ABDUGʻAFUROV Abdurashid Xoʻjayevich

ABDUGʻAFUROV Abdurashid Xoʻjayevich — (1931.1.15, Toshkent) — adabiyotshunos, matnshunos. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), filol. Fanlari d-ri (1970), prof. (1979). Oʻrta Osiyo davlat un-tining filol. f-tini tamomlagan (1951). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bosh ilmiy xodim (1958-76; 1981-92), boʻlim mudiri (1992-y. dan). Oʻzbekiston FA Prezidiumi qoshidagi Chet tillar kafedrasi mudiri (1977—81). Abdugʻafurovning oʻzbek mumtoz adabiyotining muhim ilmiy-amaliy masalalariga bagʻishlangan «Oʻzbek demokratik adabiyotida satira» (1961), «Navoiy satirasi» (1-jild, 1966), «Navoiy ijodida satira» (2-jild, 1972), «Zokirjon Furqat» (1977) kabi yirik monografiyalari bor. Muqimiy, Zavqiy, Kamiy, Bobur, Mashrab kabi qator ijodkorlar asarlarini nashrga tayyorlagan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).

As: Qalb qaʼridagi qadriyatlar, T., 1999; Muhammad Rizo Ogahiy, T., 1999.


Lotin alifbosida maqola: ABDUGʻAFUROV Abdurashid Xoʻjayevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
BOBUR
BERUNIY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты