Abdugʻafur Teshaboyevich Mamadalimov (1947.1.2, Andijon) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizikamat, fanlari doktori (1985), professor (1989). ToshDU ni tugatgan (1969). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizikatexnika institutida, Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida, Issiklik fizikasi boʻlimida ishlagan (1969—94). Oʻzbekiston milliy universiteti prorektori (1994-98), 1989-yildan Oʻzbekiston milliy universiteti professor Ilmiy ishlari chuqur sathli yarimoʻtkazgichlar va elektroʻtkazuvchan polimerlar fizikasiga oid. Yarimutkazgichlarda chuqur markazlar parametrlarinianiqlashning yangi uslublari — induksiyalangan fotosigʻim, past temperaturali fotoelektrik va issiklik fizikasi spektroskopiyalarini yaratgan hamda ularni amalda joriy qilgan, "tabiiy polimer tolalar elektrofizikasi"ga asos solgan. Chuqur sath hosil qiluvchi kirishmalar bilan legirlangan kremniy, paxta va ipak tolalari asosida yangi turdagi elektron asboblar — haroratni, namlikni, yorugʻlikni sezuvchi asboblar, yarimoʻtkazgichli S-diodlar yaratishning fizik asoslarini taklif etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).