Qasoskorlar: Intiho

Qasoskorlar: Intiho (inglizcha: Avengers: Endgame) — 2019-yili katta ekranlarga chiqarilgan, Marvel Comics nashriyoti tomonidan chiqarilgan Qasoskorlar nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan superqahramonlar haqidagi Amerika filmi boʻlib, Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan. Ushbu film 2012-yilda ishlangan Qasoskorlar, 2015-yilda ishlangan Qasoskorlar: Ultron erasi va 2018-yilda ishlangan Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmlarining davomi boʻlib, kartina Marvel Kinematografiya Koinoti (MKK) ning The Infinity Saga da final qismi boʻlgan 22chi badiiy filmi hisoblanadi. Film rejissori Anthony va Joe Russo, ssenariy mualliflari Christopher Markus va Stephen McFeely hamda film yulduzlari Robert Downey Jr., Chris Evans, Mark Ruffalo, Chris Hemsworth, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Don Cheadle, Paul Rudd, Brie Larson, Karen Gillan, Danai Gurira, Bradley Cooper va Josh Brolin. Film voqealariga koʻra, Qasoskorlarning omon qolgan aʼzolari Thanosning Abadiyat Jangi da keltirgan zararini bekor qilish uchun harakat qilishadi.

Film Qasoskorlar: Abadiyat Jangi — 2-qism nomi bilan 2014-yil oktabr oyida eʼlon qilindi. Aka-uka Russolar 2015-yilning aprelida film rejissori boʻlishi maʼlum boʻldi va may oyiga kelib, Markus va MakFeely filmni suratga olishga kirishdilar. 2016-yil iyul oyida Marvel filmning nomini Nomsiz Qasoskorlar ga oʻzgartirdi. Filmning suratga olish jarayonlari 2017-yil avgustda Georgiaʼning Fayette tumanidagi Pinewood Atlanta Studiosʼda boshlandi va 2018-yil yanvarida yakuniga yetdi. Bundan tashqari, Metro va Downtown Atlanta va New Yorkda qoʻshimcha sahnalar suratga olindi. Shuningdek, filmning soʻnggi nomi 2018-yilning dekabrida maʼlum qilingan.

Film premyerasi Los Angelesda 22-aprel 2019-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 26-aprel 2019-yilda va Oʻzbekistonda 29-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtdi va ommaga 3D va IMAX formatlarida namoyish qilindi. Film mablagʻi $356 millionni tashkil etib, kartina dunyo boʻylab $2.797 milliarddan ortiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va ayni paytda 2019-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa ikkinchi eng yuqori daromadli film boʻldi. Birinchi oʻrinda esa Avatar filmi turibdi.

Thanos Cheksizlik toshlari orqali koinotdagi barcha hayotning yarmini yoʻq qilganidan yigirma uch kun oʻtib,Carol Danvers tomonidan Nebula va Tony Stark Yerga qaytariladi. Ular qolgan Qasoskorlar—Natasha Romanoff, Bruce Banner, Steve Rogers, Rocket, Thor va James Rhodes bilan birlashadi. Jamoa Nebula yordamida jarohatlangan Thanosni topib, uning harakatlarini bekor qilish rejasini ishlab chiqadi, ammo keyinchalik Cheksizlik toshlari yoʻq boʻlib ketganligini bilishadi. Bu paytda gʻazablangan Thor Thanosʼni oʻldiradi.

Oradan besh yil oʻtgach, Scott Lang kvant olamidan chiqadi va Qasoskorlarʼ tarkibidagi Romanoff va Rogers bilan uchrashadi. Lang, ularga kvant olamida boʻlgan vaqtda vaqtni orqaga qaytarish imkoni mumkinligiga guvoh boʻlganligini aytadi. Uch qasoskor Starkdan oʻtmishga sayohat qiluvchi vaqt mashinasi yaratishini soʻraydi va ular Thanosning bugungi harakatlarini bekor qilish mumkinligi aytadi, lekin Stark qizini, Morganni yoʻqotishdan qoʻrqib ularni rad etadi. Oxir-oqibat Stark rafiqasi Peper Potts bilan suhbatlashgan soʻng, parchalanib ketgan Peter Parker uchun qaygʻurishdan charchaydi va kvant sohasidagi sayohatni barqarorlashtirish uchun oʻz xayolini Hulkning tanasi bilan birlashtirgan—Banner bilan ishlaydi. Banner va Rocket Asgardliklarning yangi uyi boʻlgan Norvegiyadagi Yangi Asgardʼdan mast holdagi ogʻir vazn toifasida boʻlgan Thorni topadi; Romanoff esa oilasining tarqalishidan keyin shafqatsiz boʻlib qolgan Clint Bartonni topish uchun Tokyoga boradi.

Banner, Rogers, Lang va Stark vaqt mashinasi yordamida 2012-yil New York shahriga sayohat qilishadi. Banner Sanctum Sanctorumga tashrif buyurib, Ancient Oneʼni Vaqt Toshini berishi kelajak uchun muhimligiga ishontiradi. Rogers Tafakkur Toshini muvaffaqiyatli ravishda oʻzlashtirib oladi, ammo Lang va Stark Loki qochib ketganidan keyin Fazo Toshini qoʻlga kirita olishmaydi. Keyin Rogers va Stark, 1970-yildagi Q.A.L.Q.O.N. shtab-kvartirasiga kirib, Fazo Toshining oldingi versiyasini, shuningdek, Hank Pymʼdan Pym Particles shishalarini olib, bugungi kunga qaytib kelishadi. Rocket va Thor 2013-yil Asgardga Jane Fosterdan Borliq Toshini olish uchun safar qiladi va Thor oʻzining sobiq bolgʻasi Mjolnirni topadi va uni oladi. 2014-yil Moragda Nebula va Rhodes Peter Quillni hushidan ketkazib, Qudrat Toshini oʻgʻirlashadi. Rhodes Qudrat Toshi bilan bugungi kunga qaytib keladi va Nebula oʻzining kibernetik implantlari orqali 2014-yil oʻzini tanqid qilgani sababli qaytib kela olmaydi. Shu sababli, oʻsha paytdagi Thanos kelajakdagi muvaffaqiyatlarini va Qasoskorlarning uni qaytarishga urinishlarini bilib oladi. Thanos Nebulani qamrab oladi va 2014-yildagi Nebulani bugungi kunga yuboradi. Barton va Romanoff oʻsha yili Vormirga sayohat qilishadi va Qalb Toshini Red Skullʼdan berishini soʻrashadi. Red Skull toshga uni yaxshi koʻrgan kishini qurbon qilish evaziga erishish mumkinligini aytadi. Romanoff oʻzini qurbon qilib, Bartonga toshni olishiga imkon yaratadi.

Cheksizlik toshlarini butunlay yigʻib boʻlgandan soʻng Qasoskorlar, Banner orqali Thanosning yoʻq qilganlarini qayta tiklash maqsadidagi toshlarni ushlab turish uchun tayanch hosil qiladi. 2014-yilda esa Nebula Thanosni bugungi kunga koʻchirish uchun vaqt mashinasidan foydalanadi va u Qasoskorlarʼ jamoasiga hujum qilib, olamni toshlardan xalos etishni rejalashtirmoqda. Bugungi kundagi Nebula Thanosga qarshi turish uchun uning singlisi Gamoraʼning 2014-yildagi versiyasini ishontiradi va 2014-yildagi versiyasini oʻldiradi. Qayta tiklangan Stephen Strange, oʻzlarining boshqa sehrgarlari, shu bilan birga Galaktika Qoʻriqchilari, Wakanda, Asgard va Ravagersning qoʻshinlari bilan birga keladi. Ular birgalikda Thanosʼning qoʻshiniga qarshi kurashishadi, lekin Thanos Thor, Rogers va Danversʼni magʻlub qilib, Toshlarni qoʻlga kiritadi. Bu vaqtda, Stark Toshlarni qaytarib olib, Thanos va uning qoʻshinini parchalab tashlaydi, ammo natijada oʻzi ham oʻladi.

Starkʼning dafn marosimidan soʻng, Thor Valkyrieni Yangi Asgardning qirolichasi etib tayinlaydi va oʻzi Galaktika Qoʻriqchilariga qoʻshiladi; Quill esa 2014-yilda Gamora uchun qidiruvni boshlaydi. Rogers Cheksizlik Toshlari va Mjolnirni oʻz vaqtidagi joylariga qaytarib beradi, keyin esa Peggy Carter bilan turmush qurishga va hayotining qolgan qismini u bilan birga yashashga qaror qiladi. Bugungi kunda kelib, keksa Rogers oʻz qalqonini Sam Wilsonga bermoqda.

2016-yil iyun oyida Qasoskorlar filmining bastakori Alan Silvestri, Abadiyat Jangi va Intiholarni bastalash uchun qaytib kelishini maʼlum qildi.Aka-uka Russolar Silvestri bilan 2018-yil noyabr oyi boshlarida ishlashni boshladi va ishni 2019-yil mart oyining oxirlarida yakunladi.

Filmdagi barcha musiqalar Alan Silvestri tomonidan bastalangan.

Qasoskorlar: Intiho filmining premyerasi Los Angeles konferensiya markazida 22-aprel 2019-yilda,Xitoy, Avstraliya hamda baʼzi bir Osiyo va Yevropa mamlakatlarida 24-aprel 2019-yilda,Birlashgan Qirollikda 25-aprel 2019-yilda,Amerika Qoʻshma Shtatlari va Hindistonda 26-aprel 2019-yilda, Oʻzbekiston va Rossiyada 29-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtdi va kinoteatrlarda IMAX va 3D formatlarida namoyish qilindi. Dastlab, filmni Amerika Qoʻshma Shtatlarida 3-may 2019-yilda, Oʻzbekistonda esa 6-may 2019-yilda chiqarish rejalashtirilgan edi. Shuningdek, Ozodlik radiosining xabar berishicha, Rossiya hukumati Rossiyada ishlab chiqarilgan filmlarni ommalashtirish maqsadida, Rossiyada ushbu film premyerasini kechiktirishga buyruq bergan.


Lotin alifbosida maqola: Qasoskorlar: Intiho haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Qasoskorlar: Abadiyat jangi
Qasoskorlar: Ultron davri
Rednex - Cotton-Eye-Joe
Guru Josh Project - Infinity
Guru Josh Project - Infinity 2008


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты