Avaz Ergashev

Ergashev Avaz (1949.1.7, Samarqand viloyati Jomboy tumani) — usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2003). Samarqand qishloq xoʻjalik institutini tugatgan (1975). Jomboy tumanidagi Xoʻjam Nizamatov nomidagi jamoa xoʻjaligida turli lavozimlarda ishladi (197084), shu tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi (198486), X.Nizamatov nomidagi jamoa xoʻjaligi boshqaruvi raisi (1986— 95), viloyat don mahsulotlari aksiyadorlik uyushmasi raisi oʻrinbosari (1995—97), "Jomboydon" aksiyadorlik jamiyati raisi oʻrinbosari (1997—98), Jomboy tumani "Oq oltin" jamoa xoʻjaligi raisi (1998—2001). 2001-yildan X.Nizamatov nomidagi shirkat xoʻjaligʻi raisi. E. rahbarlik qilgan xoʻjalik respublikadagi ilgʻor va iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biri boʻlib, paxta, gʻalla, pilla, sabzavot, poliz ekinlari yetishtirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. Xoʻjalikda paxtadan 35s/ga (810 ga), gʻalladan 58 s/ga (750 ga) hosil olishga erishildi (2003). Xoʻjalikda qishloqinfratuzilmasini hamda maʼnaviymaʼrifiy ishlarni yaxshilashga alohida eʼtibor berilmoqda. Xoʻjalik ma\allalardagi kam taʼminlangan oilalarga, maktablarga, bolalar oromgohlariga, bolalar sportini rivojlantirishga homiylik yordami koʻrsatib keladi.


Lotin alifbosida maqola: Avaz Ergashev haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
YAPONIYA
TOSHKENT VILOYATI
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты