Adonis (oʻsimlik)

Adonis (Adonis) – ayiqtovondoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi. 20 ga yaqin bir yillik va koʻp yillik turlari bor. Oʻrta Osiyo, Sibir va Yevropa togʻlarida oʻsadi. Toshkent, Samarqand, Kashqadaryo va Surxonda-ryo viloyatlaridagi yaylovlarda A.ning 4 turi (A. parvifl ora, A. turkestanica, A. leiosepala, A. chrysocy-athus) uchraydi. Ayrim turlari (ayniqsa, A. turkestanica va A. vemalis .)dan yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan adonizid olinadi. Bu turlarning poyasi tik (20–40 sm), tukli boʻlib, gullab boʻlgandan soʻng tuklari toʻkilib ketadi. A. bar-glari qirqma, patsimon, murakkab, po-yasining yuqori qismida bandsiz, quyi qismida bandli. Gullari yirik, aktino-morf (toʻgʻri), har bir poyacha uchida bittadan gul boʻladi: gulkosachasi 5 ta koʻk ko-sachabargdan, gultoji 5–20 ta sariq gul-barglardan iborat. Changchi va urugʻchilari koʻp. Gul oʻrni konussimon. A. aprel– may oyida gullaydi.


Lotin alifbosida maqola: Adonis (oʻsimlik) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ADONIS
TOSHKENT
ROSSIYA
OSIYO
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты