Abdurashid Abdugʻafurov

Abdurashid Xoʻjayevich Abdugʻafurov — (1931.1.15, Toshkent) — adabiyotshunos, matnshunos. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), filol. Fanlari doktori (1970), professor (1979). Oʻrta Osiyo davlat universitetining filol. fakultetini tamomlagan (1951). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bosh ilmiy xodim (1958-76; 1981-92), boʻlim mudiri (1992-yildan). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Chet tillar kafedrasi mudiri (1977—81). A.ning oʻzbek mumtoz adabi-yotining muhim ilmiy-amaliy masalalariga bagʻishlangan „Oʻzbek demokratik adabiyotida satira“ (1961), „Navoiy sa-tirasi“ (1-jild, 1966), „Navoiy ijo-dida satira“ (2-jild, 1972), „Zokirjon Furqat“ (1977) kabi yirik monografiyalari bor. Muqimiy, Zavqiy, Kamiy, Bobur, Mashrab kabi qator ijodkorlar asarlarini nashrga tayyorlagan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Dav-lat mukofoti laureati (1992).As: Qalb qaʼridagi qadriyatlar, T., 1999; Muhammad Rizo Ogahiy, T., 1999.


Lotin alifbosida maqola: Abdurashid Abdugʻafurov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ABDUGʻAFUROV Abdurashid Xoʻjayevich
ALISHER NAVOIY
BERUNIY
BOBUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты