Abdulaziz Mansur

Shayx Abdulaziz Mansur (oʻzbekcha: Mansurov Abdulaziz Dadajon oʻgʻli; 1944-yili Farg'ona viloyati Fargʻona tumanida tugʻilgan) - Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari (2006-yildan hozirgi kunga qadar), Toshkent shahrining bosh imom-xatibi va Minor masjidining imomi (2018-yil 24-iyundan 2019-yil 4-yanvarga qadar)..

  • Maktabni tamomlagandan soʻng Oltiariq tumani va Margʻilon shahridagi turli idoralarda xizmat qilgan.
  • 1975–1979 yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida tahsil oldi.
  • 1979-1980 yillarda “Sovet Sharqi musulmonlari” jurnali tahririyatida mas’ul kotib boʻldi.
  • 1980–1981-yillari Sudan islom universitetida tahsilni davom ettirdi.
  • 1982–1989 — Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Fatvo boʻlimi mudiri.
  • 1989-1993 — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim.
  • 1993-1994 — “Movarounnahr” nashriyoti mudiri.
  • 1994-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita boʻlim boshligʻi.
  • 1997-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining millatlalaro munosabatlar va diniy masalalar bo'yicha davlat maslahatchisi.
  • 2000-2006 — Toshkent islom universitetining ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha prorektori.
  • 2006-yildan buyon Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi (muftiy)ning oʻrinbosari (muovini)dir.
  • 2018-2019 - Toshkent shahrining bosh imom xatibi va Minor masjidining imomi.
  • 2019- yil 12-sentabrdan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktor o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shayx Abdulaziz Mansur amalga oshirgan “Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri” qayta-qayta nashr qilindi. Ustoz “Sahihi Buxoriy”ni tarjima va sharh qilib, ikki jildda nashr ettirgan. Shayx Abdulaziz Mansur Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida tuzilgan diniy adabiyotlar nashri boʻyicha maxsus hay’at raisidir.


Lotin alifbosida maqola: Abdulaziz Mansur haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
YAPONIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Shayx Abdulaziz Mansur (1944)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты