Aforizmlar (Navoiy) (1961)

„Aforizmlar (Navoiy) (1961)“ — Alisher Navoiy asarlaridan olingan hikmatli soʻzlar toʻplami. Toʻplamni Yu. Eshonqulov tuzgan va nashrga tayyorlagan. Asar 1961-yil Toshkent shahrida „Oʻrta va oliy maktab nashriyoti“da chop etilgan.

„Aforizmlar“ Navoiy asarlaridan olingan hikmatli soʻzlar toʻplami birinchi marta 1941-yil Solih Mutallibov tomonidan chop etilgan. „Aforizmlar“ ikkinchi marta Hodi Zarif tomonidan nashr qilingan. Ushbu toʻplam bungacha nashr qilingan toʻplamlar asosida tuzilgan. Toʻplamning bundan oldin nashr qilingan toʻplamlardan farqi shundaki, toʻplamda hikmatli soʻzlar kirill alifbosi tartibida berilgan. Har bir sahifada uchragan tushunarsiz soʻzlar raqamlanib, izohi oʻsha sahifa oxirida keltirilgan.

Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Sobirova - muharrir, H. Ahmatjonov - badiiy maharrir, S. Axtamova - texnik muharrir, N. Rixsiyeva - musahhih. Kitob adadi – 25 000 nusxa.


Lotin alifbosida maqola: Aforizmlar (Navoiy) (1961) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты