Adam Mickiewicz

Adam Bernard Mickiewicz (Mitskevich) (1798.24.12, Novogrudka yaqinidagi Zaosye qishlogʻi – 1855.26.11, Istanbul) – polyak shoiri, milliy ozodlik harakati arbobi. Polyak romantizmining asoschisi. Vilen universitetini tugatgan (1819), polyak yoshlarining "Filomatlar" ("Fan doʻstlari"), "Filaretlar" ("Yaxshilik doʻstlari") tashkilotlarida faol ishtirok etgan. M.ning ilk toʻplami ("Sheʼriyat", 1-j., 1822) Polsha adabiyotida romantik oqimning manifesti boʻldi. M. "Sheʼriyat" (2-j., 1823)ga kirgan romantik ruxdagi "Grajina" liro-epik dostoni bilan Polshada "sheʼriy qissa" janriga asos soldi.

"Filaretlar" tashkiloti ishi boʻyicha qamalgan (1823) M.ni chor maʼmurlari Litvadan chiqarib yuborgan; Rossiyada yashab, A. S. Pushkin bilan yaqin aloqada boʻlgan (1824–29). Bu yillar uning gʻoyaviy va ijodiy oʻsishida mu-him davr boʻldi ("Qrim sonetlari", 1826; "Konrad Vallenrod", 1828 va boshqalar). M. 1830-yildan Parijda yashadi. "Dzyadlar" dramatik dostonining 3qismi (1832)ni va milliy mustaqillik uchun kurash ruhi bilan sugorilgan 12 qoʻshiqdan iborat "Pan Tadeush" dostoni (1834)ni nashr ettirdi. Realistik gʻoyalar, intilishlar yorqin namoyon boʻlgan "Pan Tadeush" dostoni milliy epopeyadir, u personajlari yuksak darajada tipiklashgan va individuallashgan durdona asar, eski polyak tur-mushining qomusi, serjilo soʻz sanʼ-ati sanaladi. M. lirik sheʼrlar turkumini (1838–39) yaratgan. Ijtimoiy va madaniy xayotda faol ish olib borgan: 1840–44 yillarda Parijda slavyanlar adabiyotidan maʼruzalar oʻqigan. 1848-yil Avstriya zulmiga qarshi kurashayotgan italiyaliklarga yordam berish uchun polyak legionini tuzgan. 1849-yildan demokratik ruxdagi "Xalq minbari" gazrtsda muharrirlik qilgan. M. sheʼrlari M. Shayxzoda, Shuhrat, Muhammad Ali, Sayyor va boshqa tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.


Lotin alifbosida maqola: Adam Mickiewicz haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MISKEVICH
POLSHA
FRANSIYA
YAPONIYA
PUSHKIN Aleksandr Sergeyevich


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты