari bilan mutlaqo hisoblashilmadi.

Ortib borayotgan sanoat ishlab chiqarishini kadrlar bilan ta'minlash jarayoni ziddiyatli tarzda davom etdi. Bir tomondan, sanoatlashtirishning shiddatli sur'atlari ishchilar va muhandis-texnik xodimlarning son jihatidan jadal o'sishiga imkon berdi. Masalan, yirik sanoatda ishchilar sinfining son jihatidan o'sishi birinchi besh yillikda 17,9 ming kishidan 62,4 ming kishiga yetib, deyarli 3,5 baravar o'sdi. 1937 yilga kelib sanoat ishchilarining umumiy miqdori 181 ming kishidan iborat bo'ldi.

Mutaxassis kadrlarning ko'payishida ham sezilarli siljish ko'zga tashlandi. Agar 1929 yilda respublikaning sanoat sohasida hammasi bo'lib 232 muhandistexnik xodim ishlagan bo'lsa, 1937 yilga kelib ular 6 ming kishidan oshib ketdi.

Shu bilan birga, O'zbekistonda sanoat kadrlarini shakllantirish jarayonlari buyuk davlatchilik qusurlari bilan noto'g'ri yo'ldan bordi. Sovet davlatining kadrlar siyosati va uning milliy jihatlari markazning mustamlakachilik intilishlarini yaqqol aks ettiradi. U avval boshdan birinchi galda milliy kadrlar tayyorlashni emas, balki kelgindi ish kuchini tayyorlashga qaratilgan edi. Bu jihatdan SSSR davlat reja qo'mitasining sanoat bo'yicha birinchi besh yillik rejasini ishlab chiqish komissiyasining qarori (1927 yil) ajralib turadi, unda «O'rta Osiyo kabi mamlakatlarda yirik sanoatni chetdan keltirilgan ish kuchi asosida darhol vujudga keltirish ma'qulroqdir», deb aytib o'tilgan edi.

Ishchi kadrlar asosai markaziy mintaqalardan keltirilardi. Sovet vaqtida bu jarayon o'zbek xalqiga «baynalmilal yordam ko'rsatish»ning namoyon bo'lishi deb baholandi. Biroq real hayotda ahvol bunday emasdi.

To'g'ri, dastlabki vaqglarda rus ishchilari va mutaxassislarining keltirilishi O'zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga haqiqatan mos kelardi, chunki bu yerda sanoat kadrlarini vujudga keltirishning moddiy negizi nihoyatda zaif edi. Respublikaga kelgan malakali xodimlar sanoatning yangi tarmoqlarini tashkil etish va rivojlantirishda, mahalliy ishchi kadrlar tayyorlashda ishtirok etdilar. Shuni ham aytish kerakki, O'zbekiston shaharlariga keluvchilar oqimi dastlab unchalik ko'p emasdi. Masalan, 1933—1935 yillarda respublika korxonalari va qurilishlariga qariyb 10 ming kishi kelgan bo'lib, ular kadrlar tanqisligiga barham berishi lozim edi. Biroq shundan keyingi yillarda ataylab ko'chirib keltirilganlar soni ortib bordi. Kelgindilar soni endilikda xo'jalik ehtiyojlariga muvofiq emasdi, chunki O'zbekiston o'zining yirik resurslariga ega edi. Ko'chirib keltirish ommaviy tus oldi. Lekin yuz minglab yangi kelganlar orasida tajribali xodimlar bilan bir qatorda, malakasiz xodimlar va boqimandalar tobora ko'payib bordi. Aslida ular ortiqcha ish kuchi edi. U busiz ham respublikada keragidan ortiqcha mavjud bo'lgan mehnat resurslaridan foydalanishda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yanada chuqurlashtirdi.

Bugungi kunda ma'lum bo'lishicha, markaziy mintaqalardan aholining ommaviy ravishda ko'chirib keltirilishi faqat xalq xo'jalik maqsadlarini emas, ko'proq siyosiy maqsadlarni nazarda tutar edi. Ittifoq hukumati «milliy chekka o'lkalar»ni ruslashtirishdan iborat imperiyacha sabablarga amal qilib, O'zbekistonda, xususan, bu yerdagi tayanch tarmoqlarda tarkib topayotgan va «proletariat diktaturasi» davlatining ijtimoiy tayanchi deb qaralayotgan ishchilar sinfi tarkibida rus ishchilari salmog'i ko'proq bo'lishiga ongli ravishda intilardi. Natijada garchi ishchilar sinfining milliy kadrlarini tarkib toptirish yo'lida muayyan qadamlar qo'yilgan bo'lsada, ular son jihatidan o'sgani holda foiz jihatidan ularning salmog'i tushib ketdi. Masalan, 1926 yilda O'zbekiston ishchilari orasida o'zbeklar 50,4%ni tashkil etgan bo'lsa, 1936 yilda — 36,5% ni tashkil etdi. Butunlay Ittifoqqa bo'ysunuvchi yirik sanoat tarmoqlarida bu tafovut yanada yaqqol ko'zga tashlanardi. Bu yerda mahalliy millat ishchilari ulushi 30-yillar oxirlarida 17,2% dan oshmasdi. Texnik ziyolilar orasida mazkur ko'rsatkich 20% dan kamroqni tashkil etardi.

Ikkinchi jahon urushi O'zbekistonning sanoat borasidagi taraqqiyotida o'ziga xos omil bo'ldi. Fashistlar Germaniyasining SSSRga to'satdan hujum qilishi, mamlakatdagi katta hududlarning bosib olinishi respublikamizning front uchun tayanch aslahaxonaga aylanishiga olib keldi. Bu yerda qisqa muddat ichida g'arbiy tumanlardan ko'chirib keltirilgan 100 dan ortiq yirik sanoat korxonalari joylashtirildi va xalqning matonatli mehnati tufayli qisqa fursatda ishlab turgan korxonalar qatoriga qo'shildi. Ular orasida Leningrad to'qimachilik mashinalari zavodi, «Rostselmash», Moskvadagi «Elektrokabel» va «Pod'emnik» zavodlari, Chkalov nomli Aviatsiya zavodi, Kiyevning «Transsignal», Stalingrad kimyo kombinati va boshqa korxonalar bor edi. Bular tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ob'ektiv ravishda ko'maklashuvchi bir qator sifat jihatidan yangi sanoatlashgan tarmoqlarga asos solinishiga olib keldi. Ular jumlasiga aviatsiya, elektr kabel, kimyo va to'qimachilik asbobskunalari, ishlab chiqarish korxonalarini kiritish mumkin. Industrial ishlab chiqarish tarkibida ham sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. Chunonchi, og'ir sanoatning salmog'i 1940 yildagi 13,3% dan 1944 yilda 52,2% ga yetdi.

Biroq urush g'alaba bilan yakunlanib, O'zbekistonning alohida harbiy industrial rivojlanishiga ehtiyoj qolmagach, respublika iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanish yo'li yana tiklandi. Natijada vatanimiz sanoatining hajm ko'rsatkichlarini ko'paytirishda tashqi tomondan ijobiy o'zgarishlar sodir bo'lishiga qaramasdan, xom ashyo yo'nalishiga qaratilgan yo'l jiddiy ravishda chuqurlashdi. Urushdan yangi sharoitda xom ashyoga birlamchi ishlov berish bilan band bo'lgan tarmoqlar ayniqsa rivojlantirila boshladi. O'zbekiston mustaqillikni qo'lta kiritish arafasida mamlakat sanoatida tayyor mahsulot ulushi umumiy hajmning faqat 25%i ni tashkil etganligi ham ana shundan yaqqol dalolat beradi.

60—80-yillarda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi ham xalq xo'jaligi tuzilishiga halokatli ta'sir qilganligi ko'zga tashlandi, bu davrda respublika sanoat ishlab chiqarishining ko'payishi deyarli to'la-to'kis faqat paxta tozalash, yoqilg'i sanoati, qora va rangli metallurgiyaning xom ashyo va resurs tarmoqlari hisobiga ta'minlandi. Natijada ularning ulushi 60—65%ga yetdi, holbuki, mashynasozlik va metallga ishlov berish salmog'i boro'g'i 2 band yuqori ko'tarildi va ko'pi bilan 16%ni tashkil etdi.

Asossiz va iqtisodiy jihatdan nomaqbul ichki ittifoq aloqalari respublika tanasiga yomon o'simta singari yopishib olgan bo'lib, bunday sharoitda O'zbekistondan asosan xom ashyo va chala mahsulotlar tashib ketilardi, respublikaga esa asbob-uskunalar va tayyor mahsulotlar keltirilardi. Xususan, davlat mustaqilligi arafasida respublikadan tashib ketilgan mahsulotlarning uchdan ikki qismini xom ashyo va materiallar tashkil etgan bo'lsa, bu yerga keltirilgan mahsulotlarning 60%i mashinalar, asbobskunalar, yengil va oziq-ovqat sanoati mahsulotlaridan iborat edi.

Vatan iqtisodiyotining haddan tashqari ixtisoslashuvi natijasida butun sovet tarixi mobaynida o'lkamiz xalq xo'jaligida qishloq xo'jaligi bilan bir qatorda, xom ashyoga birlamchi ishlov berish tarmoqpai ustunlik qilib keldi, tayyor mahsulotlar, birinchi navbatda, xalq iste'mol mollari ishlab chiqaradigan tarmoqlar unchalik salmoqpi o'rin egallamadi. Masalan, to'qimachilik, tikuvchilik, trikotaj ishlab chiqarishi ma'lum darajada rivojlangan bo'lishiga qaramay, ularda o'z xom ashyomizdan tayyor buyumlar chiqarish 2% dan oshmasdi. 80-yillarda O'zbekistonda xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish o'rtacha Ittifoq darajasining faqat 40%iga yetgan edi. Bunday mahsulotlarni aholi jon boshiga ishlab chiqarishda respublika Boltiq bo'yidan 4-5 baravar, Rossiyadan 2,5 baravar orqada edi. G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolish esa bundan ham ko'proq darajada ko'zga tashlanardi. Buning ustiga o'lka aholisi tabiiy va mexanik ravishda yuqori sur'atlar bilan ortib bo rayotgan bir sharoitda 700-yillarda keng iste'mol mollariga bo'lgan ehtiyojning qondirilmay qolishi har yili 8—9 mlrd. so'mni tashkil etardi va yiliga 600—800 mln. so'm ko'payib borardi.

Respublikada urushday keyingi davrda ro'y bergan bunday xavfli nomutanosiblikka hech kim e'tibor bermagan, deb aytib bo'lmaydi. Ko'pgina sof vijdonli va necha marta bu masalaga e'tiborni tortgan edilar. Tadbirkor kishilar, shu o'sha yillardagi obro'li siyosiy rahbari Sh. R. Rashidov o'lkaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir yo'nalishlarni ishlab chiqishga asosli ravish jumladan, O'zbekistonningda yondashishga urinishlar Markaz tomonidan har doim mahalliychilik, «umumittifoq ustivor yo'nalishlari»dan chekinish deb qabul qilindi va to'g'ridan-to'g'ri siquvlarga, markazlashgan holda ajratiladigan moddiy resurslar va mablag'larni cheklab qo'yishga, ma'muriy-siyosiy ta'qiblarga sabab bo'ldi.

Ittifoqning hukm, farmon va rejalashtirish organlari O'zbekistonga belgilangan umumittifoq ixtisoslashuvi yo'nalishlari doirasida tegishli topshiriqlarni hadeb tiqishtiraverardi. Respublikaga ajratilgan byudjet mablag'lari esa odatda ana shu topshiriqlarni bajarishgagina yetardi, xolos. O'lka hududini kompleks rivojlantirishga, avvalo ijtimoiy sohani rivojlantirishga doir boshqa muammolar zarur mablag'lar vd resurslar bilan ta'min etilmasdi. Bu borada ortib qolgan puldan foydalanish printsipi hukmronlik qilardi.

Markazning 50—80~yillarda O'zbekistonga nisbatan o'tkazgan iqtisodiy siyosatining mohiyati avvalgidek uning tabiiy boyliklarini vahshiyona talonaroj qilishga intilishdan iborat bo'ldi. Lekin agar avvalgi bosqichlarda asosiy diqqat'ti bor qishloq xo'jalik xom ashyosini tinimsiz tortib olishga qaratilgan bo'lsa, endilikda, ya'ni tegishli moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratilgandan keyin esa, qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan bir qatorda, tabiiy foydali qazilmalarni tortib olishning mustamlakachilik amaliyoti ayniqsa keng quloch yozdi.

Ma'lumki, chor mustamlakachiligi davridayoq Turkistonning yer osti boyliklarini o'zlashtirishning imperiyacha strategiyasidan kelib chiqib, O'zbekiston hududida 20 xilga yaqin foydali qazilmalar topilgan edi. Sovet hukmronligi sharoitida aytib o'tilgan tamoyillar bo'yicha avj oldirib yuborilgan keng miqyosdagi geologiyaqidiruv ishlari jarayonida 70-yillarning o'rtalariga kelib mineral xom ashyolarning 90 dan ortiq turi aniqlandi, ular 700 dan ortiq konlarda mavjud edi. Amalda respublikada Mendeleyev jadvalidagi barcha elementlar, shu jumladan, neft, gaz, oltin, kumush, uran, rangli va nodir metallar, kaolin, plavikli shpat, marmar, boksit, fosforit va boshqa qimmatbaho foydali qazilmalar topildi. 80-yillarning oxirlariga kelib, respublikada 370 ta ma'day konlari mavjud bo'lib, ular yiliga 200 mln. tonnadan ortiq hajmdagi mineral xom ashyo qazib olish imkonini berardi.

Biroq o'zbek xalqi qimmatli rangli va nodir metallar, yoqilg'i mineral resurslarning noyob xazinasiga ega bo'lgani holda, o'z hududidagi ana shu konlarning boyliklaridan mustaqil ravishda foydalanish huquqidan mahrum etilgan edi. Chor rejimidan keyin O'zbekistonning tabiiy xazinasini markazni boyitishga to'la-to'kis xizmat qildirishga intilgan ittifoq rahbariyati kon sanoatini jadal rivojlantirishga ongli ravishda e'tiborni kuchaytirdi. Ishlov berish sanoati korxonalari tashkil etilsa ham, ularning aksariyat ko'pchiligi ishlab chiqarishning texnologik davriyligi tugallanmagan korxonalardan iborat bo'lardi. Bu davriylik birlamchi ishlov berish bosqichidan nariga o'tmasdi. Natijada o'lkada qazib chiqariladigan mineral xom ashyoning asosiy qismi chala mahsulotlar (masalan, kontsentrat yoki birlamchi metall) tarzida tashib ketilardi.

O'lkamiz yer osti boyliklarini kommunistik metropoliyaning imperiyacha xazinasiga aylantirishning yetakchi yo'nalishlaridai biri qarab chiqilayotgan davrda O'zbekistonning yoqilg'i energetika resurslaridan, birinchi galda gazdan foydalanish doirasini shiddat bilan kengaytirish bo'ldi. Masalan, agar 1960 yildan 1975 yilgacha respublikadagi organik yoqilg'ini ishlab chiqarish umuman 9,8 baravar oshgan bo'lsa, gaz qazib olish 72 baravar oshirildi.

Gaz tarmog'iga diqqat e'tiborning kuchayganligiga sabab shu ediki, umumittifoq ishlab chiqarishida O'zbekiston ko'miri va neftining salmog'i o'sha davrda qidirib topilgan zaxiralari bo'yicha unchalik ko'p emasdi. Bu salmoq 1970 yilda ko'mir bo'yicha 0,42, neft bo'yicha 0,5% ni tashkil etardi. Buning oqibatida neft va ko'mir sanoaty ichki respublika ahamiyatiga ega bo'lib qolgan edi. Aksincha, gaz sanoati umumittifoq ahamiyatidagi ixtisoslashuvga ega bo'lgan edi. Bunga sabab respublikada tabiiy gazning g'oyat boy konlari ochilgan edi.

O'zbekistonning gaz mavjud bo'lgan tumanlarida faol geologiya-qidiruv ishlari olib borishga 50-yillarning boshlaridayoq kirishilgan edi. O'sha davrda Jarqo'rg'on, Qorovulbozor, Sariqtosh, Setalyantepa gaz konlari ochildi. Lekin 1959 yilgacha aslida respublikadagi gaz sanoati ancha zaif rivojlangan edi. «Zangori olov»ning qidirib topilgan sanoat zaxiralari 1958 yilda hammasi bo'lib 24 mlrd. kub metrni tashkil etgan edi.

Buxoro — Xiva geologiya mintaqasida (Gazli, 1956), Kogon hududida (1955—1956), Shimoliy va Janubiy Muborakda (1958), Uchqir (1962), O'rtabuloq va Kultakda (1962—1963) yirik tabiiy gaz konlarining, shuningdek, Hisor tog'larining Janubiy-g'arbiy tizmalarida Odamtosh kondensat konining (1962), Ustyurt yassi tog'i istiqbolli gaz qatlamlarining topilishi bilan ahvol o'zgardi.

G'oyat boy tabiiy gaz konlarining ochilishi O'zbekistonni sobiq SSSRning gazga boy yetakchi tumanlari qatoriga olib chiqdi. 60-yillarning o'rtalaridayoq tabiiy gaz zaxiralari bo'yicha respublikamiz ittifoqda beshinchi o'rinni egalladi. O'zbekistonning umumiy tabiiy gaz potentsiali resurslari 1966 yil 1 yanvarga bo'lgan ahvolga ko'ra 3,1 trillion kub metr yoki ittifoqdagi barcha gaz zaxiralariiiig 4,8%iga teng deb baholandi.

Qimmatli mineral xom ashyo hisoblangan tabiiy gaznint ulkan istiqbolli resurslari mavjudligi markazning bu gazni qazib olishga bo'lgan qiziqishini oshirib yubordi. Natijada 1960 yildan 1975 yilgacha bo'lgan davrda gaz qazib olish 446,6 mln. kub metrdan 33700 mln. kub metrga yetdi. Umumittifoq gaz qazib chiqarishida respublikaning ulushi 1960 yildagi 1% dan 1971 yilda 15,3% ga ko'tarildi.

Ob'ektiv jihatdan olganda, ulkan tabiiy gaz zaxiralarining mavjudligi O'zbekiston oldida respublikaning keskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, aholining moddiy farovonligi va maishiy turmush darajasini oshirish uchun keng imkoniyatlar ochib bergan edi. Biroq imperiyacha munosabatlarning tahqirlovchi tizimida bo'lgan O'zbekiston o'zining nihoyatda boy tabiiy xazinasini mustaqil ravishda tasarruf qila olmasdi. Avval boshdan o'zbek paxtasi kabi o'zbek gazi ham markaz tomonidan tortib olinadigan umumittifoq ishlab chiqarish ixtisoslashuvining yangi tarmog'iga kiritildi. Masalan, 1958 yildayoq KPSS MQ va SSSR Vazirlar Kengashining qaroriga muvofiq Buxoro — Ural gaz quvurini jadal barpo etish vazifasi qo'yilgan bo'lib, bu magistral sobiq ittifoqning mazkur muhim harbiysanoat mintaqasini barqaror yoqilg'i bazasi bilan ta'minlashi lozim edi.

«Do'stlik» gaz quvuri 4500 km. ga cho'zilgan edi. Uning 60-yillardagi gaz o'tkazish qobiliyati sutkasiga 68 mln.  qub metrni tashqil etardi. Shundan keyingi davrda O'rta Osiyo Markaz gaz magistralini barpo etish avj oldirib yuborildi, bu esa faqat sobiq mamlakatning markaziy tumanlarini gaz bilan ta'minlab qolmasdan, shu bilan birga uni chetga chiqarish imkoniyatini ham bergan edi. 80-yillarning boishariga kelib O'rta Osiyo Markaztrans kontinental gaz quvurining quvvati yiliga 50,7 mlrd. kub metrga yetdi.

O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilinishi arafasida O'zbekiston tabiiy gaz qazib olish umumiy hajmi bo'yicha (40 mlrd. kub metrdan ortiq) jahonning gaz qazib oluvchi 50 dan ortiq mamlakatlari orasida 8-o'rinni egalladi. Respublika aholi jon boshiga gaz qazib chiqarishda AQSh bilan 12—13-o'rinlarni bo'lib olishdi, bunda kishi boshiga 2 ming kub metr gaz to'g'ri kelardi. Sanoat sohasi va uy-joylarni gazlashtirish darajasi bo'yicha birinchi o'rinlardan birini egallaydigan Qo'shma Shtatlardan farqli o'laroq, O'zbekiston zaif rivojlangan mamlakat darajasida qolaveradi. Xususan, 70-yillarda ham, 80-yillarda ham respublikada xalq xo'jalik ehtiyojlari uchun qazib olingan gazning chorak qismidan kamrog'i, shu jumladan qishloq xo'jaligida 1% dan ko'prog'i ishlatilardi. Uy-joy fondini gazlashtirish salmog'i nihoyatda past edi, bu hol ayniqsa qishloq joylarida yaqqol ko'zga tashlanardi, darvoqe qishloqda aholining aksariyat qismi yashardi. Misol uchun, 1989 yilda gazdan foydalanadigan qishloq aholisi ulushi Andijon viloyatida 23,7 va Namangan viloyatida — 37,1% ni tashkil etardi. Hatto ittifoqning Yevropa qismiga va chet ellarga gaz yetkazib beradigan Buxoro viloyatining o'zida ahvol nihoyatda achinarli edi. O'zbekiston gazi asosan respublikadan tashqariga yuborilardi. Faqat 1966—1970 yillarning o'zida markaziy mintaqalarga 100 mlrd. kub metrdan ko'proq gaz yoki butun qazib olingan gazning 75,5%i yuborildi. Bu nisbat keyinchalik ham saqlab qolindi.

Ittifoq hukumati O'zbekistonning ehtiyojlarini nazar-pisand qilmay, gaz yetkazib berishni jadallik bilan ko'paytirib borishni qattiq turib talab qilardi. Reja topshiriqlari go'xtovsiz ortib borardi. 80-yillarda bu topshiriqpar 250 mlrd. kub metrdan oshib ketdi. Bunday vahshiyona yondashuv shunga olib keldiki, 70-yillarning o'rtalaridayoq Farg'ona vodiysidagi ko'pgina gaz konlarida, keyinroq esa mashhur Gazli konida ham gaz tugab qoldi.

Markaziy hukumat O'zbekistonning ittifoq ixtisoslashuvida xom ashyo bazasi bo'lib qolishita alohida ahamiyat berib, rangli va nodir metallar konlarini o'zlashtirishni faollik bilan rejalashtirdi. Bu metallarta qiziqish shuning uchun katta ediki, urushdan keyingi yillarda sobiq Ittifoq sanoati yetakchi tarmoqlari  radio-elektronika, mashinasozlik, atom va reaktiv texnika va shu kabilarning jadal rivojlanishi rangli metallarning qo'llanishi bilan bog'liq edi. Ikkinchi tomondan, rangli va nodir metallar majmui sovet davlati eksport potentsialining alohida moddasini tashkil etardi.

O'zbekistonning rangli va nodir metallar yetkazib berish bo'yicha tayanch mintaqa sifatidagi roli urush vaqtidayoq ma'lum bo'lgan edi, o'sha vaqgda respublikada topilgan zaxiralar va bu yerga ko'chirib keltirilgan qayta ishlovchi zavodlarning asbob-uskunalari asosida bir qator rangli metallurgiya zavodlari tashkil etildi, ular mudofaa sanoatining bu qimmatbaho xom ashyoga bo'lgan ehtiyojini qoplashi lozim edi.

Urushdan keyingi davrda ittifoq hukumati markazning xudbinlik manfaatlariga amal qilib, ma'dan konlarini jadallik bilan aniqlash va ularni sanoat jihatidan o'zlashtirish yo'lini kuchaytirdi. Bu jihatdan Angren-Olmaliq kon-sanoat tumaniga va Qizilqum sahrosining ajoyib ma'dan mintaqasiga ayniqsa katta e'tibor berildi, ular o'z bag'rida amalda barcha turdagi rangli, noyob va asl metallarni saqlar edi.

50-yillarda rangli metallurgiya sohasida asosan kon qazish sanoagi mavjud edi. Lekin bu strategik jihatdan muhim bo'lgan mazkur qimmatbaho mahsulotlarni markazga keng ko'lamda tashib ketish borasida jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Ayni jihatdan sovet davlatiga ma'dan qayta eritib, birlamchi metallga qodir sanoat ishlab chiqarishini O'zbekistonning o'zida yo'lga qo'yish foydaliroq edi. Shu sababli 60-yillardan boshlab O'zbekistonda qazib olinadigan polimetall ma'danlarga metallurgiya ishlovi beradigan korxonalarga asos solina boshladi. Natijada rangli metallurgiya kon-qazib olish sohasidan kon-metallurgiya sohasiga aylana boshladi. 70-yillarning o'rtalarida bu sanoat Olmaliq va Muruntov kon-metallurtiya kombinatlarini, O'zbekiston qattiq qotishmalar va o'tga chidamli metallar qombinati, Ingichka, Qo'ytosh ruda boshqarmasi va «O'zbekoltin» kombinatini o'z ichiga olardi. Rangli metallurgiya og'ir sanoatning yirik tarmog'iga aylantirildi. Respublikaning ma'dan konlari va ochiq konlaridan har yili 40 mln. kub metrdan ziyodroq kon massasi qazib olinardi.

Konmetallurgiya ishlab chiqarishining keng miqyosda avj oldirilishi O'zbekistonning industrial qiyofasini o'zgartirishga sabab bo'ldi. Masalan, markaziy Qizilqum sahro tumanlarining sanoat jihatidan o'zlashtirilishi oltin va uran qazib olish sanoatining paydo bo'lishini taqozo etdi, u yerda Navoiy konetallurgiya kombinatining qurilishi mis va qo'rg'oshin-rux sanoatining rivojlanishiga turtki berdi. Chirchiqda qattiq qotishmalar va o'tga chidamli metallar kombinatining qurilishi volframolibden sanoatining taraqqiy etishiga sabab bo'ldi. 70-80yillarda kobalt, nikel, vismut, magniy, reniy, palladiy, shuningdek, boshqa nodir va asl metallar qazib chiqarish sezilarli ravishda rivojlandi.

Umuman, 80-yillarning o'rtalariga kelib asosiy rangli metallarning yalpi eritilgan miqdori O'zbekistonda 180 ming tonnadan ko'proqni tashkil etdi. Ular ichida yetakchi o'rinni mis ishlab chiqarish egalladi. Mustaqillik qo'lga kiritilgan vaqtga kelib respublikamiz hissasiga har yili SSSRda eritiladigan taxminan 1,3 mln. tonna misning 7 %i to'g'ri kelardi. Bu qariyb 90 ming tonna tozalangan mis degani edi. Rux, qo'rg'oshin, molibden, volframning ishlab chiqarilgan umumiy miqdori yiliga 50 ming tonnani tashqil etardi.

O'zbekiston oltin qazib olishda yetakchi o'rinlardan birini egallardi. Uning birinchi quymasi 1969 yil iyun oyida Zarafshon oltin chiqarish zavodida olingan edi. 80-yillarning oxiriga kelib respublikada har yili 50 tonnaga yetkazib «sariq metall» eritilardi. Respublika oltin yetkazib berish bo'yicha SSSRda asosiy o'ringa chiqib olgan bo'lib, umumittifoq oltinining qariyb 50% ni yetkazib berardi. 70— 80-yillarda uran ishlab chiqarish kengaydi, uning zaxiralari bo'yicha o'lkamiz dunyoda 7—8-o'rinni egallardi. Eng so'nggi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, har yili O'zbekiston yer osti konlaridan taxminan 5,5 mlrd. dollar miqdorida foydali qazilmalar olingan. Biroq «oltin, qimmabaho va rangli metallar, strategik materiallar jahon bozorida xaridorgir bo'lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromad, — I. A. Karimov ta'kidlab o'tganidek, — O'zbekiston g'aznasiga kelib tushmasdi». Respublika tabiiy, xom ashyo resurslari va o'zi ishlab chiqargan mahsulot qayerga ketayotganidan, uni eksport qilishdan olingan daromad kimning cho'ntagiga kelib tushayotganidan butunlay xabarsiz edi.

Mustabid-imperiyacha tuzum o'zbek xalqini o'z milliy boyligini tasarruf qilish huquqidan mahrum etgan edi. Hatto O'zbekiston hukumati Markazning imperiyacha irodasi bilan kon sanoati majmuini boshqarish va uning noyob mahsulotidan xalq manfaatlari yo'lida foydalanish imkoniyatidan «temir parda» bilan to'sib qo'yilgan edi. O'zbekiston yarim mustamlaka holatida bo'lganligi sababli qimmatli metallarni qazib olish va qayta ishlash bilan bog'liq barcha korxonalar, ittifoq ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa tarmoqlar, shu jumladan, Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, neft-kimyo kombinatlari, gazni qayta ishlovchi zavodlar bevosita Markazga bo'ysunardi. Ular ittifoq Hukumatining mulki bo'lib, bu korxonalarni respublikada o'rta mashinasozlik vazirligi (u sobiq SSSRning raketadro majmuini boshqarardi), rangli metallar, gaz va kimyo sanoati vazirliklari, boshqa markaziy idoralar uning nomidan boshqarardi. Islom Karimov bu tahqirlovchi holatni ko'rsatib o'tar ekan, quyidagilarni qayd qilgan edi: «Respublika hududida joylashgan ko'pgina korxonalarning asosiy qismi respublika ichki bozori uchun emas, balki tashib ketish uchun tovarlar ishlab chiqarardi. Bizga ko'pincha hatto respublika hududida nimalar, qanday hajmda ishlab chiqarilishini, qanchasi tashib ketilishini, kimga qanday bahoda sotilishini bilish imkoni berilmasdi. Bularning hammasi qat'iyan sir saqpanardi. Respublikaning ulkan tabiiy potentsialidan foydalanilardi-yu, lekin daromadlar uning chegaralaridan ancha uzoqda qolib ketardi».

O'zbekistonning yer osti boyliklaridan qimmatbaho resurslarni so'rib olgan ittifoq korxonalari nari borsa, olingan foydaning bor-yo'g'i 1%ini mahalliy byudjetga o'tkazishardi. Bu talonchilik mexanizmi milliy iqgisodiyotni tag-tugi bilan quritib, o'zbek xalqini xonavayron qilardi. Oltin, nodir rangli metallar, uran va boshqa strategik xom ashyo favqulodda maxfiylik niqobi ostida o'lkamizdan tashqariga amalda tekinga olib ketilardi. Masalan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori Nikolay Kucherskiyning eslashicha, «... o'rta mashinasozlikning ... arzandasi bo'lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati sun'iy ravishda nazardan yiroqda saqlanardi. Ommaviy axborot vositalarida uning ishlab chiqaradigan mahsulotining haqiqiy miqdorlari haqida sha'ma qilishga ham yo'l qo'yilmasdi. Jazirama Qizilqum qumliklarida to'satdan qad ko'targan ulkan sanoat korxonasi faoliyatining asosiy yo'nalishi — uran qazib olish haqida ham lom-mim deyilmasdi. Kombinat rahbarlari oldiga AQShda uran qazib olish haqidagi ma'lumotlar qo'yilganda, ular ajablangan holda iljayib qo'ya qolishardi. Chunki kombinat shuncha miqdordagi mahsulotni atigi uch oy mobaynida ishlab chiqarardi...».

Oltin qazib chiqarish alohida qatorda qayd etilardi. Mamlakat Muruntovda ko'i miqdorda oltin ma'dani borligini bilardi, mashhur Sibir va Uzoq Sharq oltin konlari uning oldida rangsizroq bo'lib ko'rinardi. Biroq Muruntovdagi oltin qazib olish sanoati Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishlab chiqarish majmuining faqat bir qismi ekanligini kamdan-kam kishilar bilishardi. N. Kucherskiyning so'zlariga qaraganda, «kombinat konchilari qaynoq qumlar ostidan qazib oladigan boyliklar yiliga milliard dollarlab foyda keltirardi. Uning qiymatini butun O'zbekiston vohasida yetishtiriladigan jami paxta tolasi bilan qiyoslasa bo'lardi».

O'zbek xalqining milliy boyliklarini tekinga tashib ketish mexanizmi o'ta sir saqlanardiki, bu respublikaning umumittifoq iqtisodiy qozoniga qo'shayotgan o'z hissasidan mutlaqo xabarsiz qolishini ko'zda tutar edi. Bu maxfiylik hatto sovet hokimiyati yillarida respublikadan qancha oltin tashib ketilganligi va O'zbekiston uning qancha qismini ittifoq hukumatidan qaytarib olganligini hatto taxminan qiyoslab ko'rishga ham imkon bermasdi. U misli ko'rilmagan darajada ko'p edi. I. A. Karimov ta'kidlab o'tganidek, faqat sovet hokimiyatining so'nggi 15 yili mobaynida «markaz ehtiyojlari uchun eng kam deganda 35 milliard dollarlik miqdorda paxta va oltin olib ketilgan». Umuman olganda esa, ana shu davrda markaziy mintaqalarga olib ketilgan tabiiy qazilma boyliklar qiymati 75 milliard dollardan ortiq edi. O'zbekiston qishloq xo'jalik xom ashyosini yetkazib berish va uni qayta ishlashdan sovet davlatining olgan daromadi, kamtarona hisobkitoblarga qaraganda, qariyb 600 mlrd. so'mni tashkil etgan. Faqat 80yillarda O'zbekistondan tashqariga har yili 9 mlrd. so'mlik miqdorda mahsulot yuborib turilgan. Respublika davlat byudjetiga berilgan Ittifoq dotatsiyalari miqdori esa o'rta hisobda 1,5 mlrd. so'mni tashkil etgan.

O'zbekistonning tabiiy muhitiga jiddiy zarar yetkazishda qishloq xo'jaligini yoppasiga kimyolashtirish yo'li alohida rol o'ynaydi. Shu bilan birga, sanoat qurilishidagi sonsanoqsiz nuqsonlar ham ekologik vaziyatning keskin yomonlashuviga ta'sir ko'rsatdi.

Ittifoq vazirliklari va idoralari respublikada hukmdorlik bilan ish ko'rgan davrda o'z faoliyatlari qanchalik uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib kelishi bylan hisoblashib o'tirmadilar. Masalan, direktiv ko'rsatmalarga muvofiq sovet hokimiyatining so'nggi o'n yilliklarida O'zbekistonda kimyo va neftkimyo tarmoqlari jadal sur'atlar bilan rivojlantirildi. 17 yil mobaynida — 1970 yildan 1987 yilga qadar bu tarmoqlar mahsulotining umumiy hajmi 4,5 baravar ortdi. Kimyo sanoati korxonalari minerl o'g'itlar, zaharli kimyoviy moddalar, kir yuvadigan sintetik vositalarni, ya'ni ob'ektiv jihatdan tabiiy muhitga va kishilar salomatligiga xavf tug'diradigan hamma narsani ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi.

Ma'lumki, sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlarda kimyo korxonalari odatda shahar chegarasidan tashqarida va sinchiklab ekologik ekspertiza o'tkazilgandan keyin barpo etiladi. Biroq sovet voqeligi sharoitida markaziy hokimiyat ekologik xavfsizlik haqida (ayniqsa, «milliy chekka o'lkalar»da) bosh qotirib o'tirmadi. Buning natijasida O'zbekistondagi kimyoviy ob'ektlar bevosita shaharlarda qurildi. Shu bilan birga mablag'larni tejash, sanoat mahsulotini tezroq ishlab chiqarish zarurligini bahona qilib, hukmron organlar kimyo korxonalarini tozalash inshootlarisiz, Ekologik himoya sikli tugallanmasdan turib ishga tushirilishiga e'tiborsiz qaradilar.

Ittifoq rahbariyati gomonidan tabiatdan foydalanishga bepisandlik bilan qarashning singdirilishig ekologiya muammolariga jiddiy e'tibor berilmasligi kimyo korxonalarini Uzbekiston aholisi yashaydigan muhitni zaharlashning xavfli o'chog'iga aylantirish imkonini berdi. Masalan, zarur tozalash inshootlarining yo'qtigi natijasida Chirchiqdagi «Elektronrom» ishlab chiqarish birlashmasi har yili Chirchiq daryosiga deyarli 230 mln. kub metr ifloslangan suvni tashlab kelgan, holbuki, bu daryo Toshkentni ichimlik suv bilan ta'minlaydi. Olmaliq konetallurgiya kombinagi ham atmosferani kuchli ifloslantiruvchi korxona bo'lib keldi. Faqat uning bitta trubasi yiliga tarkibida 150 ming kub metr oltingugurt bo'lgan zararli gazni havoga chiqarib tashlardi. Umuman, ekologlarning ma'lumotlariga qaraganda, sanoat korxonalari to'plangan tumanlarda atmosfera havosi 70—80-yillar chegarasida azot oksidi, ammiak, molibden va volfram changlari, qo'rg'oshin, mis, rux, margimush, organik kislotalar, efir moylari bilan halokatli tarzda zararlangan edi. Xususan, 1985 yilda Olmaliq va Angrenda yo'l qo'yiladigan eng kam kontsentratsiya miqdori 12 baravar, Navoiy, Samarqand, Toshkentda — 13, Chirchiqtsa 21 baravar oshib ketgan edi. Shaharlarda tabiatga yetkazilgan xavfli zarbalar respublika qishloq xo'jaligini yoppasiga kimyolashtirish bilan qo'shilib, xalq hayotiga real xavf tug'dirdi.

Sanoat korxonalarini kadrlar bilan ta'minlash siyosatida qo'pol kamchiliklarga yo'l qo'yildi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarii joylashtirishning mustamlakachilik andozasi bilan bog'liq bo'lgan bu siyosat markazning o'zbek xalqi milliy manfaatlarini nazar-pisand qilmasligini yaqqol ko'rsatdi.

Qarab chiqilayotgan davrda (avvalgi davrlarda bo'lgani kabi) mahalliy aholining asosan texnikaviy jihatidan mukammal bo'lmagan, mexanizatsiya va avtomatlashtirish darajasi past bo'lgan ijtimoiy ishlab chiqarishning an'anaviy tarmoqlarida to'planganligi va fantexnika taraqqiyotini belgilab beradigan sohalarida kam sonli ekanligi Markaz amalga oshirib kelgan kadrlar siyosatining yaroqsizligini yaqqol namoyon etdi. Xususan, ishchilar sinfining industrial milliy kadrlari asosan yengil (67,5%) va oziq-ovqat (59%) sanoatida to'plangan edi. O'zbek ishchilari og'ir sanoat tarmoqlarida ancha kam topilardi. Masalan, rangli metallurgiyada ular 31,4%ni, mashinasozlik va metalga ishlov berish tarmoqlarida 32,3, kimyo va neftkimyo tarmoqlarida 35,2%ni tashkil etardi. Ko'pgina korxonalarda, ayniqsa ittifoqqa bo'ysunuvchi korxonalarda bu ko'rsatkichlar tag'in ham pastroq edi. Chunonchi, «Pod'yomnik» zavodida 80-yillarda mahalliy millat vakillari bo'lgan shaxslarning salmog'i umumiy ishlovchilar sonining 10%iga, Olmaliq konmetalllurgiya kombinatida — 12,8, Toshkent traktor birlashmasida 17,8%, «Texnolog» ilmiyishlab chiqarish birlashmasida 13,1%ga teng edi. Umuman, 1989 yilda xalq xo'jaligida band bo'lgan 5,3 mln. kishidan o'zbeklar sanoat ishlab chiqarishida atigi 0,7 mln. kishini tashkil etardi.

Ittifoq mafkurachilari mazkur ko'rsatkichni shunday soxta nazariy uydirma sifatida «tushuntirish» maqsadida mahalliy aholi, xususan, o'zbeklar go'yo, — Islom Karimov ko'rsatib o'tganidek, — yirik industrial ishlab chiqarish sharoitida mehnat qilishga o'rganmagan va mehnat qila olmas emishlar, ular qayta ishlovchi tarmoqlardagi, xizmat ko'rsatish sohasidagi ishlarga ko'proq moyil emishlar. Bu nuqsonlarning sabablari sovet hokimiyatining imperiyacha xususiyatida, markazning respublikaga mustamlakachilik-iste'molchilik munosabatida bo'lganlishda, o'lkani muntazam ravishda ruslashtirib borish siyosatida edi.

Bugungi kunda shu narsa aniqki, o'nlarcha yillar mobaynida mahalliy aholi yirik sanoat ishlab chiqarishidan begonalashtiryb kelindi; butun-butun sanoatlashgan tumanlar ataylab mahalliy aholining juda kam ishtiroki bilan, asosan sobiq SSSRning markaziy mintaqalaridan ishchilar jalb qilish hisobiga tashkil etildi va rivojlantirildi.

Hali 20—30-yillardagy «buyuk burilish» jarayonidayoq stalincha sanoatlashtirish va ommaviy jamoalashtirish paytidayoq respublika sanoati hududiy joylashtirishning g'ayrimilliy, aslida mustamlakachilik andozasiga asos solingan edi. U mahadliy aholi bilan kelgindi yevropalik aholi o'rtasidagi so'ziga xos mehnat taqsimotini belgilab berdi. Mahalliy aholi paxta yakkahokimligi va dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning ortib borayotganidan azob chekayotgan qishloq xo'jaligida ko'pchilikni tashkil etardi. Ko'chirib kelingan yevropaliklar esa shaharlarda, avvalo og'ir sanoatning muhim tarmoqlarida va aqliy mehnat sohasida, ya'ni ancha yaxshi haq to'lanadigan sohada mehnat qilishardi.

Shundan keyingi bosqichlarda bu yondashuv sezilarli ravishda kuchaytirildi. Natijada ilgari yashirin ravishda tashlangan mustamlakachilik urug'lari avj olib «o'sa boshladi». Masalan, ko'p yillik sun'iy tashqi mifatsiya oqibatida yirik shaharlarda mahalliy aholining salmog'i 30—35%dan oshmasdi. Respublika sanoati haddan tashqari hududiy markazlashgan edi. 80-yillarda respublikaning 5% hududida butun vatan sanoat salohiyatining 65%dan ko'prog'i to'plangan edi. Odatda sanoat ob'ektlari yirik shaharlarda qurilardi. Masalan, Toshqentda va Toshkent viloyatida mustaqillik arafasida O'zbekiston sanoat bazasining deyarli yarmi to'plangan edi. Bunday siyosatga markazning o'lkadagi ijtimoiydemografik vaziyatni e'tiborga olmaganligi sabab bo'lgandi.

Sanoat korxonalarini butun respublika bo'yicha oqilona joylashtirish ijtimoiy-ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga, milliy kadrlar tayyorlashga qo'shimcha ravishda sarmoyalar ajratilishini talab qilardi. Yirik shaharlarda esa bunday muammolarni hal qilish birmuncha osonroq kechardi. Bu shaharlarda avvaldan zarur kommunikatsiyalar, xom ashyo keltirish va mahsulotni jo'natish uchun transport qatnaydigan yo'llar mavjud edi. Taklif etilgan ishchi kadrlar va mutaxassislarni tegishli maishiy shart-sharoitlar bilan ta'minlash masalasi ham osonroq hal etilardi.

Birinchi qarashda sanoat ob'ektlarini yirik shaharlarda barpo etishning muayyan iqtisodiy foydasi bor edi. Biroq ular qisqa muddatli xususiyatga ega edi. Uzoq muddatli oqibatlar esa nihoyatda noxush bo'lardi. Ular mamlakat iqtisodiyotining mustamlakachilik yo'nalishini chuqurlashtirardi. Oqilona nuqtai nazardan olganda ish kuchini chetdan keltirishning keng miqyos kasb etishini tushuntirish ayniqsa qiyin edi. Chunki respublikada ortiqcha mehnat kuchlari mavjud edi. Shu bilan birga, mehnat resurslarining jadal o'sishi mahalliy aholi hisobiga to'g'ri kelardi. 80-yillarning o'rtalarida o'lkamiz mahalliy aholisi orasidagi ishsizlarning o'rtacha yillik miqdori 1 mln. kishidan ortiq bo'ldi. Ular orasida 50%dan ortig'ini yoshlar tashkil qilardi. Qishloq tumanlarida bu ko'rsatkich bundan ham yuqori edi. Ishsizlar soni ana shunday ko'p bo'lgan bir sharoitda ish kuchini to'xtovsiz chetdan keltirish davom etardi. Masalan, 1981—1985 yillarda Toshkentda ish bilan band bo'lmagan mehnatga qobiliyatli o'rtacha 200 mingdan ortiq kishi bor bo'lgani holda, yangi ishga tushirilgan korxonalarga 125 mingga yaqin ishchi va mutaxassislar RSFSR, Belorussiya va Ukrainadan jalb qilindi.

Ayniqsa ittifoqqa bo'ysunuvchi va «yopiq shaharlar» deb ataluvchi Navoiy, Zarafshon, Uchquduq kabi shaharlarga boshqa mintaqalardan ishchi kuchi jadallik bilan olib kelindi. Yopiq shaharlar mustabidimperiyacha tuzumning mevasi bo'lib, ular amalda mahalliy hokimiyatga bo'ysunmasdi. Bu joylarda maxfiy korxonalar joylashgan bo'lib, ular faqat Markazga hisob berardi. U korxonalarga mahalliy aholining ishga kirishi nihoyatda qiyin edi. Ishlab chiqarishda band bo'lgan butun kontingent odatda kelgindilardan tashkil topardi. Buning ustiga, mahalliy aholi yopiq shaharlardan turli bahonalar bilan chiqarib yuborilardi. Boshqa narsa ham xarakterlidir. Tashqaridan jalb qilingan kadrlar qisqa muddat ichida uy-joy va imtiyozlar bilan ta'min etilardi. Holbuki, mahalliy kishilar uy-joyga ega bo'lish uchun eng malakasiz ishlarni bajarishga majbur bo'lishar va ko'p yillar mobaynida uy-joy olish uchun navbatda turishardi. Ij-timoiy adolat tamoyillarining buzilishini yopiq shaharlar misolida yaqqol kuzatish mumkin edi. Ular mahalliy aholi yashaydigan milliy qishloqlar, posyolkalar va kichik shaharlarga qaraganda qiyos qilib bo'lmas darajada yaxshiroq qilib qurilardi. Bu yerlarda kelgindilar uchun zamonaviy turar joy binolari barpo etilardi, ularda anchy yuqori darajadagi qulayliklar yaratilardi. Bu shaharlar keng iste'mol qilinadigan kamyob mahsulotlar bilan markazlashgan holda ta'min etilardi va respublikaning umumiy kambag'alligi oldida bamisoli erishib bo'lmaydigan orzulardagi saroblar bo'lib tuyulardi. Bu kolonial «vohalar» xalqning milliy qadr-qimmatini yerga urar, mahalliy aholida asosli ravishda o'z yerida o'zini begonadek his qilish tuyg'usini uyg'otardi.

Sovet davrida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish mustamlakachilik andozasining qaror topganligi, tabiiy boyliklarning nazoratsiz ravishda tinimsiz tashib ketilishi, mamlakat iqgisodiyotining xom ashyo yo'nalishida bo'lib qolishi respublikaning zarur darajada taraqqiy etishiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Sovet hokimiyati tomonidan e'lon qilingan o'zbek xalqining haqiqatdagi tengsizligini tugatishga qaratilgan va'dalarga amal qilinmadi. Aksincha, mustabid-imperiyacha tuzum yangi xavfli kasalliklar va illatlarni, keskyn ijtimoiy va ekologik muammolarni keltirib chiqardi. G'oyat boy mineral xom ashyo manbalariga, o'zining mehnatsevar xalqiga ega bo'lgan O'zbekiston aholining turmush darajasi jihatidan sobiq SSSRda eng oxirgi o'rinlardan birida turardi.

"Mustabid tuzumning O'zbekiston milliy-boyliklarini talash siyosati: Tarix shohidligi va saboqlari" kitobidan

Lotin alifbosida maqola: Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XX asr boshida Turkiston...
Milliy ozodlik harakati
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий