Abdujabbor Abdurazzoqov

Abdurazzoqov Abdujabbor (1932, Bekobod sh.– 1995, Toshkent) – fizik olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Fizika-mat, fanlari doktori (1972), professor (1973). Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida, Toshkent politexnika institutida, Moskva yaqinidagi Dubnada joylashgan Yadro tadqiqotlari Birlashgan instituti (YATBI)da ishlagan (1958–72). Toshkent Davlat Universiteti fizika fakulteti dekani (1972–80), kafedra mudiri (1968–95), Toshkent Davlat Universiteti oʻqituvchilar malakasini oshi-rish fakulteti dekani (1980–88). Ilmiy ishlari yadro spektroskopiyasiga oid. YATBIda – oʻzi yaratgan beta-spektrograflar majmui asosida muhim natijalar olgan. Qisqa yashovchi 100 dan ortiq neytroni yetishmaydigan yadrolarni oʻrgangan, 25 dan ortiq yadroning parchalanish tuzil-masini taklif qilgan, 8 ta yangi izo-topni kashf etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1978).


Lotin alifbosida maqola: Abdujabbor Abdurazzoqov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
ABDURAZZOQOV
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты