Avatar (film)

Avatar yoki James Cameronʼs Avatar 2009-yilda ekranlarga chiqqan, 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan ilmiy fantastika janridagi Amerika epik filmidir. Film rejissori, ssenariynavisi va produseri James Cameron boʻlib, kartinada Sam Worthington, Zoe Saldana, Stephen Lang, Michelle Rodriguez va Sigourney Weaver kabi aktyorlar suratga tushishgan. Film voqealari tafakkur mahsuli boʻlgan Pandora sayyorasida boʻlib oʻtadi. U yerdagi xalq Naʼvi deb nomlanadi.

Avatar filmi premyerasi Birlashgan Qirollikda 17-dekabr 2009-yil, AQShda 18-dekabr 2009-yilda boʻldi. Film kinoteatrlarda IMAX 3D, RealD 3D, Dolby 3D va 4D formatlarida qoʻyildi. Kartina umumjahon boʻylab $2.7 milliarddan oshiq daromad topdi. Cameronning bu filmi Eng kassabop filmlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egallab turmoqda. Ikkinchi oʻrinda esa Marvel Kinematografiya Koinotining Qasoskorlar: Intiho (2019) filmi egallab turibdi. Shuningdek, ushbu roʻyxatda uchinchi pogʻonani ham Cameronning Titanik filmi egallab turmoqda.

Shuningdek, film sikvellari, yaʼni 17-dekabr 2021-yilda Avatar 2 va 22-dekabr 2023-yilda Avatar 3 filmlari ommaga havola etilishi rejalashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: Avatar (film) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
FRANSIYA
YAPONIYA
XITOY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты