Bahrom Abduhalimov

Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov (1959-yil 27 fevral, Toshkent shahri) — oʻzbek siyosiy va fan arbobi. Filolog va sharqshunos-arabshunos olim, tarix fanlari doktori, professor, arab mamlakatlari va Markaziy Osiyo tarixi boʻyicha mutaxassis. 2017 yildan Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi vitse-prezident, shu bilan birga, 2020 yildan Adolat sotsial-demokratik partiyasi raisi.

2021-yilgi navbatdagi Prezident saylovida Adolat sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod.

1959-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1981-yilda Toshkent Davlat universitetining sharqsunoslik fakultetini tamomlagan. Keyinchalik tarix fanlari doktori, professor boʻldi.

Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi boʻlgan. 1981-1983 yillarda SSSRning Tripolidagi (Liviya) elchixonasida arab tili tarjimoni boʻlib ishlagan. 1983-1985 yillarda Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligining «Xorijiy davlatlar bilan ilmiy-taxnikaviy hamkorlik» boshqarmasi yatakchi xodimi boʻlgan. Yaqin sharq, Janubiy Osiyo va Yevropa mamlakatlariga tez-tez xizmat safarlariga borib turgan.

1985-yildan 2003-yilgacha Toshkent davlat sharqshunoslik institutida kichik ilmiy xodim, soʻngra ilmiy xodim va ilmiy kotib lavozimlarida faoliyat olib borgan. Sharqshunoslik institutida ishlagan soʻngi ikki yil davomida direktorning ilmiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan. Keyin tarix fanlari doktori, professor boʻldi.

1994-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 2001-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1996-yilda Oksforddagi (Buyuk Britaniya) Imon al-Buxoriy nomidagi Islom tadqiqotlar markazining, 1997-yilda Buyuk Britaniyaning Chevening stipendiyalarini (Inglizcha Chevening Scholarship) qoʻlga kiritdi. 1997-yilda Buyuk Britaniya, Misr, Rossiya, Ukraina, Janubiy Koreya, AQSh, Germaniya kabi qator mamlakatlarda malaka oshirish kurslarini oʻtagan.

2003-2004-yillarda nufuzli Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti prorektori lavozimida ishlagan. 2004-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori, 2006-2008-yillarda prezident Islom Karimovning xalqaro munosabatlar va din ishlari boʻyicha davlat maslaxatchisi, 2008-2014-yillarda yana milliy Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti direktori lavozimida ishlagan.

2011-2016-yillarda Oʻzbekiston fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha vitse-prezident, 2017-yildan to shu kungacha Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqotlar Sharqshunoslik instituti faxriy direktori va vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelmoqda. Bahrom Abduhalilov Milliy fanlar akademiyasi vitse-prezidenti sifatida davlat dasturlari va ijtimoiy-gumanitar fanlari sohasida tadqiqotlarni shakllantirish, ularning monitoringi va ekspertiziyasini nazorat qilish, shuningdek, inovatsion tadqiqotlar va amaliy loyihalarning yuqori darajadagi poydevorlarini taʼminlashda ishtirok etadi. Shuningdek, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish, fan va taʼlim tizimlari integratsiyasini kuchaytirish, yuqori malakali olimlar tayyorlash va bu jarayonda xalqaro ilmiy hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan ilmiy-tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiradi. Fanlar akademiyasi tashkiliy qoʻmitasi aʼzosi sifatida vazirlik va idoralar bilan birga koʻplab ilmiy anjumanlarni tashkillashtirishda hamkorlik qiladi. Uning fanlar akademiyasida soʻngi yillarda amalga oshirgan salmoqli ishlaridan biri- Ummon sultonligi bilan hamkorlikda, muzokaralarda faol ishtirok etgan holda, Sharqshunoslik instituti uchun yangi bino qurilishi va foydalanishga topshirilishi boʻldi.

2020-yil oktabr oyida Bahrom Abduhalilov Oliy Majlis Senatining prezident tomonidan tayinlangan senatori Narimon Umarovning oʻrniga Adolat sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi (yaʼni partiya yetakchisi) etib saylandi.

Bir qator dissertatsiyalar, ko‘plab maqolalar, monografiyalar, ilmiy ishlar va tadqiqotlar muallifi. Bahrom Abduhalilovning ilmiy izlanishlari natijalari asosida o‘zbek, ingliz, rus va arab tillarida 100 ga yaqin ilmiy maqola, monografiya va risolalar nashr etildi. U boshqa hammualliflar qatori jamoaviy ilmiy ishlari uchun Imom Buxoriy nomidagi Quvayt mukofoti bilan taqdirlangan. U o‘zbek tilidan tashqari, rus, arab, fors va ingliz tillarini biladi.

Oilali, rafiqasi pedagog. Uch nafar farzandi va nabiralari bor.

  • “Mehnat shuhrati” ordeni
  • Imon Buxoriy nomidagi Quvayt mukofoti
  • Oksforddagi (Buyuk Britaniya) Imon al-Buxoriy nomidagi Islom tadqiqotlar markazining, 1997-yilda Buyuk Britaniyaning Chevening, Janubiy Koreyaning Koica stipendiyalarini egasi

Lotin alifbosida maqola: Bahrom Abduhalimov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
YAPONIYA
TARIX


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты